4-Mavzu. Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish reja



Yüklə 52,1 Kb.
səhifə1/9
tarix03.05.2023
ölçüsü52,1 Kb.
#106906
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Ма\'ruza


4-Mavzu.Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish
reja
4.1.Boshqaruv va uning uslublari
4.2.Boshqaruv taktikasi va strategiyasi va uning vositalari
4.3.Rahbar boshqaruv uslublari
4.4.Rahbarlik uslublarining turlanishi
4.5.Tanqidga qo‘yiladigan asosiy talablar
Tayanch so`zlar: institutsional aspekt, instrumental aspekt, boshqaruv stili, avtoritar uslubi, liberal uslub, demokratik uslub,insonlar,kompleks, doirasida qarorlarni shakllantirish,bosqich
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”,“Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari.
4.1.Boshqaruv va uning uslublari
Korxonani boshqarishning mohiyati bir kishining yoki kishilar guruhining (boshqaruvchilar, menejerlar) boshqa kishilarga (xodimlarga) maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarini uyg‘otish uchun ta’sir ko‘rsatishdan iborat.
Keng ma’noda, bu yerda insonlarning o‘zaro kompleks munosabatlari doirasida qarorlarni shakllantirish, ularning harakatlanishi va bajarilishini ta’minlash faoliyatiga xizmat qiluvchi ko‘rsatmalar, jarayonlar va instrumentlar yig‘indisi nazarda tutiladi.
Korxonani boshqarish o‘z ichiga uch aspektni oladi:
1. “Kim kimni” boshqaradi? (institutsional aspekt). Bu aspekt boshqarish masalalari ijrochilarini, xususan, menejerlar va boshqaruv organlarini xarakterlaydi. Boshqa tomondan, shu tarzda kim boshqarishini, xususan, qarorlar bilan bog‘liq shaxslar va boshqa xodimlarni aniqlaydi.
2. Boshqaruv “qanday” amalga oshiriladi va boshqaruvchilarga “qanday” ta’sir ko‘rsatadi (funksional aspekt). Bu aspekt, birinchidan, menejerlar va boshqaruv organlari faoliyati va shakllanishini xarakterlaydi. Bu yerda boshqaruvning funksiyalari va shuningdek, menejerlar faoliyatining maxsus xarakteristikalarini (boshqaruv uslublarini) ko‘rib chiqish mumkin. Boshqa tomondan, menenjerning boshqariluvchilarga ta’sir etish munosabatlari xarakterlanadi.

Yüklə 52,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin