4 ma‘ruza mavzu Analizatorlarning tuzilishi, funksiyalari va yo
Hid bilish analizatori. Turli moddalarning xid burunning yuqori chig’anoqlarining o’rta qismi va burun tusig’ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar yordamida bilinadi . Shilliq pardadagi usiklar xidlov nervini hosil qiladi. Odamda xid biluvchi nerv xo’jayralari 60 mil. ortiq. Xid sezgisi nihoyatda utkir va nozik hisoblanadi. Bir litr havoda 1:100000 gramm efir bo’lganda odam uning hidini sezadi. Yangi tug’ilgan bola ba‘zi bir noxush xidlarga nisbatan yuz mimikasini o’zgartirish, nafas olish va pulsning o’zgarishi bilan javob beradi. Hidlarni to’lik ajrata olish 4 oylikdan boshlanadi.
Ko’rish analizatori. Ko’rish analizatori tashqi dunyodagi narsalarni rangi, shakli haqida tasavvur hosil qilishimizga yordam beradi. Ko’zning bevosita ta‘sirlovchisi yorug’lik bo’lib, yorug’lik ko’z retseptorlariga ta‘sir etib kuruv sezgisini hosil qiladi. Kuruv organi bolaning 11-12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Ko’z ning tuzilishi. Ko’z soqqasi va uni urab turgan apparatdan tashkil topgan. Ko’z sokqasi sharga uxshash bo’lib, ko’z kosasida joylashgan. Ko’z soqqasining devori uch qavatdan: tashqi oqsil parda (sklera) o’rta-tomirli parda va ichki-tur pardadan iborat. Oqsil pardaning rangi oq bo’lib uning bir qismi ko’rinib turadi. Skleraning orqa tomonidagi qismi teshikdir, kuruv nervi shu yerdan o’tadi. Skleraning oldingi qismi tiniq qavariq bo’lib shox pardani hosil qiladi. Shox pardada qon tomirlar bo’lmaydi. Tashqi pardaning ichki kismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigment ko’p. Pigment miqdori xar xil bo’ladi. Tomirli parda oldingi rangdor o’rta-kipriksimon tana va orka xususiy tomirli qismiga bo’linadi. Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi silliq muskullar joylashgan bo’lib, xalka mo’skullari qisqarganda ko’z qorachig’i torayadi, radial muskullari qisqarganda ko’z qorachig’i kengayadi. Rangdor pardaning o’rtasi teshik bo’lib unga ko’z korachig’i deyiladi. Ko’z soqqasining ichki pardasi ya‘ni tur parda murakkab tuzilgan bo’lib, taraqqiy etish jihatidan kuruv nervi bilan bir butun xisoblanadi. Tur parda ko’zning butun bushlig’ini qoplab turadi. To’r pardaning retseptorlari bo’lib 130 mln. tayoqcha va 7 mln. kolbochka shaklidagi bir necha qavat xujayralar hisoblanadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni qavarik linza-gavhar joylashgan. Gavxar yarim suyuk modda bo’lib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bo’lmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning o’rtasida kichkina bushliq bo’lib, bunga ko’zning oldingi kamerasi deyiladi. Rangdor parda bilan gavxarning o’rtasida ham bo’shliq bo’lib bunga ko’zning orqadagi kamerasi deb ataladi. Har bir kuruv nervida 1 mln. ga yakin nerv tolalari bor. To’r pardada kuruv nervining kirish joyi - ko’r dog va narsalarni yaxshiroq ko’radigan sariq zor, dog’ning markazida chuqurcha bo’lib, bunga markaziy chuqurcha deyiladi. Ko’zning ayrim qismlari -shox parda, gavhar, ko’zning shishasimon qismi o’zidan o’tuvchi yorug’lik nurlarini sindira oladi. Ko’zga yorug’lik nurlari ta‘sir etganda radopsin va idopsin moddalari parchalanib ximiyaviy reaktsiya vujudga keladi. Ko’zning nur sindiruvchi qismlariga shoh parda, suvsimon suyuqlik, ko’zning oldingi kamerasi, gavxar va shishasimon qism kiradi. Ko’zning nur sindirish kuchi ko’prok shox parda va gavxarni nur sindirishiga bog’liq bo’ladi. Nur sindirish dioptriya bilan ulchanadi. Bir dioptriya deganda fokus oralig’i 1 m bo’lgan linzaniig nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig’i qisqaradi.
Fokus oralig’i 50 sm bo’lgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) teng bo’ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43 D, gavxarning nur sindirish kuchi kamrok bo’lib, o’zgarib, turadi. Ko’zning butun optik sistemasini nur sindirish quchi uzoqqa qaraganda 58D yaqin masofada esa - 70D. Shox parda, gavxar orqali sariq dor markaziga utgan chiziqqa kuruv o’qi deb ataladi. Narsalarning tasviri tur pardaga kichkina va teskari bo’lib tushadi. Narsa ko’zdan qancha narida tursa, tur pardadagi tasviri shuncha kichik bo’ladi va aksincha narsa ko’zga qancha yaqinroq tursa tur pardadagi tasvir ushancha katta bo’ladi. Narsalarning tabiiy ravishda ko’rilishi hayot tajribasiga bog’liq.