4 Ma’ruza. Qoziqli poydevorlar, Chuqur joylashuvchi poydevorlar. Reja



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix08.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#109436
  1   2
4 Ma’ruza. Qoziqli poydevorlar, Chuqur joylashuvchi poydevorlar.



4 - Ma’ruza. Qoziqli poydevorlar, Chuqur joylashuvchi poydevorlar. 
 
Reja: 
1. Qoziqli poydevorlar turlari. 
2. Qoziqli poydevorlarni o’rnatish 
3. Barpo etish usuliga ko’ra tikma qoziqlar. 
4. Chuqur joylashuvchi poydevorlarni loyihalashning umumiy qoidalari. 
5. O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduqdar. 
6. Quduqning ko’ndalang kesimini aniqlach. 
4.1 Qoziqli poydevorlar turlari 
Qoziq deb gruntga o’rnatilgan yoki gruntga qoqilgan, gruntda tayyor yasalgan va inshootdan 
tushayotgan yukni zaminga uzatadigan poydevorning ustunsimon qismiga aytiladi. 
Qoziqli poydevorlar ishlatiladigan ashyolar bo’yicha yogoch qoziqlar, betondan ishlangan 
qoziqlar, aralash qozshular, temir-beton qoziqlar, metall qoziqlarga bo’linadi. 
Yog’och qoziqlar  
Hozirgi zamonda juda kam qo’llaniladi. Asosan qayryog’ochdan qilinadi 
d=22

34 sm, uzunligi 6,5-8 m. 
Beton qoziqlar 
Asosan kuyma qoziqlar toifasiga kiradi, ya’ni qurilish maydonida tayyorlanadi. 
Tayyorlash jarayonida mos ravishda beton qoziqlap quyidagicha bo’linadi: 
a) grunt ichida qoluvchi yupqa qobiqlar yordamida tayyorlanuvchi qoziqlar. Bunda 
qalinligi 3-4 mm qobiqlar maxsus uskunalar yordamida loyihada ko’rsatilgan chuqurlikka 
tushiriladi, so’ngra ularning ichi beton bilan to’ldirilib qoziq hosil qilinadi; 
b) qalin devorli qobiqlar yordamida hosil bo’luvchi qoziqlap. Bunda yupqa qobiq o’rnida 
qalinligi 10-20 mm qobiqlar ishlatilib betonlash jarayonida asta-sekin sug’urib olinadi. 
Metall qoziqlar 
Metall po’latdan qilingan qoziqlar quvup shaklida juda ko’p ishlatiladi. Ayrim hollarda 
qushtavr va murakkab shakldagi qoziqlar qo’llaniladi. Toshkent metrosi qurilishida ham 
qo’llashgan. 
1. Gruntda ishlash sharoitiga mos ravishda qoziqlar osma qoziqlar va ustun qoziqlarga, 
bo’linadi. 
Osma koziqlar o’tkir uchlari odatda mustahkam gruntga etib bormaydi. Bunday 
poydevorlarga xos xususiyatlardan eng muximi ular orasidagi gruntlarning poydevor ish 
jarayonida katnashishidir. Bunday poydevorlarda inshootdan o’zatilgan yuk ularning butun tanasi 
bo’ylab gruntga tarqatiladi. 
Ustun poydevorlarda esa ularning o’tkir uchlari mustahkam gruntga ma’lum 
mikdorda kirib borishi shart. Bunday poydevorlarning ishlash jarayoni odatdagi ustundan 
farqlanmaydi. 
Bir necha qoziqlarning yuqori qismini birlashtiruvchi va
-
ularning bir xil cho’kishini 
ta’minlovchi qurilma rostverk deyiladi. 
xom ashyosi bo’yicha beton va temir-betondan tayyorlanadi; tarixdagi shakliga ko’ra: 
rostverka bino va inshoot ostki qismini shaklini taqororlaydi. Koziqli poydevorning shakliga 
ko’ra qoziqlar to’plami, qoziqli yo’lak va qoziqli maydon shaklida bo’ladi (5.1-rasm). 
2. Rostverk turiga qarab, baland joylashgan rostverkli poydevorlar va past joylashgan 


rostverkli qoziqli poydevorlarga bo’linadi. Baland rostverkli poydevorlar suv xavzalarida 
joylashgan inshootlar, ko’prik va boshqa qurilishlarda ishlatiladi. Past rostverkli poydevorlar 
oddiy sharoitlarda ishlatiladi (5.2-rasm). 
3. O’qlar yo’nalishi bo’yicha qoziqli poydevorlar tik yo’nalgan o’qli poydevorlar va 
burchak ostida yo’nalgan poydevorlarga bo’linadi. 
Tik yo’nalgan o’qli poydevorlar oddiy sharoitlarda ishlatiladi. Burchak ostida yo’nalgan 
poydevorlar esa arkasimon, gumbazsimon inshootlarda, tirgovich devorlar va xaqozolarda 
ishlatiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin