4-mavzu: auditorning kasb etikasi


Axloq kodeksining asosiy talablari



Yüklə 8,63 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü8,63 Kb.
#199741
1   2   3
Mavzu auditorning kasb etikasi-www.genderi.org

Axloq kodeksining asosiy talablari

1. Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar o’zining hayoti, ishlashi davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya qilishga majbur.

2. Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish. Tashqi auditor faqat buyurtmachining emas, balki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak.

3. Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarning aniq hajmigina auditorning qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda ob’ektiv asosi bo’lishi mumkin.

4. Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi). Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi lozim. 5. Auditorning mustaqilligi. Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida tuzilgan xulosa yoki boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon etishi lozim.

Axloq kodeksining talablari quyidagilardir:

Professional kompetentlik bu:

auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak. Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib,auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.

Auditning ahloq kodeksi tamoyillari


  • Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi lozim.

  • Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi.

  • Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi.

Etiborlaringiz uchun raxmat

Etiborlaringiz uchun raxmat



http://genderi.org
Yüklə 8,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin