Magnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar Magnitlovchi tokni aktiv qismi Iamag ni kamaytirish uchun tok transformatorining magnit o‘zaki shixtlangan po‘latdan tayyorlana- di. Bunda quvvat yo‘qolishi kam bo‘ladi. Reaktiv qismi esa quyidagicha
Tok transformatorining ishlash asosidan kelib chiqadiki, magnit oqimi shunday qiymatga ega bo‘lishi kerakki, bunda ikkilamchi E.Yu.K. E2 ikkilamchi chulg‘amda yuz berayotgan kuchlanish tush ishini kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Magnitlash tokining kattaligiga tok transformatorining konstruktiv parametrlari katta ta’sir qiladi.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, Irmagn ni kamaytirish uchun magnit qarshilik Rm ni kamaytirish va birlamchi chulg‘amlar sonini W1 oshirish kerak.
Tok transformatorlarining xatoligi qisqa tutashuvning boshlang‘ich vaqtida keskin ortadi, chunki bunda birlamchi tokda aperiodik tashkil qiluvchilar ishtirok etadi. Bu holni tez ta’sir qiluvchi himoyalarni hisoblashda e’tiborga olish kerak.
Tok transformatorlarini aniqlik darajasi. Tok transformatorlari aniqlik darajalariga asosan guruhlarga (klass) bo‘linadi. Har bir daraja ruxsat berilgan xatolik kattaliklari bilan xarakterlanadi. Bu xatoliklar o‘lchov uskunalarining aniq ishlashiga ta’sir qiladi.
Sanoat qurilmalari uchun 0,5;1; 3 va D xatolik darajalariga mos tok transformatorlari tayyorlanadi.
D darajali tok transformatorlari differensial himoyalar uchun mo‘ljallangan va ularning xatoliklari nominal tokda normalangan. Tok transformatorlarining ma’lum bir darajadagi xatoliklar bilan ishlashlari nominal tokdan 120% farq qiladi.
Odatda nominal quvvat nominal ikkilamchi tok (5 yoki 1A) yoki ikkilamchi yukning qarshiligi xarakterlanadi.
Tajribalar va nazariy tahlil asosida aytish mumkinki, ko‘pchilik himoyalar tok bo‘yicha 10% gacha, burchak bo‘yicha 7° xatolikka ruxsat beriladi.