4.13-rasm. NURBS sirti. Murakkab ob‘yektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo‘yilgan
ikki yoki undan ko‘p shakllardan tuziladi.Qanday jism qurilishiga qarab oldindan
tuzilgan shakllar chiziq yoki sirt bo‘lishi mumkin.
Dinamik ob‘ektlar (dynamik objekts) - ularga qo‘yilgan tashqi kuchlar
ta’sirida harakatga keluvchi ob’ektlar: prujina va amortizatorlar.Ular ob’ekt
harakati dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi.Boshqa dasturlarda geometrik
ob’ektlarni qurish va muharrirlashning shunga o‘xshash yoki ulardan farq
qiluvchi usullari qo‘llaniladi.
Nogeometrik ob’ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko‘rishni
davom ettiramiz.Quyidagi ob’ekt turlarini qarash e’tiborga loyiq.
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda
ishlatiladi. Turli algoritmlar yorug‘lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi:bir
nuqtadan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan
yorug‘lik; yo‘naltirilgan manbadan chiquvchi yo‘naltirilgan nur.Bunda
manbalardan chiquvchi nur turli rangda bo‘lishi, mao‘lum masofadan keyin
pasayishi shuningdek ob’ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin.
4.14-rasm. Qismlar tizimi.
4.15-rasm. Yoritishni tashkil etish Kameralar (cameras) - kadr tekisligida ob’ekt aksini to‘liq nazorat
qilish imkonini beradi.Uning eng asosiy tavsifi, ko‘rish maydonini aniqlovchi
kamera ob’ektivining foks masofasidir.
Bu ikki parameter o‘zaro bog‘liq va mosravishda gradus va millimetrlarda
o‘lchanadi.Yana bir muhim tavsif bu qirqim tekisligidir.U sahna qismining
ko‘rinish masofasini aniqlaydi.
Fazoni bukuvchilar(space warps) ob’ektlarga tashqi kuchlar ta’sirini
ifodalaydi,bu-ma’lum
ob’ektlarga
ta’sir
ko‘rsatuvchi
kuchlar
maydoni
deformasiyasi, yoki ob’ekt bo‘laklarini sochib yuboruvchi zarbdor to‘lqinlarni
keltirish mumkin.
Materiallar sirtining namoyishi xususiyatlarini,ya’ni
sirtning sahna
yoritilganligi bilan munosabatini aniqlaydi.
Sirtlarning quyidagi
xususiyatlari materiallarning
yorugo‘lik bilan
munosabatini aniqlaydi:
✓
rang (color);
✓
shaffoflik (transparency);
✓
silliqlik (shiness)
✓
nurning sinish koeffisenti (refractive index) .
Rang va shaffoflik nur sochilishni aniqlaydi. Sinish koeffisenti va
silliqlik yordaraida sirtdan shuo‘lalar va nurli oynaviy qaynatish aniqlanadi.
Material rangini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
✓
Materialni aniq rangini aniqlash.
✓
Rangning to‘qliq darajasi.
✓
Rangning yorugo‘lik darajasi.
Namoyish paytida fotorealistik sifatni olish uchun material xususiyatlarini
juda aniq berish kerak.Shu maqsadda grafik dasturlarda turli fikr xususiyatli
materiallar andoza (shablon)lari ishlatiladi.Andozalardan foydalanish dizayner
ishini keskin osonlashtiradi.Sirt yuzasiga har xil bezaklarni (uzoq) tushirish uchun
dasturlarda tekshiruv xaritalar (dekorativ bezak-maps) ishlatiladi.(Masalan devorga
terilgan g’isht, timsoh terisidan tayyorlangan buyum).Oldindan tayyorlangan
teksturalar har xil turdagi fayllarda (HMP, TIF, JPG, EPS,.) saqlanishi yoki ularni
tez qurish qoidalari ko‘rinishida saqlanishi mumkin.