4-mavzu: biologiyada foydalanadigan ko‘rgazmali, amaliy metodlar va ular tarkibiga metodlar hamda ularning turlari reja


Amaliy metodlar: ta’rifi, xususiyatlari



Yüklə 37,7 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü37,7 Kb.
#123679
1   2   3   4   5
4-mavzu

2.Amaliy metodlar: ta’rifi, xususiyatlari
O‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, o‘quv va mehnat, ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, hayotga tayyorlash, kasbga yo‘llash imkonini beradi. Ushbu metod o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali, muammoli, og‘zaki metodlar bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llaniladi. O‘quvchilar tomonidan bajariladigan amaliy ishlar bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Buning uchun o‘qituvchi amaliy ishlarning maqsadini aniqlashi, maqsadga erishish uchun zarur bo‘ladigan ko‘rgazmali vositalarni tanlashi, o‘quv topshiriqlarini aniq tuzishi lozim. Amaliy ishlarni bajarish uchun beriladigan o‘quv topshiriqlari mazmunan aniq, ixcham, tushunarli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.
Amaliy metodlar guruhiga:

  • tabiiy ob’ektlarni tanib olish va aniqlash,

  • kuzatish,

  • biologik tajribani tashkil etish va o‘tkazish,

  • o‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqish

kabi metodlar kirib, ular mos holda, ob’ektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va tajribalar o‘tkazish, o‘quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo‘ladi.
1.Tabiiy ob’ektlarni tanib olish va aniqlash metodi biologiyani o‘qitishda etakchi mavqeiga ega, chunki botanika darslarida o‘simlik organlari, o‘simlik turi, turkumi, oilasi, sinfga mansubligi aniqlanadi. Buning uchun o‘qituvchi etarli darajadagi tarqatma va didaktik materiallar, gerbariylar, majmualari tayyorlangan bo‘lishi va ulardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishi lozim.
2.Kuzatish metodi – bu tirik organizmlarda boradigan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘quvchilarning maqsadga muvofiq holda idrok etishi hisoblanadi. Bu metodda o‘quvchilarning kuzatishi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlari bilim manbai sanaladi. Kuzatish metodidan biologiyani o‘qitishning barcha shakllarida foydalani­la­di. Kuzatish metodidan dars jarayonida foydalanilganda o‘quvchilar dars mazmuniga oid ko‘rgazma vositalarini mustaqil kuzatadilar, natijada kuzatish ob’ektlaridagi o‘ziga xos xususiyatlarni isbotlovchi dalillarga ega bo‘ladilar. Bunday kuzatish qisqa muddatli bo‘lib, ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi.
O‘simliklar hayotidagi bahorgi, kuzgi mavsumiy o‘zgarishlar, kelib ketuvchi qushlarning hayotini kuzatish, hashoratlarning rivojlanishini o‘rganish kabi kuzatishlar uzoq muddatli davomli kuzatishlar sanaladi.
3.Biologik tajribalarni o‘tkazish metodi–o‘z ichiga biologik ob’ektlarni tanish va aniqlash, kuzatishlarni qamrab oladi, lekin mazmu­ni jihatdan ulardan farq qiladi. Biologik tajribalarni o‘tkazish o‘kuvchilarni o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisaning mohiyatini anglashga, ular o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini tushunishga, biologik qonuniyatlarni «qayta kashf» etilishiga imkon beradi. Tajriba natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, uni rasmiylashtirish o‘kuvchilarda tadqiqotchilikni rivojlantiradi. Biologik tajribalar darsda, darsdan tashqari ishlarda, tirik tabiat burchagida va o‘quv tajriba maydonchasida o‘tkazilishi mumkin. Biologik tajribalar ham davomiyligiga qarab, qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
«Urug‘ning tarkibini aniqlash», «O‘simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmoliz», «Amilazaning kraxmalga ta’siri» yuzasidan o‘tkaziladigan tajribalar qisqa muddatli, «Urug‘ning unib chiqishi uchun zarur shart-sharoitlar», «Urug‘larning nafas olishi», «Barglarning suv bug‘latishi», «Barglarda kraxmal hosil bo‘lishi», «YOmg‘ir chuvalchangining tuproq hosil bo‘lishidagi roli», «O‘simliklarda belgilarning irsiylanish qonunlari­ni o‘rganish» kabi tajribalar uzoq muddatli tajribalar hisoblanadi.
4. Biologiyani o‘qitishda amaliy metodlardan o‘simliklar­ni parvarish qilish, hayvonlarni boqish va ko‘paytirishda keng foydalaniladi. Bu metod o‘quvchilarning biologiyadan o‘zlashtirgan bilimlari, kuzatish va jismoniy mehnat ko‘nikmalarini qamrab olib, o‘quvchilarni qishloq xo‘jaligi mehnati asoslarini egallash va kasbga yo‘llash, ekologik va iqtisodiy tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biologiyani o‘qitishda mahalliy iqtisodiy sharoit va qishloq xo‘jaligi muassasalarining ixtisosligiga bog‘liq holda o‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlar­ni boqish bo‘yicha amaliy ish mavzulari xilma-xildir. Amaliy ishlar qaysi maqsadni ko‘zlashi va mazmuniga bog‘liq holda biologiya o‘qituvchisi uning rejasini puxta tuzishi, olib boriladigan ishlarning mazmunini to‘liq yoritishi, olinadigan natijalar­ni qanday rasmiylashtirish bo‘yicha o‘quvchilarga aniq ko‘rsatma berishi lozim.
Kompetensiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan ko‘pgina usul, metod va texnologiyalar mavjud. Ulardan yuqori samara beradigan metodlar, texnologiyalardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Loyihalash metodi o‘quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir. Ta’lim oluvchilar muammoli (ijodiy, axborot, kommunikasiya va h.k.) masalalar bilan bog‘liq loyihalarni bajaradilar.
Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda motivasiyaning yuqori darajada bo‘lishi shart hisoblanadi.
Loyihalash metodi orqali o‘quvchilarda jamoada ishlash, ishchanlik, ma’suliyatni his etish, o‘ziga ishonch, tezkor fikrlash, jarayon rivojini ko‘ra bilish, mushohada qila bilish, uzoqni ko‘ra bilish, tashxislash, motivasiya kuchayadi.
O‘quvchilarning tadqiqotchilik faoliyatini izlanuvchanlikka, ijodkorlikka etaklovchi faoliyat deb hisoblash o‘rinlidir. Chunki bu faoliyat ijrochi insonni emas, balki zamon talabiga mos ijodkor va tadqiqotchi insonni tarbiyalaydi. Tadqiqot va kuzatishlar reja asosida tizimli tarzda olib borilishi, maqsad aniq ifodalangan va o‘quvchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi tadqiqot va kuzatishlar uchun o‘quvchini qiziqtira oladigan mavzularni to‘g‘ri tanlashi bilan o‘quvchining kuzatuvchanligi, xotirasi, ijodiy fikrlash qobiliyatining mukammallashuviga sharoit yaratadi. O‘quvchilar o‘zlari tanlagan mavzu asosida yakka, ikki o‘quvchi hamkorligida, kichik guruhlarda tadqiqotlarni olib boradilar. Tadqiqot davomida o‘quvchilar kundalik yuritishlari maqsadga muvofiq. O‘quvchilar nafaqat alohida voqea va hodisalarni qayd etishga, balki ularni tahlil qilishga, ular orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga o‘rganishlari lozim. Tadqiqot yakunida o‘quvchilar olingan natijalarni rasmiylashtiradilar. Tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar tayyorlaydilar. Tadqiqotchilik ishlari o‘quvchilarda ilmiy ishlarga qiziqishni uyg‘otadi va mustahkamlaydi.

Yüklə 37,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin