4-Mavzu: Arxitektura va qurilish sohasida axborotga ishlov berish texnologiyalari.
Reja:
Elektron offis
Qurilishda masala yechishda electron jadvallardan foydalanish.
Sohaga oid jadval ma’lumotlarini guruhlash.
Tayanch so’zlar: Microsoft word, microsoft office, microsoft power point, avtomatn, avtomuharrir, asboblar paneli, formatlash, avtoformat, kolontitul, ustunlаr sаrlаvxаsi, qаtоrlаr tаrtibi, fоrmulа
Hozirgi kunda axborot bilan ishlash, uni qabul qilish, yaratish, qayta ishlash ko’p vaqt talab qilmoqda. Shuning uchun 1995-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan axborotlarni kirituvchi, uni taxrir qiluvchi, ularni jadval usulida tartiblovchi, hattoki matematik amallarni bajaruvchi MICROSOFT OFFICE pakti dasturini ishlab chiqdi.
Bu dastur kundan kunga ko’pgina kerakli dasturlarni o’z ichiga olmoqda. Masalan ular ichida eng ko’p foydalanadiganimiz Microsoft Word, Microsoft Office, Microsoft Power Point va h.k.
Microsoft Office paketiga murojaat etish uchun Pusk → Programmi → Microsoft Office dasturiga sichqonchani olib kelishimiz kifoya. Shunda ekranimizda qo’shimcha muloqot oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada:
ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dastur;
jadvallar yaratish, formulalar hosil qilish uchun mo’ljallangan dastur;
aketalarni joylashtirish (kadrlar bo’limi) uchun yaratilgan dastur;
internet tizimi orqali kiruvchi xatlarni o’qish imkoniyatiga va xat yuborish imkoniyatiga ega dastur;
sladlar yaratish, ularga chiqish animatsiyalarini qo’yish imkonini beruvchi dastur;
har xil turdagi taklifnoma (открытка)lar yaratish imkonini beruvchi dastur;
va ma’lumotlar bilan ishlashda, ularni kiritishda, chop etganimizda eng ko’p foydalanadigan dasturimiz Microsoft Word dasturini ham o’z ichiga oladi.
Microsoft Office dasturi ilk bor Windows 95 operatsion tizimi uchun 1995-yilda Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Microsoft Office 95 paketida asosan Excel, Word, Publishr dasturlari joy olgan edi. Keyinchalik 1998-yilda Microsoft yangi Office dasturini Microsoft Office 98 deb nomlanuvchi paketni ishlab chiqdi. Bu paketga qo’shimcha qilib, Outlook va Power Point dasturlari kiritildi. 2000, 2003, 2007, 2010 va 2013 yilda yaratilgan Office paketidagi dasturlar soni yil sayin ko’payib takomillashib kelmoqda. Hozirgi kunda eng ko’p foydalaniladigan turi bu Microsoft Office 2003 dasturidir. Bu dastur nafaqat mutahasislar balki yangi ishlovchilar uchun ham bir muncha qulay.
Microsoft Office versiyasi
|
Tarkibidagi dasturlar soni
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Microsoft Office 95
|
3
|
1995
|
Microsoft Office 97
|
4
|
1997
|
Microsoft Office 2000
|
5
|
2000
|
Microsoft Office XP
|
5
|
2001
|
Microsoft Office 2003
|
7
|
2003
|
Microsoft Office 2007
|
9
|
2006
|
Microsoft Office 2010
|
9
|
2009
|
Microsoft Office 2013
|
12
|
2012
|
Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo’shilib borsada o’z ko’rinishini o’zgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi o’zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo’lsada, ko’rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. Bu farqni quyidagi 10– rasmdan sezish mumkin.
WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo’yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo’natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko’zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.
WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:
Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so’z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to’g’ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug’i ularni qayta yozadi.
Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to’g’irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
Asboblar paneli - tugmalar majmuidan iborat bo’lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.
Formatlash – bu hujjat shaklini o’zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi zarur bo’lgan so’z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o’zgartirish mumkin.
Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo’lishi mumkin.
Konteks menyusi – “sichqoncha” ning o’ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan ob’ektga mos ravishda menyu ham o’zgarib turadi.
“Sichqoncha” – hozirgi zamon komp’yuterlarining ajralmas qismi bo’lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo’ladi.
WORD muharriri quyidagi imkoniyatlarga ega:
Matnlarni kiritish va tahrir qilish;
Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko’zdan kechirish;
Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;
Formatlash usullaridan foydalanish ;
Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;
Blankalarni tayyorlash ;
Jadvallar bilan ishlash;
Zarur holda yordamchi ko’rsatma berish;
Formulalar yozish;
Imloni tekshirish;
So’zlarni bo’g’inlab ko’chirish;
WINDOWS ilovalari ma’lumotlaridan foydalanish;
WORD Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;
Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish.
Elеktron jadvallar asosan iktisodiy masalalarni еchishga mo’ljallangan bo’lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tеgishli masalalarni еchishga ham, masalan, formulalar bo’yicha xisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko’rishga ham katta yordam bеradi.
|
Dostları ilə paylaş: |