4-Mavzu: auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari reja



Yüklə 60,87 Kb.
səhifə7/7
tarix18.12.2023
ölçüsü60,87 Kb.
#184101
1   2   3   4   5   6   7
4 mavzu

j) Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar, ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa shakldagi tadbirlar ham o‘tkazishi mumkin. Bu maqsadda auditorlik tashkiloti davlat soliq inspeksiyasi, Moliya Vazirligi va boshqa mutasaddi idoralardan tajribali uslubiyotchi va amaliyotchi xodimlarni, hamda oliy o‘quv yurtlaridan yetakchi professor-o‘qituvchilarni taklif etishi mumkin.
Bu toifa xizmatlarning buxgalterlarni o‘qitish bilan bog‘liq boshqa xizmatlardan farqi, u seminar ishtirokchilaridan ma’lum malaka talab qiladi.
Auditorlik tashkiloti xodimlari ma’ruza va seminar ishtirokchilariga fuqarolik, soliq va boshqa qonunchilik-larda ro‘y bergan o‘zgarishlarni, buxgalterlik hisobini yuritishga doir me’yoriy hujjatlar(buxgalteriya hisobi va hisobotining xalqaro hamda milliy standartlari, nizomlar, qarorlar, yo‘riqnomalar va boshqalar)ni sharhlab beradilar. Shuningdek, bunday tadbirlarda hisob yuritish va hisobot tuzishda ko‘p sodir bo‘ladigan xatolar muhokama qilinadi va seminar ishtirokchilarining savollariga javob beradilar.
Yuqorida keltirilgan professional xizmatlardan tashqari auditorlik tashkiloti belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi, audit, moliya-xo‘jalik faoliyati tahlili, soliqqa tortish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlashi hamda chop ettirishi mumkin. Bu tarzdagi xizmatlar, odatda, mazkur masalalar bo‘yicha bosmaxona, uslubiy tavsiyalar va boshqa ommabop adabiyotlarni ishlab chiqa oladigan mualliflar hamda tahririyat jamoasiga ega yirik auditorlik tashkilotlari tomonidan bajariladi.
Shuningdek, auditorlik tashkiloti mijoz-korxonalariga davriy nashr adabiyotlari: «Soliq to‘lovchining jurnali», «Soliq va bojxona xabarlari», «Xo‘jalik huquqi», «O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» va boshqalarga obuna bo‘lish-dan tortib, to kompyuter uchun «huquq tizimi» va h. k ma’lumotlargacha bo‘lgan qo‘llanmalarning maqbul to‘plamini tanlash bo‘yicha maslahatlar ham berishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatlarining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri –buxgalterlik hisobni kompyuterlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Bu eng avvalo:

  • dastur ta’minoti bozoridagi mavjud dastur vositalaridan kompyuterlashtirish uchun zarur bo‘lgan, tadbiq qilinadigan dasturlar paketini tanlash va ularni mijoz-korxona sharoitiga moslashtirish;

  • hisobni kompyuterlashtirish bo‘yicha tadbiq qilinadigan dasturlarni ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish (maslahat berish, masalani shakllantirish, test o‘tkazish va h. k);

  • buyurtmachiga tadbiq qilinadigan dasturlar paketini joriy qilish va h. k.

Yüklə 60,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin