4.2 Qoziqli poydevorlarni o’rnatish
Qoziqli poydevorlar asosan gruntga quyidagicha o’rnatiladi:
1) qoqib kiritiladigan qoziqli poydevorlar;
2) suv yordamida titratish yo’li bilan kiritiladigan qoziqli poydevorlar.
3) ezib (bosib) kiritish;
4) bo’rg’ilab kiritiladigan qoziqli poydevorlar.
1. Qoqib kiritish - bu usul yordamida o’rnatishga mo’ljallangan qoziq maxsus qurilmalar
yordamida tik holatga keltirilib ustidan gurzi yordamida qoqiladi.
Bu usul qurilish jarayonida keng tarqalgan bo’lib, unda eng yaxshi natija gurzilar qoziq
tepasidan minutiga 60 marotaba yarim metrlik masofada tekis harakat qilishida erishiladi. Gurzilar
og’irligi qoziqlar o’lchoviga moslab tanlanadi.
2. Suv bilan to’yingan qumlarda qoziqlar titratish yo’li bilan kiritiladi. Titratish
natijasida suvli qum oquvchan holatga kelib, ishqalanishi kamayadi va qoziq suvli qum ichiga
kiritiladi;
3. Ezib (bosib) kiritish. Bu usul dinamik ta’sir mumkin bo’lmagan joylarda qo’llaniladi.
4. Bo’rg’ilab kiritish (parmalash) usuli yordamida qoziq o’rnatish. Bu usul yordamida
og’ip hamda o’zun qoziqlar qoqiladi. Qoziq ustiga «Kabeston» deb ataluvchi turli tezliklarda
aylantiruvchi moslama o’rnatiladi, so’ngra, «Kabeston» harakati natijasida qoziq bo’rg’ilab
kiritiladi va loyihadagi satha etgandan so’ng «Kabeston»ning teskari harakati natijasida
parmalashni chiqarib olinadi.
Tayyorlash usullariga qarab:
1) gruntni o’ymasdan bosqonlar, titratma botirgichlar, titratma bosib kirgizgichlar va
bosim kirgizish konstrukstiyalari yordamida botiriladigan qoqma temir-beton, yog’och va
po’lat qoziqlar, shuningdek gruntni o’ymasdan va qisman o’yib beton qorishmasi to’ldirmasdan
titrama botirgichlar bilan botiriladigan temir-beton qoziq-qobiqlar;
2) gruntni o’yib, hamda beton qorishmasi bilan qisman yoki to’liq to’ldirib, titrama
botirgichlar bilan botiriladigan temir-beton qoziq-qobiqlar;
3) gruntni zurlab zichlab kiritsh natijasida hosil bo’lgan quduqlarga beton qorishmasi
to’ldirish yo’li bilan gruntga o’rnatiladigan temir-beton qozig’lar;
4) bo’rg’ulangan quduqlarni beton qorishmasi bilan to’ldirish yoki ularga temir-beton
elementlar o’rnatish yo’li bilan hosil kilinadigan bo’rg’ulama temir-beton qoziqlar.
Parmasimon qoziqlar. Parmasimon qoziqlar asosan sug’irishga ishlaydigan yuklarni
qabul qilish uchun ishlatilib, qoziq o’zagi va parrakli boshmoqdan iborat (5.3-rasm).
O’zakning diametri parrak diametrining (0.3-0.45) qismi qabul qilinadi. Parrakning
diametri 0.4-1.2 metr. Sug’iruvchi yukning miqdoriga va gruntning fizik-mexanik
xususiyatlariga bog’liq ravishda parrakning diametri 0.4-1.2 metrgacha qabul qilinadi.
Qobiqsiz o’rnatiladigan qoziqlar. Bunday qoziqlar hech qanday qo’shimcha qobiqlardan
foydalanmay, gruntda ochilgan chuqurlarni qatlamlab betonlash yo’li bilan tayyorlanadi. Betonni
zichlash maqsadida o’tkir va yassi gurzilardan foydalaniladi.
Qoqma qoziq va qoziq-qobiqlar. Ko’ndalang kesimi 0,8 m gacha bo’lgan qoqma temir-
beton qoziqlar va diametri 0,8 m va undan katta bo’lgan qoziq-qobiqlar quyidagilarga bo’linadilar:
1) ko’ndalang kesim shakli bo’yicha (5.4-rasm);
2) bo’ylama kesim shakli bo’yicha (5.5-rasm);
3) o’zaklash usuli bo’yicha bo’ylama va ko’ndalang armaturalangan qoziq-qobiklar
(5.6-rasm), hamda oldindan zo’riqtirilgan bo’ylama o’zakli (mustahkamligi yuqori sim va sim
arqonlardan qilingan) ko’ndalang o’zaklangan yoki o’zaklanmagan qoziqlar va qoziq-qobiqlar (5.7-
rasm);
4) tuzilish xususiyatlari bo’yicha-yaxlit va tarkibiy (ayrim qismlardan yig’ilgan) qoziqlar;
5) pastki uchining tuzilishi bo’yicha o’tkir yoki yassi uchli, osti yassi yoki hajmiy
kengaygan va pastki uchi ochiq yoki yopiq ichi bo’sh yoki kamuflet tovonli qoziqlar.
Barpo etish usuliga ko’ra tikma qoziqlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1) pastki uchlari gruntda qoldiriladigan boshmoq yoki beton tiqin bilan berkitilgan
inventar quvurlarni botirish va quduqlar beton qorishmasiga to’lgan sari bu quvurlarni chiqarib
olish yo’li bilan hosil qilinadigan tiqma qoziklar;
2) zarblab ochilgan quduqlarga quyuq beton qorishmasini to’ldirib pastki uchi
o’tkirlangan va unga titrama botirg’ich maxkamlangan quvur ko’rinishidagi titrama shtamp
yordamida zichlash yo’li bilan hosil qilinadigan tiqma qoziklar;
3) gruntda shtamplash yo’li bilan piramida yoki konus shaklidagi quduqlarni ochib,
keyin ularga beton qorishmasi to’ldirib hosil qilinadigan shtampli asosdagi tiqma qoziklar
3.1 - rasm. Qoziq rostverklari turlari:
a – baland; b – pastki.
3.2 - rasm. Burama qoziqlar
3.3 - rasm. Poydevorlarda qoziqlarning
joylanish sxemalari:
a – qatorli; b – shaxmat shaklida; v – qoziqli
maydonda qatorli; g – qoziqli maydonda
shaxmatsimon; d – qatorli qoziqli palosa;
e – shaxmatsimon qoziqli palosa
3.4 - rasm. Qoziqning ko’ndalang kesim shakllari
3.5 - rasm. Qoziqning bo’ylama kesim shakllari
3.6 - rasm. Bo’ylama va ko’ndalang
armaturalangan qoziq
3.7 - rasm. Bo’ylama armaturalari oldindan
zo’riqtirilgan qoziq
Hosil qilish usuliga ko’ra bo’rg’ilama qoziqlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1) changli-loyli gruntlarda er osti suvlari sathidan yuqorida bo’rg’ilangan, devorlari
mahkamlanmagan quduqlarni betonlab hosil qilinadigan, boshqa istalgan gruntlarda er osti
suvlari sathidan pastda devorlari loyli qorishma yoki keyin chiqarib olinadigan himoya
quvurlari bilan mustahkamlangan quduqlarni betonlab hosil qilinadigan kengayib boruvchi yoki
o’zgarmas kesimli burg’gilama-tiqma qoziqlar (5.8-rasm);
2) ko’p qismli titrama o’zak qo’llab hosil qilinadigan dumaloq kesimli ichi bo’sh
bo’rg’ilama-tiqma qoziqlar;
3) quduq ichiga shag’alni shibbalab to’ldirish yo’li bilan hosil qilinadigan zichlangan
burg’ilama-tiqma qoziqlar;
4) bo’rg’ulangan quduqlarni portlatib kengaytirish va quduqlarga beton qorishmasi
tuldirish yuli bilan hosil qilinadigan kamuflet tovonli burg’ilama-tik qoziqlar (3.9-rasm);
5) bo’rg’ulangan quduqlarga mayda donli beton qorishmasi yoki qumli stement
qorishmani xaydash yo’li bilan hosil qilinadigan diametri 0.15-0.25 metrli burg’ilama-haydama
qoziqlar;
6) bo’rg’ulangan quduqlarni kengaytirib yoki kengaytirmasdan, ularga yaxlitlaydigan qumli
stement qorishma to’ldirish va quduqlarga tomonlari yoki diametlari 0,8 m va katta butun
kesimli stilindr yoki prizma shaklida elementlar tushirish yo’li bilan hosil qilinadigan usutun
qoziqlar.
Chuqur joylashuvchi poydevorlarni loyihalashning umumiy qoidalari
Zaminga katta qiymatli vertikal hamda gorizontal bosimlarni o’zatuvchi, o’ta og’ir
inshootlarni mustahkamligini ta’minlash uchun odatda, ularning poydevorlarini etarlicha yuk
ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan chuqur joylashgan qatlamlarga joylashtirish lozim bo’ladi.
Bunday chuqur tabiiy qatlamlarga etib borish uchun ko’pincha ustun qoziqli
poydevorlarni qo’llash imkoniyati bo’lmaydi.
Shuning uchun bunday hollarda maxsus usullar bilan o’rnatiluvchi chuqur
joylashtiriladigan poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bunday poydevorlarni qo’llash sohalari quyidagilar: er osti qurilishlari, ko’prik
tayanchlari, suv bo’yi inshootlari, industrial stexlar va boshqalar.
Chuqur poydevorlarning quyidagi muhim xususiyatlari mavjud:
1) bunyod etish jarayonida xandaq yoki quduq qazish shart emas;
2) vertikal yuk esa fakat poydevorning tovoni bilan, balki yon sirti bilan ham hosil
qilinadi (yon ishqalanish hisobiga);
3) gorizontal yuklarga yaxshi qarshilik qiladi;
4) siqib (sirpanib) chiqish (vыpirovanie) xodisasi bo’lmaydi; Xozirgi zamonda chuqur
joylashtirilgan poydevorlarning bir necha turlari mavjud:
1) o’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduqlar;
2) yig’ma temir-beton qobiqlar;
4.2. O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduqdar
O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduklar er osti inshootlari qurilishida, ya’ni nasos
stanstiyalari, suv yig’ma inshootlari, domna pechlari. qurilishida, o’zluksiz po’lat quyish
uskunalari, er osti garajlari va ko’prik tayanchlari qurilishlarida ishlatiladi.
O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduq barpo etish jarayoni quyidagicha: er ustida
ma’lum balandlikdagi quduq tayyorlanib olinadi. Quduq ichidagi grunt har xil mexanizmlar
bilan qazib olinadi. Tayanch yo’qolgan quduq o’z og’irligi ta’sirida chuqurlashib boradi.
Loyihadagi chuqurlikka etganda grunt qazish to’xtatilib, quduqning ichi ma’lum
balandlikkacha beton bilan tuldiriladi.
O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduq barpo etish bosqichlari:
a) er yuzasida quduq tayyorlab olish;
b) greyfer yordamida grunt qazib olish va quduqning pastlashuvi;
v) o’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduqni betonlash (4.1 -rasm). Hozirgi vaqtda
diametri 6....70 m va chuqurligi 40-70 m gacha bo’lgan o’z og’irligi bilan pastlashuvchi
quduqar barpo etilmoqda. (Adabiyotlarda D 70 m va chuqurligi 70 metrli o’z og’irligi bilan
pastlashuvchi quduqlar keltirilgan. Dalmatov B.I.).
Rejadagi shakllariga qarab aylana shaklida, to’g’ri to’rtburchak shaklida, kvadrat
shaklida va ellepis shaklida shaklida bo’lishlari mumkin (4.2-rasm).
Materialiga karab temir-betondan qilingan, betondan qilingan, metalldan qilingan,
g’isht-toshdan qilingan va h. lardan qilingan o’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduqlarga
bo’linadi.
O’z og’irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlarni hisoblash.
Pastlashuvchi quduqding o’lchamlarini aniqlash uchun uning bo’y o’lchamlari
(vertikal) odatda geologik kesmalar yordamida aniiqlanadi.
4.1 - rasm. O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduq barpo etish bosqichlari:
a – quduqning ostki qismini yer ustida tayyorlash; b – greyfer yordamida
grunt qazish;
v – quduqni beton bilan to’ldirish
4.2 - rasm. O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduqlarning tarxdagi shakllari:
a – dumaloq; b – kvadrat; v – to’rtburchak; g – yon tomonlari aylana shaklida;
1 – devor; 2 – quduq osti to’shamasi; 3 – ko’ndalang devor
Quduqning o’lchamlari quyidagi ifodadan aniqlanadi:
H=h+0,5 м.
bunda N - quduqning chuqurligi;
h - quduqning balandligi;
Quduqning ko’dalang kesimi quyidagi shartdan aniqlanadi:
N + G = Rs + Rf (4.1)
bunda N - inshootdan ta’sir etuvchi kuch;
G — quduqning og’arligi;
Rs- quduqning ostki qismiga nisbatan gruntning bosimi;
Rf - ishqalanish kuchi;
bunda A - quduqning kundalang kesim yuzasi;
γ - quduq materialining solishtirma og’irligi;
Rs = Rxh ꞏ A (4.3)
bunda - quduq ostki qismidagi gruntning hisobiy qarshiligi;
Rf = Uꞏ(H - 2,5)ꞏf0 (4.4)
bunda Rf - ishqalanish kuchi;
U - quduq poydevorining perimetri, i=2*g,
Fo - ishqalanish koeffistienta;
(4.2), (4.3), (4.4) larni (4.1) ga qo’yib quyidagini hosil kilamiz:
N + H ꞏ A ꞏ γ = Rxh ꞏ A+Uꞏ(H - 2,5)ꞏf0 (4.5)
Ushbu ifoda yordamida pastlashuvchi quduqning ko’ndalang kesimi aniqlanadi
yoki
(4.6)
Dostları ilə paylaş: |