4-Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili


Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi



Yüklə 109,8 Kb.
səhifə3/10
tarix23.12.2022
ölçüsü109,8 Kb.
#77553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-Mavzu. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili

Debitorlik va kreditorlik qarzlarining shakllanishi

Debitorlik va qreditorlik qarzlarini tahlil etishda ularning shakllanishiga,qarzdorlikning о‘zgarishiga, qarzdorlikning muddati о‘tgan, uzaytirilgan qismiga muhim e’tiborni qaratish lozim.


Debitorlik va kreditorlik qarzlarining katta summada shakllanishi korxona mablag‘larining immobilizatsiyasi, oborotdan chiqib ketishiga, likvidlikning tushishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashiga sabab bо‘ladi. Muddati о‘tgan, uzaytirilgan debitorlik va kreditorlik qarzdorligi ayniqsa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari о‘zaro hisob-kitoblarda mahsulot (tovarlar, ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritish va ular bо‘yicha tо‘lovlarning amalga oshirishning turli hisobot sanalariga tushishidan rо‘y beradi. Agarda kelishilgan muddatlar yoki qonunchilikda belgilangan muddatlar oshib ketmasa, ularning yuzaga kelish hech qanday salbiy oqibatlar olib kelmaydi.
Korxonada debitorlik va kreditorlik qarzlarining bitta korxonada yuzaga kelishi faqat uning о‘zigagina jarayonlarni murakkablashtirmaydi, balki qarshi tomonlar bilan bog‘langan butun bir tizimdagiham holatni ham izdan chiqishigaolib keladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarinihaqiqiy miqdorini bilish uchun ularni inventarizatsiyalash zarur. Inventarizatsiya natijalari bо‘yicha о‘zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi.
О‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni о‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilovaqilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak5.
“Moliyaviy hisobot shakllari va ularni tо‘ldirish bо‘yicha qoidalarni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug‘iga kо‘ra buxgalteriya balansida debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibining quyidagi qatorlari tarkiblanadi6.
-jadval
Debitorlik majburiyatlarining shakllanish qatorlari7


Yüklə 109,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin