4. mavzu. Bioekos qonunlari. Qonun va qonuniyat xaqida tushuncha Bioekosning asosiy qonuni



Yüklə 36,14 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü36,14 Kb.
#169023
  1   2
4-ma`ruza


4. MAVZU. BIOEKOS QONUNLARI.
1. Qonun va qonuniyat xaqida tushuncha
2. Bioekosning asosiy qonuni
3. Kommoner qonunlari
4. Evolyusion va tizimli qonunlar
5. Xilma-xillik qonunlari
6. Tirik organizmlarning fizik - kimyoviy birlik qonuni
7. Ekologik qoidalar va prinsiplar
Tayanch iboralar: akseleratsiya, antibiotlar, biotsenoz, vegetativ, vikariat, gerbitsidlar, gomologiya, tabiat ilmi, imago, mutatsiya, ontogenez, Le-SHatel’e prinsipi, suksessiya, Tibr, filogenez, fito, xromosomalar, evolyusiya.

Ekologiya boshqa tabiiy fanlar kabi tabiat qonunlarini o‘rganadi. Bu qonunlar guruhini bioekos qonunlari deb yuritamiz.


1.Qonun va qonuniyat haqida tushuncha. Yuqorida qayd etilganidek, ekologiya ekotizimlarning ichki va ular o‘rtasidagi, xususan biotsenoz va ekotop (biotop) hamda ularni tashkil etuvchi komponentlari orasidagi munosabatni o‘rganadi.
Munosabatlar deganda ob’ektiv mavjud bo‘lgan alohida guruhlar va ularning barqaror munosabatlarini hamda moddiy dunyo rivojlanishini va borliqni belgilovchi qonuniyatlar tushuniladi. Qonuniyatning ob’ektivligi shundaki, u inson ongi va hukmiga bog‘liq bo‘lmagan holda namoyon bo‘ladi. Mavjudlik sifati talablariga javob beruvchi ba’zi qonuniyatlar qonunlar deb yuritiladi.
Qonuniyatlar shuningdek, qonunlar sabab va oqibatlarning bog‘liqligini ta’riflaydi, bunda sabab va oqibatlar ko‘pincha o‘rni bilan almashinishi mumkin. Boshqacha xususiyati esa uning mustaqilligi, ya’ni bir - biriga nisbatan bog‘liq emasligidir. Biror qonun, hodisa sodir bo‘lish sharoiti va mexanizmi mavjud bo‘lsa, boshqasini «inkor» qilmaydi.
Masalan, insoniyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari uning biologik qonunlarini inkor qilmaydi. Lekin qonuniyat va qonunning mustaqilligi, ularning o‘zaro harakatini inkor qilmaydi.
2. Bioekosning asosiy qonuni. Bu qonun quyidagicha ifodalanadi: ekotizimlar tirik organizmlar rivojlanishiga yo‘naltirilgan muhit sharoiti imkoniyatlari birligini tashqil qiladi.
V.G. Nesterov (1991) bo‘yicha, bioekosning asosiy qonuni tirik tabiat va atrofdagi tirik organizmlar muhiti munosabatlarini yaxshilash bo‘lib, quyidagicha ifodalanishi mumkin:

bu erda 0-atrof muhit, V- tirik tabiat, 0 va V birlikda ideallikka intiladi ya’ni x→1. SHunday qilib, bu qonun muhitni 0 organizmlarning bir - biriga muvofiq kelish qiymatini ifodalaydi.


«Qiymat» tushunchasi bu erda organizmlarning miqdoriga yashash sharoiti mos kelishini ifodalash uchun qo‘llanilgan.
Bioekosning asosiy qonuni boshqa tushunchalar singari oddiydir. Uning matematik ifodasini olishda 0 muhit tavsifi, V organizmi talablariga bo‘linadi. V 0+(0-V)ga o‘zgartirilib bioekos ulushining me’yori olinadi. Oxirgi ifodada |0-V| ning qiymati manfiy yoki musbat bo‘lsa ham u ijobiy deb olinib 0 qiymatga qo‘shiladi.
V.G. Nesterovning ta’kidlashicha, bioekosning asosiy qonuni hech qanday tashqi kuchlar ta’sirisiz mavjud. Bu qonun tirik organizmlarni tashqi ta’sirining ijobiy tomonidan foydalanib, salbiy tomonini bartaraf qilishini ifodalaydi.
3. Kommoner qonunlari. Xususan ekologik qonunlar, bioekosning asosiy qonuni, har bir kishiga tushunarli bo‘lgan oddiy qoidalar to‘plamiga keltirilishi mumkin.
Buni Kommoner (1974) quyidagicha ifodalaydi:
1. Hamma narsa bir biri bilan bog‘liq; 2. Hamma narsa qayoqqadir ketadi; 3. Tabiat yaxshi biladi; 4. Hech narsa bekorga berilmaydi.
Lekin ekologik realizmni ishlab chiqish uchun bu qonunlar tushuntirilishi hamda nazariy bilimlar va haqiqiy ma’lumotlar bilan isbotlangan bo‘lishi lozim.
Birinchi qonun shuni ifodalaydiki, tabiatda bir biri bilan bog‘liq bo‘lmagan hodisalar bo‘lmaganligi kabi, insonning har qanday faoliyati uni o‘rab turgan atrof muhitda o‘z aksini topadi. Bu ichki dinamik tenglik qonunida o‘z aksini topgan bo‘lib, u quyidagicha ifodalanadi.
Modda, energiya, ma’lumot va alohida tabiiy tizimlarning dinamik sifati o‘zaro shunday bog‘langanki, bu ko‘rsatkichlarning birortasi o‘zgarishi, boshqalarida ham o‘zgarishga sabab bo‘ladi, lekin moddiy, energetik, ma’lumot va tizim dinamik sifati umumiy holda saqlanadi.
Tabiiy zanjir reaksiyasi, o‘z navbatida hodisalar zanjiri o‘zi bilan bog‘langan boshqa hodisalarni o‘zgarishiga olib keladi.
Masalan: changlantiruvchi hashoratlarning qirilib ketishi, o‘simliklarning hosildorligi, ularning chatishib yangi tur paydo bo‘lishiga ta’sir etadi va bu o‘z navbatida o‘simliklarning mevasi, tanasi, urug‘i bilan oziqlanuvi hayvonot turlarining yo‘qolishiga olib keladi.
Tabiiy tizimlardagi o‘zaro harakat, sifat jihatdan bir xil emas. Bir ko‘rsatkichning kuchsiz o‘zgarishi boshqa ko‘rsatkichlarning kuchli o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Katta o‘zgarishlar alohida ekotizimlardan biosferaga o‘ta turib global jarayonlar o‘zgarishiga olib keladi. Bundan ikkinchi evolyusion qonunlar, evolyusion yo‘nalish qonuni va evolyusiyani orqaga qaytmasligi qonuni kelib chiqadi (L.Dollo). Birinchi qonunning ifodalanishi quyida keltirilgan.
Evolsiyaning umumiy yo‘nalishi tarixiy mavjudlikning o‘zgarib turadigan sharoitiga moslashishga qaratilgan. Organizmlar yoki ularning avlodlari dastlabki holatiga qaytish mumkin emas.
Kommonerning ikkinchi qonunini kengroq qarab chiqamiz. Bu qonun har qanday tabiiy tizim muhitning moddiy, energetik imkoniyatlari hisobiga rivojlanishini ko‘rsatdi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, absolyut chiqindisiz ishlab chiqarish mavjud emas. Faqat kam chiqindili ishlab chiqarishga erishish mumkin. Ekotizim va biosfera chiqindisiz ishlaydi degan tushuncha xatodir. Keng ma’noda olsak, ko‘mir qatlamlari, tabiiy neft, ohaktosh, chili selitrasi, hatto kislorod - biosfera chiqindisidir. Lekin tabiat chiqindisini kamaytirishga harakat qiladi. SHuning uchun ham bir organizm chiqindisi ikkinchisi uchun yashash sharoitini tashkil etadi, buni tuproq misolida ko‘rish mumkin.
Kommonerning uchinchi qonuni hozircha bizning bilimimiz etarli emasligi, tabiat o‘z mexanizmi va faoliyatini «yaxshi» bilishini anglatadi. Bu qonun: tabiatni yaxshilayman deb unga zarar etkazmang; agar natijaga to‘liq ishonmasangiz tabiiy jarayonlarga aralashmang - deb ogohlantiradi. Bu jihatdan «asr loyihasi» shimol daryolarini janubga burish, o‘z vaqtida to‘xtatilganligini ta’kidlash mumkin. Hozirgi kunda ham hech kim bu loyihani amalga oshirilishi nimalarga olib kelishini ishonchli ravishda asoslab berolmaydi. Birgina iqlimni olib qaraylik. SHimoliy daryolar suv bilan birga Arktikaga issiqlik oqib keladi. Ular oqimining keskin kamayishi Arktika va tundra iqlimini yanada keskinlashtiradi. Bir erda biz qancha cho‘lni bog‘-rog‘larga aylantirsak - shuncha bog‘-rog‘larni cho‘lga aylantiramiz degan fikrni eslash kifoya. («CHelovek i priroda», 1981 № 8, 67-bet).
«Tabiatga zarar etkazma» degan qoida qadimgi rimliklarga aniqroq ma’lum bo‘lgan. Tatsit eramizning 15 yillaridagi voqealarni quyidagiga yozib qoldirgan: Arrunsiy va Atey senat oldiga Tibr qo‘yilishini kamaytirish uchun daryo va ko‘llarni to‘sish mumkinmi, degan masalani qo‘yadi. Bu masala yuzasidan senat a’zolari tadbirga qarshi ekanliklarini bildirib, oqimni to‘sish atrofni suv bosishi, botqoqlanish va hosildor erlarni dashtga aylanishiga olib keladi, degan fikrni bildiradi. Tabiat o‘zi yaratgan daryolarning boshlanishi, quyilishi va oqishiga etarli darajada e’tibor berib, inson aralashuviga hojat qolmagan deb hisoblanadi.
Tatsit o‘z fikrini: senat a’zolari taklifi yoki ishning qiyinligini hisobga olinganda ham Gneem Pizon fikri, ya’ni hammasini tabiiy holicha qoldirgan ma’qul deb yakunlaydi. Tatsit tomonidan yozilgan voqealar bizga oshkora ekologik ekspertizani eslatmaydimi?
To‘rtinchi qonunni muallif B.Kommoner quyidagicha izohlaydi: global ekotizim bir butunlikni namoyon qilib, hech narsa yutilmaydi yoki yo‘qotilmaydi va umumiy yaxshilash ob’ekti bo‘lib hisoblanmaydi; inson mehnati bilan olingan barcha narsa o‘rni to‘ldirilishi lozim. Buning uchun to‘lovdan qochib bo‘lmaydi, faqat vaqti cho‘zilishi mumkin.
Masalan, tuproqdan hosil olib turish davomida uning hosildorligini saqlash uchun unga mikro-makroelementlarni kiritib turish zarur.
B.Kommonerning to‘rtinchi qonuniga V.I.Vernadskiy tomonidan yaratilgan o‘zgarmaslik qonuni yaqin: ma’lum geologik davr biosferasidagi tirik moddalar soni o‘zgarmasdir, ya’ni tirik modda massasining bir joyda ko‘payishi uning ikkinchi joyda kamayishiga olib keladi. Bu qonundan vulqon otilishi, yong‘in va boshqa hodisalar tufayli hosil bo‘lgan ekologik makon uzoq vaqt mavjud bo‘lolmaydi, bu tirik moddalar miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin.
4. Evolsion va tizimli qonunlar. Biotik va hayotiy tuzilmalar tizim hisoblanib, ularga tizim nazariyasi qonunlarini va murakkab tizimlar mavjudlik qonunlarini qo‘llash mumkin. Bu guruhning asosiy qonunlaridan biri sistemogenetik qonun bo‘lib, u tabiiy tashkil topish bilan bir qatorda, biotik turlar va ekotizimlar shaxsiy rivojlanishida qisqartirilgan va ko‘p holda qonuniy o‘zgartirilgan shaklda tizim tarkibini evolyusion rivojlanish yo‘lini qaytaradi.
E. Gekkel va F.Myullerning biogenetik qonuni sistemogenetik qonunning xususiy holi bo‘lib hisoblanadi. Bu qonunning mohiyati shundaki, organizm (tur) o‘zining indivudual rivojlanish davrida qiskartirilgan va qonuniy o‘zgartirilgan holda o‘z turining tarixiy rivojlanishini ya’ni organizm (tur) ontogenezida filogenez namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Sistemogenetik qonunga yaqin bo‘lgan ketma-ketlik qonunining rivojlanish davriga o‘tishi tutashib ketgan, unga ko‘ra tabiiy tizimlarning rivojlanishi evolyusion aniq va ekologik sharoit mavjud bo‘lgan tartibda sodir bo‘ladi.
5. Xilma - xillik qonuni. Xilma xillik tabiatning asosiy xususiyatlaridan biridir. Bu xususiyatlar tirik organizmlar va ekotizimlarda o‘ziga xosdir. Bu qonunlardan birinchisi - genetik xilma-xillik qonunidir. Bu qonunga ko‘ra, barcha tirik jonlar genetik jihatdan turlicha bo‘lib, genetik xilma-xilligini ko‘paytirish tendentsiyasiga ega. Tabiatda ikkita genetik jihatdan absolyut bir xil tur uchrashi mumkin emas.
Ikkinchi qonun - zaruriy xilma-xillik qonuni - har qanday tizim (ekotizim) absolyut bir xil elementlardan tashqil topmagan. Uchinchi qonun - tizim rivojlanishining tengsizlik qonuni - a’lo darajadagi bitta elementga ega bo‘lgan tizim boshqa tizimga taqqoslanganda, a’lo darajada rivojlanadi. Bu qonun alohida organizm miqyosida amal qiladi, chunki uning ba’zi qismlarini etilishi, rivojlanishi va qarishi notekisdir. SHu qonunga yaqin bo‘lgan yana bir organizmlarning murakkab qonuni (K.F. Rule) mavjud.
6. Tirik organizmlarning fizik–kimyoviy birlik qonuni. Bu qonun V.I Vernadskiy tomonidan yaratilgan bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi: Erdagi barcha tirik moddalar fizik-kimyoviy jihatdan birdir. Bu qonundan quyidagi amaliy fikr kelib chiqadi: bir turdagi tirik organizm uchun zararli bo‘lgan kimyoviy modda, boshqa organizmlar uchun ko‘p yoki kamroq zararlidir. SHunday qilib, ma’lum fizik-kimyoviy agent ta’siriga organizmlarning chidamlilik darajasini belgilash lozim. Lekin har xil organizmlar turlicha tezlikda ko‘payadi. SHuning uchun ham amaliyotda ma’lum agentga chidamsiz, lekin tez ko‘payadigan organizmlar chidamli, lekin sekin ko‘payadigan organizmlar bilan tenglashadi. Bundan tashqari, avlodning tez o‘zgarishiga bog‘liq holda, vaqt o‘tishi bilan chidamsiz organizmlar zararli agentning kuchliroq miqdoriga ham moslashadi. SHuning uchun ham kimyoviy moddalarni begona o‘tlar, o‘simlik zararkunandalariga (pestitsid, gerbitsid, antibiotik va boshq.), hamda inson kasalligini qo‘zg‘atuvchi mikroblarga va boshqa issiq qonli hayvonlarga qo‘llashni ekologik nuqtai nazardan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
7. Ekologik qoida va prinsiplar. Ekologik qoida va prinsip qonundan hajmi kichikligi, cheklangan qo‘llanish sohasi bilan ajralib turadi. Qoida-organizmlarni muhit bilan o‘zaro aloqa me’yorlari, tabiiy-tarixiy qonunlarini belgilaydi. Misol uchun mustasnolik prinsipini (G.F.Gauze) olib ko‘raylik. Bu prinsipga ko‘ra, ikkita turning ekologik talabi o‘xshash bo‘lsa, bir joyda (biotopda) mavjud bo‘lishi mumkin emas. Ularning mavjudligi yoki fazoda (bitta biotopda yashashi) yoki vaqt bo‘yicha (masalan biri kunduzgi, boshqasi kechki hayot shaklida) ajratilgan.
Ekologik qoidalar ichida geografik almashtirish qoidasini alohida ta’kidlash lozim (bu qonuniyatni D.Jordon vikariatning qoidasi deb ham yuritadi). YAqin qondosh bo‘lgan hayvonlar bir biridan qochmaydi, ya’ni aralash hududlarni tanlaydi. Qarindoshlik shakli esa qoidaga ko‘ra vikarirlanadi (geografik jihatdan bir-birini almashtiradi). Bu qoidadan mahalliy turlar populyatsiyasini «begona» qarindosh turlar hisobiga yaxshilash, nazariy jihatdan mumkin emasligi kelib chiqadi va amaliyotda ko‘p hollarda hisobga olinmaydi.



Yüklə 36,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin