4.16-rasm. Faskali parallelepiped
4.17-rasm. Faskali parallelepiped detallar.
Segmentlar sonini o‘zgartirish uchun Lengs Segs (uzunligiga ko‘ra segmentlar) va
Width Segs (kengligiga ko‘ra segmentlar) parametrlarni ko‘rsatish mumkin.
Segmentlar sonini oshirish ob’ektining turli qobig’ini
tahrirlash uchun zarur
bo‘ladi.Faska chegarasida segmentlar sonini Fillet Segs (faska bo‘yicha
segmentlar) o‘zgaruvchisi yordamida berish mumkin.
Odatdagi BOX ni asos qilib olib va unga biroz segmentlar qo’shib,
hatto
uchlarini oddiy siljitish bilan qiziqarli ob’ekt hosil qilish mumkin.
EDIT MESH modifikatorining ancha katta darajadagi potensiali “siqib
chiqarish” ya’ni, poligonlarni o’stirish imkonini beruvchi EXTRUDE buyrug’ini
o’zlashtirishi bilan ko’rinib qoladi.
Nazorat savollari :
1.Kompyuterda Grafik modellashtirish deganda nimani tushunasiz ?
2.Kompyuter grafikasi programmalari necha turga bo’linadi sanab bering?
3.Kompyuterda Grafik modellashtirish uchun kompyuter uchun talab etiladigan
minimal parametrlarni sanab bering yoki kompyuter parametrini ifodalang?
4.Grafik dasturlar bilan ishlovchi birorta ixtiyoriy dasturni foydalanuvchi interfeysi
haqida ma’lumot bering. Asosiy grafik imkoniyatini ayting?
5.Photoshop dasturida palitra nima ?
6.Fazoviy grafikada uch o‘lchamli grafikani yaratish uchun qaysi amaliy dastur
foydalanish uchun qulay va nima sababdan