4-mavzu. Grafik modellashtirish. Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyatlaridan foydalanish. Reja



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix14.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#98138
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-MARUZA

4.13-rasm. NURBS sirti. 
 
Murakkab ob‘yektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo‘yilgan 
ikki yoki undan ko‘p shakllardan tuziladi.Qanday jism qurilishiga qarab oldindan 
tuzilgan shakllar chiziq yoki sirt bo‘lishi mumkin. 
Dinamik ob‘ektlar (dynamik objekts) - ularga qo‘yilgan tashqi kuchlar 
ta’sirida harakatga keluvchi ob’ektlar: prujina va amortizatorlar.Ular ob’ekt 
harakati dinamikasini modellashtirishda ishlatiladi.Boshqa dasturlarda geometrik 
ob’ektlarni qurish va muharrirlashning shunga o‘xshash yoki ulardan farq 
qiluvchi usullari qo‘llaniladi. 
Nogeometrik ob’ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko‘rishni 
davom ettiramiz.Quyidagi ob’ekt turlarini qarash e’tiborga loyiq. 
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda 
ishlatiladi. Turli algoritmlar yorug‘lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi:bir 
nuqtadan barcha tomonga tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan 
yorug‘lik; yo‘naltirilgan manbadan chiquvchi yo‘naltirilgan nur.Bunda 
manbalardan chiquvchi nur turli rangda bo‘lishi, mao‘lum masofadan keyin 
pasayishi shuningdek ob’ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin. 
4.14-rasm. Qismlar tizimi. 


4.15-rasm. Yoritishni tashkil etish 
 
Kameralar (cameras) - kadr tekisligida ob’ekt aksini to‘liq nazorat 
qilish imkonini beradi.Uning eng asosiy tavsifi, ko‘rish maydonini aniqlovchi 
kamera ob’ektivining foks masofasidir. 
Bu ikki parameter o‘zaro bog‘liq va mosravishda gradus va millimetrlarda 
o‘lchanadi.Yana bir muhim tavsif bu qirqim tekisligidir.U sahna qismining 
ko‘rinish masofasini aniqlaydi. 
Fazoni bukuvchilar (space warps) ob’ektlarga tashqi kuchlar ta’sirini 
ifodalaydi,bu-ma’lum 
ob’ektlarga 
ta’sir 
ko‘rsatuvchi 
kuchlar 
maydoni 
deformasiyasi, yoki ob’ekt bo‘laklarini sochib yuboruvchi zarbdor to‘lqinlarni 
keltirish mumkin. 
Materiallar sirtining namoyishi xususiyatlarini,ya’ni 
sirtning sahna 
yoritilganligi bilan munosabatini aniqlaydi. 
Sirtlarning quyidagi 
xususiyatlari materiallarning 
yorugo‘lik bilan 
munosabatini aniqlaydi: 
✓ 
rang (color); 
✓ 
shaffoflik (transparency); 
✓ 
silliqlik (shiness) 
✓ 
nurning sinish koeffisenti (refractive index) . 
Rang va shaffoflik nur sochilishni aniqlaydi. Sinish koeffisenti va 
silliqlik yordaraida sirtdan shuo‘lalar va nurli oynaviy qaynatish aniqlanadi. 
Material rangini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak: 
✓ 
Materialni aniq rangini aniqlash. 
✓ 
Rangning to‘qliq darajasi. 
✓ 
Rangning yorugo‘lik darajasi. 
Namoyish paytida fotorealistik sifatni olish uchun material xususiyatlarini 
juda aniq berish kerak.Shu maqsadda grafik dasturlarda turli fikr xususiyatli 
materiallar andoza (shablon)lari ishlatiladi.Andozalardan foydalanish dizayner 
ishini keskin osonlashtiradi.Sirt yuzasiga har xil bezaklarni (uzoq) tushirish uchun 
dasturlarda tekshiruv xaritalar (dekorativ bezak-maps) ishlatiladi.(Masalan devorga 


terilgan g’isht, timsoh terisidan tayyorlangan buyum).Oldindan tayyorlangan 
teksturalar har xil turdagi fayllarda (HMP, TIF, JPG, EPS,.) saqlanishi yoki ularni 
tez qurish qoidalari ko‘rinishida saqlanishi mumkin. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin