MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish
«Пуск»—«Прогаммы»—“MICROSOFT EXCEL”
Ilovalar darchasining asosiy elеmеntlari
4-slayd
EXCELni Windows tizimidan ishga tushirish uchun:
·bosh menyudagi ishga tushirish tugmasini chertish;
·sichqonchaning ko‘rsatkichini Dasturlar bandiga o‘rnatish;
·ochilgan menyudagi Microsoft EXCEL buyrug‘ini tanlash kerak.
EXCEL ni ishga tushurishning bundan tez usuli ham bor. Uni qo‘llash uchun Microsoft Office uskunalar paneli mavjud bo‘lishi zarur. Agar sizning kompyuteringizda Microsoft office paneli o‘rnatilgan bo‘lsa, unda dasturni ishga tushurish uchun dasturlar tugmasini chertishning o‘zi kifoya qiladi.
Dastur ishga tushurilgandan keyin rasmda tasvirlangan darcha ochiladi. Ekranda beshta maydon mavjud:
· ekranning katta qismini egallovchi kitob darchasi;
· menyu qatori;
· uskunalarning ikki yoki undan ko‘p paneli;
· formulalar qatori;
· holat qatori.
Bu beshta maydonning hammasi birgalikda EXCELning ish maydoni deb ataladi. EXCEL darchasi Microsoft Office paketining boshqa ilovalarining darchalari bilan birga ko‘p umumiy xususiyatlarga ega, shuning uchun o‘ziga xos unsurlarga ko‘proq ahamiyat beramiz.
Kitob darchasi
Oldin ko‘rsatib o‘tilganidek, kitob darchasi ish maydonining asosiy qismini tashkil qiladi. Kitob darchasining pastki qismida varaqlarni o’girish yorliqlari, yuqori qismida esa sarlavha qatorlari joylashgan. Bundan tashqari, darchada aylantirib ko‘rish varaqlari va yo‘lkalari bor. Yangi kitob dastavval uchta alohida varaqni o‘z ichiga oladi. Kitob yaxshi tashkiliy vositadir. Masalan, Siz bitta kitobda ma‘lum bir loyihaga oid hujjatlarni yoki bir odam yuritayotgan hujjatlarning hammasini birga to‘plashingiz mumkin. Kitoblar qattiq diskda tartib o‘rnatish, shuningdek, o‘z ishchi maydoningizni har kungi tayyorlash paytida qo‘yilishi lozim bo‘lgan qadamlar (qilinishi lozim bo‘lgan harakatlar) sonini kamaytirish imkonini beradi.
Kitob darchasining quyi qismida, siz ular yordamida bir varaqdan ikkinchisiga o‘tishingiz mumkin bo‘lgan bir nechta tugma joylashgan. Bu tugmalar rasmda ko‘rsatilgan.
Kitobning mundarijasini ko‘rib chiqish uchun darchaning pastki chap burchagidagi to‘rtta tugmadan foydalanish mumkin. O‘rtadagi ikkita tugma bitta yorliqcha o‘ngga yoki bitta yorliqcha chapga aylantirib ko‘rishga xizmat qiladi. Chetlaridagi ikkita tugma esa kitobning birinchi yoki oxirgi yorlig‘igacha aylantirib ko‘rish vazifasini bajaradi. Siz yorliqlarni bo‘luvchisi (belgisi) ni harakatlantirib, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirib ekranda ko‘rinuvchi yorliqchalar sonini o‘zgartirishingiz mumkin. Yorliqlarning bo‘linish veshkasining dastlabki xolatini tiklash uchun uni ikki marta chertish kifoya. Aylantirib ko‘rishning sanab o‘tilgan tugmalari va yorliqchalarini bo‘lish belgisi kitob varaqlarini faollashtirmaydi. Varaqni faol qilish uchun siz yorliqchalarni aylantirib bo‘lganingizdan so‘ng kerakli varaqning yorlig‘ini chertishingiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |