Umarxon xonlikning qilgan davr (1810-1822) da Qo`qon xonligi hududlari yanada kengaytiriladi.Turkiston shahri va qozoq dashtlarining kattagina qismini egallab oldi. Toshkent, Buxoro va Xivadan Orenburgga boradigan karvon yo`llari tutashgan joyda Oq-machit (hozirgi Qizil O`rda), CHo`loq va So`zak qal`alari quriladi. Umarxon 1817 yilda O`ratyepani egallaydi. 1818 yili u «amir al-muslimiyn» unvonini oladi.
Umarxon hukmronligi davrida Qo`qon xonligida bir qator ijobiy va foydali ishlar amalga oshiriladi. Davlat ishlari tartibga solinadi. Qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo bir qadar rivojlanadi. Umarxon fan, maorif va madaniyatga katta e`tibor beradi. Uning o`zi shoirlik qobiliyatiga ega edi. Shul bois xonlikning saroyida ijod ahlining yetuk namoyondalari makon topgan edilar. Xalq maorifi ham ancha taraqqiy etadi. Bir qancha madrasa va maktablar, shu jumladan qiz bolalar uchun alohida maktablar ochiladi.
Bunday oliyjanob ishlarni amalga oshirishda Umarxonning umr yo`ldoshi, o`z davrining oqila va dono mutafakkiri, ijodkor shoira Komila-Mohlaroyimning ta`siri va xizmati beqiyos kattadir. U o`zbek adabiyotida Nodira tahallusi bilan nom chiqargan.
Umuman, Umarxon hukmdorligi vaqti qo`qonliklarning eng kuchaygan davri bo`ldi. Bunday hol uning o`g`li Madalixon davrida ham ko`zga tashlanadi.
Qo’qon-Buxoro munosabatlari.Umarxon vafot etgach, taxtga uning 12 yashar o`g`li Muhammad Alixon (Madali)(1822-1842) o`tiradi. Muhammad Alixon davrida daxshatli bosqinchilik urushlari davom etadi. 1834 yilda Qo`qon askarlari Qorategin, Ko`lob va Darvozni egallaydilar. 1826-1829 yillarda Qashg`arga qarshi bir necha bor yurishlar uyushtiriladi. Qo`qon-Buxoro munosabatlari keskinlashib, dushmanlik kuchayadi. Xonlikning dushmanlari, ya`ni ayrim mahalliy bek va ruhoniylar oshkora bosh ko`tarib chiqishga botinaolmay, yordam so`rab Buxoro Amiri Nasrulloxonga murojaat etadilar. Ular Muhammad Alixonni o`z o`gay onasiga uylangan, kofir deb e`lon qiladilar. 1840 yilda Qo`qon bilan Buxoro o`rtasidagi urush Muhammad Alixonning mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Qo`qon xoni o`zini Buxoro amiriga tobe deb tan olishga, Xo`jand shahrini Buxoroga topshirishga majbur bo`ladi. U ukasi Sulton Mahmud foydasiga 1842 yili taxtdan voz kechadi. 1842 yil amir Nasrulloxon yana Qo`qon ustiga lashkar tortib keladi. U shaharni egallab yondiradi, xalqni talaydi. Atoqli o’zbek yozuvchisi Abdulla Kodiriy o’zining «Mehrobdan chayon» romanida Nasrulloning islom shariatini himoya qilish bahonasida Qo’qon xonligiga vahshiylarcha yurish qilib, shahar va qishloqlarni yondirib, xonavayron qilgani va ming-minglab begunoh oddiy odamlarning qonlarini to’kkanligini juda ko’plab dalillar asosida va badiiy buyo’qlarda yoritadi. (Nasrullo xon o’rdasiga kirib, aka-uka Muhammad Ali va Sulton Mahmudxonni so’ydiradi. Har ikkala tomondan ko’plab odam qiriladi. Shular qatorida Muhammad Alining onasi, mashhur o’zbek shoirasi Mohlaroyim (Nodirabegim), uning eng yaqinlari Xushxolbibi, Norbibi va boshqalar ham o’ldiriladi. Nasrulloxon Qo`qon xonligini Buxoro amirligiga qo`shib olinganligini e`lon qiladi. Qo`qonga Ibrohim dodhohni noiblikka va boshqa shaharlarga o`ziga sodiq beklarni tayinlab Nasrulloxon Buxoroga qaytib ketadi. Ammo oradan uch oy o`tgach 1842 yilning yozida Qo`qonda Ibrohim dodhohga qarshi qo`zg`olon ko`tariladi va Nasrulloxon hokimiyati ag`darib tashlandi. Qo`zg`olondaasosiy rol o`ynagan qipchoqlar Qo`qon xonligida yetakchi mavqeiga chiqib oladilar. Norbo`tabiyning ukasi Sherali (1842-1844) xon qilib ko`tariladi, Ibrohim Dodhoh Xo`jandga qochib ketadi. Xonlikning taxtiga Sherali o`tirgan bo`lsa-da, lekin amalda barcha davlat ishlarini Mingboshi etib tayinlangan qipchoq qabilalarining boshlig`i Musulmonqul olib borardi. Qo`shin ham uning ixtiyorida edi. Chunki qo`shin garnizoni asosan qipchoqlardan tuzilgandi. Eng mas`uliyatli lavozimlarga qipchoq beklari tayinlangan edilar. Amir Nasurlloxon o`z mavqeini tiklash maqsadida 1842 yilda Qo`qonga yana qo`shin tortib keladi va shaharni 40 kun qamal qiladi. Biroq Xiva xoni Olloqulixon Buxoroga hujum qilganligi to`g`risida xabar yetib kekgach, Nasrulloxon qaytib ketishga majbur bo`ladi. Xo`jand va Toshkent yana Qo`qon xonligiga o`tadi. Qo`qon xonligi o`zining Umarxon davridagi chegaralarini tiklashga muvaffaq bo`ladi.
Sheralixon davrida xalqni ezish kuchayadi, buning ustiga qipchoqlar muhim lavozimlarni egallab olib o`zbek qirg`iz, tojiklar ustidan o`z hukmronligini o`tkazmoqchi bo`ladilar. Shu sabab xonlikningda qipchoqlarga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Buni Sheralixon ham tushunadi va Musulmonquldan qutilish yo`lini izlay boshlaydi. Bundan xabardor bo`lgan Musulmonqul nayrang ishlatishni rejalashtiradi. U qipchoq boshliqlarini maxfiy yig`inga chaqirib, Sheralixon o`rniga yangi xon qo`yishni taklif etadi. Shu bilan bir qatorda qipchoqlarga va shaxsan Musulmonqulga qarshi bo`lganlarni ham yo`q qilishni rejalashtirishadi. Buni amalga oshirish uchun juda qulay vaziyat mavjud edi.
Soliqlar xaddan tashqari oshib ketishidan norozi bo`lgan o`shliklar qo`zg`olon ko`taradilar. Bu vaziyatdan foydalanmoqchi bo`lgan Musulmonqul Qo`qondagi mavjud qo`shin bilan O`shga borib qo`zg`olonni bostirmoqchi bo`ladi. Uning yo`qlik vaqtida Isfara hokimi Samarqandga borib mahrum Qo`qon xoni Olimxonning o`g`li Murodxonni Qo`qonga olib kelib taxtga o`tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o`tirgandan so`ng qipchoqlarga qarshi bo`lganlar shubhasiz Murodxonni qo`llab quvvatlashlari lozim edi. Musulmonqul esa qo`shinlar bilan kelib Qo`qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi.
Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo`qon qo`shinlari bilan qo`zg`olonni bostirgani O`shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldibek esa Samarqandga jo`naydi. Ammo, Musulmonqulning rejasini bilmagan Shaxrixon hokimi o`zining qo`shinlari bilan O`shga borib qo`zg`olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O`shga kelib yana ko`plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo`qonga keladi. Sheralixon vaziyatni tushunib Murodxonni o`zi taxtga o`tkazdiradi va uni ko`pshilik oldida tabriklaydi. Ko`plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun salomga keladi. Murodxonning buyrug`i bilan kechasi Sheralixon o`ldiriladi. So`ngra Musulmonqul o`z lavozimida qolganligi haqida farmon chiqarilib O`shga yuboriladi. Musulmonqul "mamnunlik" bilan farmonni qabul qiladi va Qo`qon tomonga qarab salom beradi. Qo`shinlari bilan Namanganga kelib o`zining 12 yashar qizini Sheralixonning o`g`li Xudoyorga nikox qilib beradi. So`ngra Qo`qonga kelib Murodxonni va unga salom bergani kelganlarni fitnachilar sifatida qatl etadi. Shunday qilib Musulmonqul Sheralixondan va o`zining raqiblarining ko`pchiligidan qutiladi. Yosh Xudoyorni Qo`qon xoni deb e`lon qiladi. Xon yosh bo`lganligi tufayli xonlikningni boshqarishni o`z qo`liga oladi. Xonlikningda qipchoqlar hukmronlik davri boshlanadi.
Qipchoqlarga, ayniqsa Musulmonqulga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Vaziyatni yumshatish uchun qipchoqlarning boshliqlari Musulmonqulni mingboshilik lavozimidan bo`shatadilar.
Shu davrda Rossiya qo`shinlari Qo`qon xonligining shimolida joylashgan Oq-Machit qal`asini bosib olgan edilar. Musulmonqul rus qo`mondonining rasmiy vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashadi. Musulmonqulning raqiblari bundan xabardor bo`lib, u fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko`rishda gumonsiralib, ulg`ayib qolgan Xudoyorxon bilan kelishilgan holda 1853 yili qipchoqlar qirg`inini uyushtirishadi. Natijada 20 ming qipchoq qirib yuboriladi, Musulmonqul dorga osiladi.
Ana shu davrdan e`tiboran Xudoyorxon o`zi mustaqil davlatni boshqara boshladi. Uning davrida zulm-zo`ravonliq kuchayadi. Xudoyorxon Qo`qon taxtiga oraliq tanaffus bilan uch marta o`tiradi. Birinchi marta 1845 yildan 1858 yilgacha bo`lib, 1853 yilgacha taxtni asosan Musulmonqul boshqaradi, Xudoyorxon esa uning qo`lida qo`g`irchoq edi. Biroq Xudoyorxon ham Qo`qon taxtida uzoq qolaolmadi. Xalq ommasining noroziligidan foydalangan Xudoyorxonning akasi Mallaxon ukasiga qarshi isyon ko`taradi va 1858 yilda Qo`qon taxtini egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketadi. Mallaxonni qipchoqlar, qirg`izlar qo`llab-quvvatladilar va yana hokimiyat tepasiga keladilar. Mallaxon o`z hukmronligi davrida(1858-1862) Qorateginni o`ziga tobe qilib oladi. Bu davrda Buxoro amiri Qo`qon xonligining Xo`jandgacha bo`lgan hududlarini egallab olgan edi. Endi u Qo`qondagi ichki o`zaro nizolardan foydalanib Qorateginni qo`lga kirish maqsadida bu yerga Xudoyorxon boshchiligida qo`shin yuboradi. Mallaxon vaziyatning og`ir ekanligini tushunib Marg`ilon hokimi Qanoatshoh rahbarligida Qoratyeginga qo`shin jo`natadi. Qoratyegin hokimi Muzaffarxon (tojik) va Xudoyorxon tor-mor qilinadi.
1860 yilda Mallaxon chor askarlariga qarshi himoyalanish maqsadida Toshkentga keladi. Bu yerdan u Rustambek va Nurmuhammad boshchiligida qo`shin tuzib ruslarga qarshi yuboradi. Ular ruslarning kichik bir otryadi bilan jang qilib, bir necha asirlarni olib orqaga qaytadilar. Shundan so`ng rus qo`shinlari To`qmoq va Pishpakka hujum qiladilar, bu joylarni vayron qilib xalqni taladilar. Mallaxon yana qo`shin to`plab himoya choralarini ko`rishga majbur bo`ladi. Bo`lgan voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan Mulla Niyoz Muhammadning bergan ma`lumotlariga qaraganda, Andijon hokimi Olimbek dodhoh va yo`lda unga qo`shilgan Toshkent hokimi Qanoatshoh rahbarligida 19 ming kishilik Qo`qon qo`shinlari yo`lga chiqdilar. Ular Olmaota, To`qmoq vaAshtakni egallab ilgari intilayotgan rus qo`shinlarining harakatini to`xtatishlari kerak edi. Qo`qon qo`shinlari rus askarlarini o`rab oldilar. Shu paytda qo`shinga qo`mondonlik masalasida Qanoatshoh bilan Olimbek o`rtasida kelishmovchilik chiqadi. Olimbek sotqinlarcha orqaga chekinadi. Qozoqlar ham jang maydonini tashlab chiqdilar. Jang davom etadi. Qanoatshoh Pishpek qal`asini egallaydi. U Olma-ota, Ashtak hududlarida yashovchi aholining bir qismini Pishpek, Marka, Avliyoota tumanlariga ko`chiradi va qolgan kuchlarni orqaga qaytaradi. O`zi esa Pishpekni himoya qilish maqsadida bu yerda qoladi.1 Mulla Niyoz Muhammadning hikoya qilishicha Qanoatshoh ruslarga qarshi kurash choralarini kuchaytirish o`rniga qozoqlarni talash bilan ovora bo`ladi. Qozoqlarning qabila boshliqlaridan biri Tursunboy sovg`a-salomlar bilan Qanoatshoh oldiga kelib: biz, musulmonlar sizning zulmingiz va siquvingiz tufayli kofir-ruslarga qo`shildik degan.
Mallaxon ham Qo`qon taxtida uzoq qolaolmadi. U 1862 yilda uyushtirilgan saroy to`ntarishi oqibatida hokimiyatdan mahrum bo`ladi va boshi tanasidan judo qilinadi. Taxtga Sarimsoqbekning o`g`li, Sheralixonning nabirasi Shohmurod o`tiradi. Bu hodisa Qo`qon xonligida va uning tashqarisida ziddiyatli vaziyatning kuchayishiga sabab bo`ladi. Toshkent hokimi Qanoatshoh Mallaxonning qotili hisoblab Shohmurodga qarshi chiqadi va Xudoyorxonni taxtga taklif qiladi. Qo`qon xonligining dushmanlaridan biri, Sangzor qal`asini egallab turgan sobiq O`ratyepa hokimi Abdulg`afforbek Buxoro amirligi nomidan Yom, Zomin, O`ratepani egallaydi. Bu voqealardan ustalik bilan foydalangan Xudoyorxon tez oradaamir Muzaffar yordamida deyarlik jangsiz dastlab Xo`jandni, so`ngra Qo`qonni egallaydi va 1862-1863 yillarda xonlik qiladi. Ammo Farg`ona vodiysining sharqiy hududlarida o`zining to`la hukmronligini o`rnataolmadi. Mullo Alimqul boshchiligida qipchoqlar 1863 yilda Xudoyorxon vaamir Muzaffar qo`shinlarini Qo`qonni qoldirib Buxoroga ketishga majbur qiladilar. 1863 yil iyuldan 1865 yil iyulgacha taxt vorisligini Mallaxonning o`g`li Sulton Saidxon suradi. Bu davrda hokimiyatni amalda MullaAlimqul boshqaradi. Buning natijasida Qo`qon xonligida qipchoqlarning ta`sir kuchi tag`in ham ortadi. Yuqori martabali lavozimlardan o`zbeklar chetlashtirilib, ularning o`rniga qipchoq va qirg`izlar qo`yiladi.
1865 yilda Toshkent uchun Rossiya qo`shinlari bilan bo`lgan jangda MullaAlimqul qahramonlarsha halok bo`ladi. Sarkardasiz qolgan Qo`qon qo`shini chekinishga majbur bo`ladi, bir qismi esa Toshkent shahriga kirib berkinadi. Rus qo`shinlari qattiq janglardan so`ng Toshkentni bosib olishga erishadi. Amir Muzaffar yordamida Xudoyorxon uchinchi marta hokimiyat tepasiga keladi va u 1865-1875 yillarda, to ruslar Qo`qon xonligini batamom bosib olgunga qadar hukmronlik qiladi.
Shunday qilib «Tarixi jahonnomai» muallifining yozganlariga ko`ra, Qo`qon xonligida so`nggi 27 yil mobaynida bo`lgan voqealar amirlar, xonlar, sultonlar, beklar va hokimlar o`rtasidagi o`zaro mantiqsiz urushlar va kurashlar xalqni xonavayron qiladi, xonlikningning inqiroz va uzlat uzra yuz tutishiga sabab bo`ldi. Bundan dushmanlar, Rossiya bosqinchilari foydalandilar va Qo`qon xonligini o`z mustamlakalarigaaylantirib, xalq ommasi boshi uzra istibdod va zulmni kuchaytiradilar.
Atoqli o`zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy o`zining «O`tgan kunlar» romanida Qo`qon xonligining so`nggi yillaridagi ijtimoiy-siyosiy voqealarini badiiy ravishda quyidagicha tasvirlaydi:»-Maqsadlari juda ochiq!»-deydi xoji. Bittasi mingboshi bo`lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o`rniga minmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o`ziga qaram qilmoqchi...Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg`iz o`z manfaati shaxsiyati yo`lida, bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuxratparas muttahamlar Turkiston tuprog`idan yo`qolmay turib, bizning odam bo`lishimizgaaqlim yetmay qoldi...Biz shu holda ketadigan, bir-birimizning tagimizga suv quyadigan bo`lsak yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egallar va biz bo`lsak o`z qo`limiz bilan kelgusimizni rus qo`liga qoldirgan bo`larmiz».