4-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə5/6
tarix23.10.2023
ölçüsü21,48 Kb.
#160000
1   2   3   4   5   6
4-Mavzu

Harakatning davomiyligi - bajarilishining uzunligi. Harakatning uzoq
davom etishida asosiy rolni tananing qismlari egallaydi. Mashqni bajarilish vaqtini
o’zgartirib, ya’ni bajarilish vaqtini ozaytirib yoki ko’paytirib darsning,
mashtulotning umumiy nagruzkasiga ta’sir etish mumkin.
Ayrim mashqlar texnikasi tarkibida harakatni (harakatlarni) ayrim
zvenolarining ijrosi nisbatan uzoqroq davom etadi, masalan, uloqtirish uchun
yugurish, suzishda quloch otish, chang’ida sirg’anish va h.k.larning ahamiyati
katta. Shug’ullanish yoki musobaqa davomida bajarilayotgan ish yoki uning vaqti
haqida axborotlar berib borish bilan harakatlarning davomiyligi haqida lozim
bo’lgan tushunchalarga ega bo’lishimiz mumkin.
Harakatning tempi (sur’ati) deganda harakat akti, faoliyati tsikli (davri)ning
qaytarilish chastotasi yoki ma’lum vaqt birligi ichida bajarigan harakat tushuniladi.
Yurish tempi minutiga 120-140 qadamdan, eshkakni suvga botirish tezligi 30-40
marotaba bo’lishi mumkin.
Temp (sur’at) bilan tezlikni farqlashimiz lozim. Masalan, qo’lni bir tempda
turli balandlikka ko’tarish va tushurish harakatini takrorlash mumkin, lekin bunda
qo’l harakati tezligi turlicha bo’lishi, yugurish kadamlarining uzunligi bir hil
bo’lmasa-da, qadam chastotasi maromli bo’lsa, yugurishning tezligi turlicha
bo’ladi.
Harakat ritmi deganda, aktiv muskul zo’riqishi va uni taranglashishini
ma’lum vaqt ichida passiv va kuchsiz harakat fazalari bilan bog’liq holda namoyon
bo’ladigan xarakterli tomonlarini tushunamiz. Bu xususiyat faqat harakat
faoliyatidagina emas, har qanday to’liq harakat aktida ham mavjud bo’ladi.
Shunday qilib, harakat ritmi fazoda ma’lum vaqt davomida harakat tizimi
tarkibidagi muskul zo’riqishini nisbatan to’g’ri va o’z o’rnida uyushtirilishi bilan
muvofiqlashish oqibatidir. Boshqachasiga aytganda harakat texnikasining
umumlashtirilgan tasnifi (xarakteristikasi) harakatning ritmi deb tushuniladi.
Har qanday, xatto noto’g’ri bajarilgan harakat akti tarkibida ham (harakat
bo’laklarining uzun qisqaligi bilan bog’liq) ma’lum harakat ritmi mavjud.
Demak, harakat ritmi ratsional, to’g’ri, yuqori natijasiga olib keluvchi yoki
noratsional, noto’g’ri, natija samarasini pasaytiruvchi bo’lishi mumkin.
Ritmning majburiy sharti mavjud harakat tarkibida kuchli, uni boshqa
bo’laklariga nisbatan urg’u beradigan, e’tiborga loyiq, harakat tarkibidagi xodisa
(harakat)ning mavjudligi va uning ma’lum vaqt intervalida takrorlanishidir. Ritm -
harakat texnikasining mazmunini umumlashtirilgan tasnifi deb qaraladi.
Trenirovka mashg’ulotlari ta’siridan zo’riqishning keskin kuchayishi va
pasayishi hamda harakatning aktiv va passiv fazalarining davomiyligi cho’zilishi
mumkin. Yuqori malakali sportchilarda harakat ritmi standart sharoitda turg’un
xarakterda bo’ladi.
Har qanday aniq harakat faoliyati ma’lum shaxs tomonidan texnik jihatdan
yuqori harakat maqomi darajasida bajarilsa bizning e’tiborimizga shu mashqni
bajarishdagi ratsional ritm diqqatimizni tortadi. Lekin bu ritmni har qanday
harakatga ham abstrakt holda qo’llash mumkin bo’ladigan “ritm” deb qarab
bo’lmaydi. Har bir sportchining individual xususiyatlari evaziga harakatni
bajarishda o’z ritmi bo’ladi. Lekin ritmdagi variatsiya belgilangan chegarada ham
ushbu faoliyatning asosiy ratsional strukturasidan chiqmasligi kerak. Shunga ko’ra,
ritm harakat faoliyati tarkibidagi alohida-alohida elementlarni bir butun qilib
bog’laydi, harakatni tezlashtirish yoki sekinlashtirish bilan uning umumiy ritmik
shakli o’zgarmaydi.
Jismoniy mashqlarning ritmlari inson tomonidan ongli ravishda ratsional
texnikaning ob’ektiv qonunlari asosida shakillantiriladi va boshqariladi.
Ta’lim jarayonida shug’ullanuvchi yoki o’quvchiga harakatning aktsent
berilgan qismlariga vaqtning qisqa muddatida katga zo’riqishni to’plab, uni ishlata
olsa, ishlayotgan asosiy muskullarni birlashtirib, ularga dam berish imkoni
yaratiladi. Natijaga esa yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Yuqori malakali sportchilar, tsirk
artistlari mashq bajarishdagi o’zlari uchun moslab shakllantirgan ritmlar asosida
harakatning aktsent beradigan qisminigina katta zo’rikishda bajaradilar.
Harakatlarning kuchini inson jismi yoki uning ayrim qismlari harakatiga ta’sir
qiladigan ichki va tashqi kuchlarga bo’lamiz.
Ichki kuchga:
a) harakat tayanch apparatining passiv kuchi - muskulning elastikligi
kuchi, muskullarning taranglashish kuchi, cho’zila olishligi va boshqalar;
b) harakat apparatining aktiv kuchi - muskulni tortisha olish kuchi;
v) reaktiv kuchlar - tana muskullari zvenolarining o’zaro munosabatidan
vujudga keladigan yuqori tezlanish hosil qiladigan, tezlanish harakatlari bilan
namoyon bo’ladigan kuch.
Tashqi kuch: - inson jismiga tashqaridan ta’sir qiladigan kuchlar:

  1. tananing o’z og’irligi (vazni)dan vujudga keladigan kuch;

  2. tayanish reaktsiyasi kuchlari, tashqi ta’sir qarshiligi (suv, havo)ni yengishi va jisman tashqi taьsirga qarish (yakka kurashlar) kuch namoyon qilish inertsiya kuchi va boshqalar.

    Yüklə 21,48 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin