4-mashg’ulot. Tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi chora -tadbirlarni o’rganish ishdan maqsad


Gidrometereologik favqulodda vaziyatlar



Yüklə 70 Kb.
səhifə3/4
tarix12.10.2023
ölçüsü70 Kb.
#154595
1   2   3   4
4-amaliy mashg\'ulot

Gidrometereologik favqulodda vaziyatlar.
Sel–arabcha so’z bo’lib, tog’lik xududlarda suv toshqini ma’nosini anglatadi. Tog’ xududlarida kuchli yomg’irning yog’ishi, muzlik va qorlarning tez yerishi natijasida hosil bo’ladi.
Sel oqimining davomiyligi 0,5-2 soatdan 12 soatgacha, tezligi 5-8 m/s dan 12 m/s, gacha massasining zichligi esa 1,2:1,0 m3 ni tashkil etadi.
Sel oqimlari o’zi bilan oqib ketayotgan qattiq zarrachalar o’lchamiga qarab 3 guruhga bo’linadi:
a) suv - toshli sellar,
b) loyqa sellar,
v) aralash sellar.
Selni oldini olish chora tadbirlari:
1. Sel bo’lishi mumkin bo’lgan daryolarning suv yig’ish maydonlarida doimiy kuzatish ishlarini olib borish. Oqar suvlar oqimiga to’sqinlik qiluvchi tabiiy va sun’iy to’siqlarni tozalash.
2. Suv yig’ish maydonlarini muhofaza qilish. O’simlik dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarni shudgor qilish va sug’orish ishlarini olib borishni chegaralash.
3. O’rmon xo’jaliklarini rivojlantirish.
4. Tog’li xududlardagi daryolarning o’zanida suv oqimini boshqaruvchi inshootlar qurish, tabiiy, sun’iy to’g’onlarni tartibga solish, temir, avtomobil yo’llari ostiga sel o’tkazuvchi katta diametrli quvurlar yotqizish.
Qor ko’chkilari – bu tog’larning tik yonbag’irlaridan qor massasining ag’darilib yoki sirpanib tushishidir.
Kuchli shamol yoki biror kuchli tovushdan hosil bo’lgan havo tebranishi ta’sirida qalin qor massasi harakatga kelib yonbag’irdan pastga qarab siljiy boshlaydi va ag’darilib tushadi. U quruq yoki ho’l bo’lishi mumkin.
Agar qorning ustki qismi bir oz muzlagan bo’lib, uning ustiga qalin qor yog’sa quruq ko’chki hosil bo’ladi. Xarakatlanish tezligi 100 km/s, ba’zan 300-400 km/s bo’ladi. Bahor oylarida qor erigan suvning shimilib, qorning tagini xo’llashi natijasida ho’l ko’chki hosil bo’ladi. Uning tezligi 20-50 km/s.
Pastga qarab harakat qilganda yon atrofdagi qor massalarini va tog’ jinslarini o’zi bilan surib ketishi natijasida hajmi 2 mln m3 , surilish kuchi soatiga 250-300 km ga etib, o’z yo’lidagi imorat va inshootlarni vayron qiladi.Oldida vayronalik keltiradigan kuchli havo to’lqini yuzaga keladi, uning kuchi har kv.m ga 100-120 m ga ham bo’lishi mumkin.
Qor ko’chkilari sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xududlar xaritalarga tushirilib, o’rganib chiqilgan. Daraxtzor barpo etish, qor uyumlarini oz-ozdan yo’qotish, damba, ariqlar, tosh va temir-betondan yasalgan to’siqlar, tonellar qurish va h.k. ishlarni amalga oshirib turishning ahamiyati, shuning uchun ham muhim.



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin