Elektrofiltrlar
Oddiy elektrofiltr ikkita elektroddan iborat bo‘lib, bitgasi anod- truba yoki plastina, ikkinchisi esa katod sim ko‘rinishida tayyorlanadi. Katod sim truba ichiga yoki plastina anodlar orasiga tortiladi. Anodlar har doim erga ulanadi. Elektrodlar o‘zgarmas tok manbasiga ulanganda 4...6 kV/sm ga teng potensiallar farqi hosil bo‘ladi. Bu qiymat katodning 1 m uzunligida 0,05...0,5 mA tok zichligini ta’minlaydi.
Trubali (a) va plastinali (b) elektrodlar.
1-“tojli” elektrod; 2-cho’ktiruvchi trubali elektrod; 3-kuch yo’nalishlari; 4- cho’ktiruvchi, plastinali elektrod. I-changli gaz; II- tozalangan gaz.
Gazli aralashma trubali-elekgrod ichiga yoki plastinalar orasiga uzatiladi. Elektrodlardagi yuqori potensiallar farqi va elekgr maydonining turli jinsliligi tufayli manfiy elektrod-katod atrofidagi gaz qatlamida anodga qarab yo‘nalgan elektronlar oqimi hosil bo‘ladi. Natijada gaz neytral molekulalarining elektronlar bilan to‘qnashuvi tufayli gaz ionizatsiyaga uchraydi. Ionizatsiya o‘z navbatida gazni musbat va manfiy ionlar ajralishiga olib keladi. Musbat ionlar katod, manfiylari esa katta tezlikda anod tomon harakat qiladi. Odatda, chang va tuman zarrachalari anodga cho‘kadi va uni cho‘kma qatlami bilan qoplaydi. Elektr maydoni ta’sirida chukgirish tezligi sekundiga bir necha santimetrdan bir necha o‘nlab santimetrgacha oraliqsa bo‘ladi. CHo‘kgirish tezligi zarracha o‘lchami va gazning gidravlik qarshiligiga bog‘liq. Elektr maydonida zarrachalarning cho‘kish tezligini aniqlash uchun jarayon laminar rejimda amalga oshadi deb qabul qilamiz. Elektr maydoni zaryadlangan zarrachaga G‘ = pe0 Ex (bu erda ya zarracha olgan zaryad; ed - elementar zaryad kattaligi; Ex - katod o‘qidan x masofadagi elekgr maydon potensiali gradienti) kuch bilan ta’sir etadi. Elekgr maydon ta’sirida zarrachaning cho‘kish tezligi ushbu tenglamadan aniqlanadi:
Zarrachaning cho‘kish davomiyligi:
bu erda: R - katod o‘kddan anod o‘qigacha bo‘lgan masofa; g - katod radiusi.
Elektr maydon potensiali gradienti Ex katodgacha bo‘lgan masofa x ga bog‘liq. SHuning uchun, zarrachalarning cho‘kish vak^i (3.73) tenglamani fafik intefallash usuli bilan aniqyaanadi.
Dostları ilə paylaş: |