Poligonal ob’ektlar (polugonal objects) - bo’lar o‘zgarib turuvchi parametrlar
bilan ifodalanuvchi (masalan uzunlik, radius) poligonal boshlang‘ich shakllar
(polygonal primitives) yoki polugonal turlardir (polugonal meshes).Poligonal
turlar juft-jufti bilan uchlarni tutashtiruvchi qirralar sifatida aniqlanadi.
Boshlang‘ich shakllar (primitiv)ni ishlatish dizaynerga (dasturga ham) d ob‘ekt
shaklini o‘zgartirishni ancha osonlashtiradi.Shunda 3D - boshlang‘ich (primitiv)
shakllarni (masalan sfera yoki silindr) namoyish etishda, ularning shakli qirralar
yordamida berilgan aniqlikda almashtiriladi.Poligonal d ob‘ekt sirti tekis
yoqlardan iborat bo‘lgani uchun,ularga namoyish silliqligini berishda turli
silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu texnologiya asosan 3D o‘yinlarni va virtual
borliqni yaratishda keng qo‘llanadi.
4.11-rasm. Poligonal obo‘ektlar.
4.12-rasm. Beze sirti.
Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho‘qqilarining joylashishi bilan silliq
sirtlardir.Bu cho‘qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida joylashgan
qo‘shimcha boshqaruvchi nuqtalar (control points) yordamida sirtni egriligini
aniqlaydi.
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma’lum qiyinchiliklarni to’g‘dirishiga
qaramay, ular yordamida murakkab egri chiziqli ob‘ektlarni modellashtirish
mumkin.
NURBS sirtlar - bir jinsli bo‘lmagan egri chiziqli sirtlarni
modellashda ishlatiladigan eng universal va samarali vositadir.Bunday sirtlar
maxsus to‘rt o‘lchovli bir jinsli fazoda ifodalanadi.Unda har bir boshqaruvi
cho‘qqi, uchta X, Y, Z koordinatadan tashqari qo‘shimcha vazn (weigat) tavsifiga
ham ega.Cho‘qqining o‘rni va nisbiy vaznini o‘zgartirish orqali obo‘ekt shaklini
aniq boshqarish mumkin.
|