Uchinchidan, tanqid aniq obyektga qaratilishi kerak. Kishining aniq harakatlarini baholash o‘rniga uning shaxsini, xarakterini tanqid qilish yaxshilik keltirmaydi.
To‘rtinchidan, tanqid aniq yondoshishni, insonning temperamenti va xarakteri xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Ayrimlar tanqidga salbiy munosabatda bo‘ladi, lekin tez tinchlanib o‘ziga keladi, boshqa shaxsga “yetib bormasligi” ham mumkin, uchinchi shaxsni tortishuvga chaqirish, to‘rtinchi shaxs esa o‘z kilmishini chuqur qoralashga moyil bo‘lib, unga nisbatan jazo qo‘llash ortiqchadir. Hatto bir xil jazo chorasi ruhiy holat kechinmalari, pedagogik ta’sir ko‘rsatish kuchiga ko‘ra turli ta’sir ko‘rsatadi.
Ish faoliyati rahbarni ko‘pincha murakkab va nozik vaziyatlarga duch qiladiki, bunda psihologlar tavsiya etgan xulq-atvor qoidalariga rioya etish asabiy tanglikni pasaytirishga va xatolardan himoyalanishga yordam beradi. Birgina ishdan bo‘shash jarayonini olsak: hamma unga uchraydi va barcha uchun u doim murakkabdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa u yanada keskinlashadi. Ishdan bo‘shashdagi stresslarni biroz bo‘lsa ham pasaytirish uchun amerika biznes va menejment maktablarida hatto yangi mutaxassislarni – menedjer-terminatorlarni (inglizcha terminate – tugatish) tayyorlaydilar, ular shu kabi ishlar bilan shug‘ullanadilar.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishida malakali rahbarlar juda zarur degan xulosa chiqarish mumkin. Asosiysi – rahbar bizning davrimizda qarorlar chiqarishda kat’iy bo‘lishi, kishilarni, birinchi navbatda o‘z atrofidagilarni juda yaxshi bilishi, faqat bo‘ysinuvchilar bilan emas, balki yuqoridagi rahbarlar bilan muomala yuritishda prinsipial bo‘lishi kerak.
O‘z xodimlari bilan suhbatlashayotgan rahbar o‘z fikrlarini tushunarli bayon qilishi, suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglashi, har qanday e’tirozlarni rad qilmasligi zarur, chunki aynan shu e’tirozlar berilayotgan axborotning yetarli emasligini ko‘rsatadi.
4.6. Zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak
Zamonaviy rahbar eng avvalo, rahbarlik qilayotgan korxonaning strategiyasi, yo‘nalishi, maqsadlari va istiqbollarini yaxshi o‘rgangan bo‘lishi lozim. Rahbar, shuningdek, kadrlar siyosatini, qaerga qanday darajali mutaxassis zarurligini bilishi va sohalarnin Zamonaviy rahbar quyidagi bilim va malakaga ega bo‘lishi lozim:
1. Korxonaning strategiyasini;
2. Korxonaning barcha bo‘limlari ish faoliyati to‘g‘risida (imkon qadar to‘liq);
3. Ishchilarni topish, ularni joylashtirish, o‘qitish masalalarini yecha olish;
4. Texnologiyani doimo yangilashga intilish;
5. Doimo o‘z raqobatchilari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
6. Jazo va rag‘batlantirish choralarini o‘z vaqtida va adolatli holda amalga oshirish;
7. Korxonada qattiq tartib va nazorat o‘rnata bilishi va nazorat o‘rnatish yo‘llarini o‘rganishi (bilishi);
8. Doimo korxonada ishchilar bilan yaxshi muomilada bo‘lishi va har doim ularni ishdagi tashabbuskorligini oshirishi, ularni ruhlantirishi, qo‘llab-quvvatlashi va imkon darajada maksimal foyda olishga intilishi lozim;
9. Rahbar har doim nizolarning oldini olishi, ularning sabablarini to‘liq o‘zlashtirishi va takrorlanmaslik choralarini ishlab chiqishi lozim;
10. Rahbar qaror qabul qilayotganda ularning ta’sirini, natijasini, foyda va zararini har bir qaror qabul qilishidan oldin bilishi, hisob-kitob qila olishi kerak;
11. Har bir erishgan muvaffaqiyatidan hamma ishchilarni (hissa qo‘shgan ishchilarni) bahramand qilishi, ularni rag‘batlantirishi (motivatsiya) bundan-da kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishi uchun yo‘naltirishi, harakatlantirishi, qo‘llashi lozim;
12. Har bir erishgan muvaffaqiyatsizligidan hamma ishchilarni xabardor qilishi, ushbu muvaffaqiyatsizlik sabablarini aniq ko‘rsatgan holda, ogohlantirishi, jazo, jarima va shunga o‘xshash chora-tadbirlarini ishlatilishi va muvaffaqiyatsizlikka qayta erishmaslik qat’iy chora-tadbirlarini ishlab chiqishi lozim;
13. Rahbar davlatning iqtisodiy ahvoli, siyosati, qonunchiligi va tashqi hamkorlari to‘g‘risida aniq va puxta ma’lumotlarga ega bo‘lishligi va ularni tahlil qilishi (ta’siri, natijasi) lozim;
14. Rahbar falsafiy fanlar turkumiga kiruvchi fanlar (falsafa, etika, estetika, mantiq)dan ham ma’lumotga, bilimga ega bo‘lishi lozim. Bu rahbarlar o‘rtasida obro‘si (ishchilar o‘rtasida) oshishiga korxonasiga gudvillik nasib etishi lozim;
15. Rahbar faqatgina korxonasi ishlab chiqarayotgan tovarlarni sifatli, ixcham, chiroyli chiqarishi bilan birgalikda, firmaning mashhurlik darajasi uning gudvilligini oshirish, tanilish yo‘llarini ishlab chiqarishi va ammalga oshirishi lozim. Bu korxonaga katta foyda keltirishi mumkin;
16. Rahbar ijtimoiy hislatlarga ega bo‘lishi lozim, ya’ni rahbar qo‘l ostida ishlayotgan ba’zi yordamga muhtoj ishchilarni qo‘llashi. Ularga mablag‘lar ajratishi lozim;
17. Rahbar tashqi ko‘rinishi jihatidan ham qilishi va savlati ham shunga yarasha bo‘lishi hamma o‘z fikrini qo‘llashga jalb qila olishi, o‘ziga jalb qilishi lozim.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, zamonaviy rahbar ilmiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga, u boshqaruv sa’natini mukammal egallagan bo‘lishi, shaxs sifatida insoniy qadriyatlar, urf-odat va atrofdagi odamlarning maqsadlari, niyatlarini to‘liq tushunib yetishi, hurmat qilishi lozim.
Nazorat va muhokama ushun savollar
1. Boshqaruv va uning uslublarini aytib bering.
2. Boshqaruv taktikasi va strategiyasi va uning vositalarini izohlang.
3. Rahbar boshqaruv uslublarini asoslang
4. Rahbarlik uslublarining qanday turlanishini bilasiz?
5. Tanqidga qo‘yiladigan asosiy talablar tartibini izohlang.
6. Zamonaviy rahbar qanday bo‘lishi kerak?
Dostları ilə paylaş: |