Frontal-yalpi nazorat-bu maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini atroflicha tekshirish shaklidir. Bunday tekshiruvda tarbiyachining ish faoliyati, guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy yondashgan holda tashkil etilishi, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning rivojlanishi va maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi (kuzatish asosida), guruhning sanitar-gigienik hamda moddiy-texnik bazasi, ota-onalar hamda kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning holati o‘rganiladi.
Frontal yalpi tekshiruvni boshlashdan avval puxta tayyorlangan tasdiqlangan tekshirish rejasini ishlab chiqish, unda barcha asosiy masala va savollar, tekshirish uslublari, tekshiruvchilarning vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddti ko‘rsatilishi kerak.
Frontal yalpi tekshiruvning asosiy yo‘llari. YAlpi tekshiruv boshlanishidan oldin maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan tarbiyachi bilan suhbatlashiladi, tekshiruv maqsadi, faoliyat yo‘nalishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi. So‘ngra guruh haqida, guruhdagi tarbiyalanuvchilar, ularning kundalik davomati, guruhning kerakli jihozlar bilanta’minlanganligi, tarbiyachining kasb malakasi va mahorati haqida dastlabki ma’lumot beriladi. So‘ngra ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha guruhning faoliyati frontal tekshirish ishlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshirish mumkin.
“Maktabgacha tayyorlov guruhlarida O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yosh bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat standartlari hamda “Ilk qadam” Davlat O‘quv dasturining bajarilishi” o‘rganish bo‘yicha frontal (yalpi) nazorat rejasi
Nazorat maqsadi:“Ilk qadam” dasturi bo‘yicha talim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va olib borish, maktabga tayyorlov guruhlarida Davlat talablarini bajarish hamda maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi va sifatini o‘rganish.