Korxonada debitorlik majburiyatlarining joriy qismi 468 253 903ming sо‘mni tashkil qilgan. Ushbu majburiyat hisobot davri boshiga 459 586 597ming sо‘mga teng bо‘lgan. Davr boshiga nisbatan о‘zgarish 8 667 306 ming sо‘mga ortgan. Debitorlik majburiyatlari tarkibida muddati о‘tgan majburiyatlar hajmi hisobot davri boshiga 61 242 836ming sо‘mni, hisobot davri oxiriga 24 341 057ming sо‘mga teng bо‘lgan. Mutlaq о‘zgarish 8 667 306 ming sо‘mga teng bо‘lgan. YA’ni hisobot davri boshiga nisbatan muddati о‘tgan majburiyatlar summasi shunchaga ortgan.
Joriy majburiyatlarning davr boshiga nisbatan о‘zgarishi 20 140 515ming sо‘mga ortganligini kо‘rish mumkin. Shundan kreditorlik majburiyatlari hajmi hisobot davri boshiga nisbatan 27 276 076 ming sо‘mga ortgan. Joriy majburiyatlar tarkibida muddati о‘tgan majburiyatlar hajmi hisobot davri boshiga 61 242 836ming sо‘mni, hisobot davri oxiriga 24 341 057ming sо‘mni tashkil etgan. Muddati о‘tgan majburiyatlar hajmi hisobot davri boshiga nisbatan 36 901 779 ming sо‘mga kamayganligini ijobiy baholash mumkin.