4 –mavzu Falsafiy tafakkur tarakkiyot bosqichlari: G’arb falsafasi



Yüklə 97,7 Kb.
səhifə13/21
tarix18.11.2022
ölçüsü97,7 Kb.
#69735
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
4...- мавзу маруза матни

Neopozitivizm metafizik farazlarni aniqlash ishida verifikasiya tamoyili muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. Biroq bu tamoyil o’zini oqlamadi, chunki u fan tuzilishi va dinamikasiga mos kelmasdi. Verifikasiya tamyiliga qarshi quyidagi e’tirozlar mavjud:
Fanda tajribada sinash mumkin bo’lmagan bilimlar hanuzgacha mavjud. Biroq ularni keyinchalik, kuzatish va eksperiment texnikasi rivojlanganidan so’ng tekshirish imkoniyati paydo bo’lishi mumkin. masalan, O.Kont osmon jismlarining kimyoviy tarkibi haqidagi masalani metafizik masala deb hisoblagan. U mazkur masalaning yechimini topish mumkin emasligini qayd etgan. Kont vafotidan so’ng oradan ikki yil o’tgach spektral analiz paydo bo’ldi va uning yordamida osmon jismlarining kimyoviy tarkibi aniqlandi.
Tarixiy bilim – o’tmish haqidagi, hozir mavjud bo’lmagan narsalar haqidagi bilim. Verifikasiya tamoiyli esa mavjud borliqqa tayanishni talab qiladi. Biroq o’tmishni ham bilish mumkin. Verifikasiya tamoyiliga ko’ra esa, barcha tarixiy mulohazalar ma’nosizdir.
Ma’noli mulohazalar majmuini neopozitivizm ikki turga – sintetik va analitik mulohazalarga ajratadi. Verifikasiya tamoyilining o’zini mulohazalarning qaysi turiga kiritish mumkin? Bu tavtologiya ham, tajribada sinalgan (sintetik) mulohaza ham emas. Mazkur prinsipning kelib chiqishi falsafiy xususiyatga ega, mohiyat e’tibori bilan bu mantiqiy pozitivizm qabul qila olmaydigan metafizik qoidadir.
Falsifikasiya prinsipi ilgari surilgan qoidalarni tasdiqlashga emas, balki rad etishga qarab mo’ljal oladi. U ilmiylikka da’vogar bo’lgan qoidalarni rad etishga harakat qilishni nazarda tutadi. Ilgari surilgan qoidani rad etib bo’lmasa, uni haqiqiy yoki hech bo’lmasa o’rinli deb hisoblash mumkin. Rad etilgan qoidadan esa voz kechilishi lozim.
Fanni o’rganish sohasidagi falsafiy yo’nalish sifatida, Neopozitivizm, 50-yillar oxiri – 60-yillarning boshlarida o’z nufuzini yo’qotdi, va shu davrda «To’rtinchi pozitivizm» yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur namoyandalari qatoriga K.Popper, I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, P.Feyerabend, D.Agassini kiritish mumkin.

Yüklə 97,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin