Kasb bilan bog’liq ahloqiy normalar — bu etik ideallar asosida shaxsiy jihatlarni ichki tartibga solish tartibi, namunasi, qoidalari hisoblanadi.
Iqtisodiy etika - bu tadbirkorlik faoliyati ishchilarning odob ahloqini aks ettiruvchi normalar majmuini namoyon etadi, tadbirkorning ish uslubiga rivojlangan jamiyatning talablarini ko’rsatadi, tadbirkorlik faoliyati ishtirokchilari o’rtasida munosabat va ijtimoiy yondashuv qanday bo’lishi kerakligini aks ettiradi.
Ish etiketi — bu ishbilarmon kishining boshqa insonlar bilan muomala qilish jarayonidagi o’zaro yurish turishi, harakatlari qoidasi xisoblanadi.
Ijtimoiy soha vakillarining etika kodeksi, Ijtimoiy xizmat vakillarining mintaqalararo assotsiatsiyasi tomonidan 1994 - yilda qabul qilingan bo’lib, ijtimoiy xizmatda odob ahloq normalarini o’zida aks ettiradi.
Auditorning kasb etikasi haqida tushuncha:
Kasbiy etika kodekslarining mavjudligi — bu davlatning yordamisiz ham mustaqil ravishda o’z ahzolarining ahloqini tartibga soluvchi jamiyatning ahloqiy etukligidan darak beradi.
Kasbiy etika Kodeksi — bu kodifikatsiyalashgan normativ hujjat bo’lib, kasbiy faoliyatni tartibga soluvchi ahloqiy etik qoidalarni ijro etish uchun tizimlashtirilgan ko’rinishdagi majburiy xarakterga ega bo’lib, ma’lum bir kasb egalari tomonidan qabul qilinadi.
Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir necha xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik tamoyillar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir:
Mustaqillik, halollik va ob’ektivlik. Mustaqillik tamoyiliga ko’ra, auditor o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs manfaatlariga qarab ish tutmasligi lozim.
Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish.
Mijozlar oldidagi majburiyat. Auditor o’zining mijozlari bilan sofdil va ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur;
Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur;
5.Boshqa majburiyatlar. Auditor o’z kasbi ustuvorligini yuqori ko’tarishi va bu kasb egalari qobiliyatlarini jamiyat manfaatlari uchun xizmat qilishga imkon beradigan darajada tutishi zarur.