4-Mavzu: auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari reja



Yüklə 60,87 Kb.
səhifə2/7
tarix18.12.2023
ölçüsü60,87 Kb.
#184101
1   2   3   4   5   6   7
4 mavzu


Jarima summasini hisoblash uchun jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarilgan sanadagi eng kam oylik ish haqi miqdori asos qilib olinadi.

Byudjetdan tashqari va xayriya jamg‘armalarining amaldagi tushumlari (a’zolik badallarini ham qo‘shgan holda) jarima hisoblashda asos bo‘ladigan yalpi tushum hisoblanadi.


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.


4.2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 11-mod-dasiga muvofiq: «Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun hujjat-larida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi».
Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qaroriga ko‘ra o‘tkazi-ladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z oldiga asosan quyidagilarni maqsad qilib qo‘yishi mumkin:

  • buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash;

  • butun buxgalteriya hisobi tizimini yoki uning ayrim bo‘limlarining ahvolini nazorat va tahlil qilish;

  • buxgalteriya hisobi bo‘yicha ish yuritishni tashkil etish;

  • buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining me’yoriy ta’minlanganligini aniqlash;

  • hisobni kompyuterlashtirishda qo‘llaniladigan vosita va uslublarni baholash;

  • soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir hisob-kitoblar ahvolini tekshirish va h. k.

Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi har xil sabablarga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan xususiylashtirilgan va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan ko‘plab sobiq davlat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi barham topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabatlarning yangi turlari hisob obe’ktlariga aylandi. Ikkinchidan, mulk egalari, investorlar va aksiyadorlarning korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining ahvoli to‘g‘risidagi xolis axborotlarni talab qilishlari. Shuningdek, buxgalter xodimlarining beqarorligi ya’ni o‘zgarib (almashlanib) turishi, ular malakasining pastligi va boshqalar. Uchinchidan, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va islohotlarning chu-qurlashtirilishi munosabati bilan me’yoriy hujjatlarning tez-tez o‘zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va h. k. Bunday muammolar bilan to‘qnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik tashkilotlariga yordam so‘rab murojaat qilmoqdalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, majburiy auditorlik tekshiruvi to‘liq (kompleks) o‘tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya’ni ixtiyoriy audit esa to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, tashabbus tarzidagi auditda tekshiruvlar chuqurligi ham har xil bo‘lishi mumkin. Masalan: hisob ma’lumotlarini dastlabki hujjatlardan boshlab to‘la va yoppasiga tekshirish; dastlabki hisob ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab tekshirish.



Yüklə 60,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin