4-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja


Harakatning yo’li (trayektoriyasi)



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə3/6
tarix23.10.2023
ölçüsü21,48 Kb.
#160000
1   2   3   4   5   6
4-Mavzu

Harakatning yo’li (trayektoriyasi) jismoniy mashq texnikasini o’zlashtirishda, uni texnikasini bajarishni namoyish qilishda muhim ahamiyatga
ega. Amaliyotda tananing fazodagi holatini, harakatning traektoriyasi (yo’li)ga
qarab tavsiflaymiz. Harakatni bajarishda uning ijrosi uchun lozim bo’lgan
traektoriyaga erishilmasa, qo’yilgan maqsadga erishish qiyinlashadi.
Mashqni bajarishda tana harakati yo’lining qanday shakldadigi, yo’nalishi va
harakatning amplitudasini belgilay olsak, gavda (yoki uning qismlari) harakatining
yo’lini aniqlaymiz. Inson organzmi anatomiyasining turlichaligi uni bir hil
harakatni bajarishda xar bir individ uchun turlicha harakat yo’lini tanlashni taqazo
qiladi.
Harakatning shakliga qarab, ularning to’g’ri chiziq bo’ylab bo’lishi
mumkinligi aniqlandi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, individning harakati hech
qachon to’g’ri chiziq bo’ylab emas, balki oddiy harakatlar ham qator muskullar
guruhining turli ko’rinishdagi aylanma harakatlaridan iborat. Ularning organizmi
energiya sarflashi uchun samarali tomoni yuqori bo’lib, tananing ayrim qisimlari,
ma’lum bo’laklardagi harakatlar uchun katta kuch sarflashlar bilan bajariladigan
harakatlarni oson bajarish imkoniyatini yaratadi. Masalan, bokschi zarbasi uchun
yelka muskullarining ma’lum qismigina turlicha harakat qilsa bas, lozim bo’lgan
kuchga ega bo’lgan zarba hosil bo’ladi.
Harakatning yo’nalishi. Mashqning effektivligi shunda ko’zga tashlanadiki,
agar, bajarilishi lozim bo’lgan harakat uchun kerak bo’lgan harakat yo’nalishini
mushaklar yuzaga keltira olsa, mashq texnikasi aniq, ravon bajarilishiga guvoh
bo’lamiz.
Masalan, qo’llarni tirsakdan ko’krak oldiga kaftlarni pastga qilib bukkan
holda “rivok” larning bajarilishi ko’krak muskullarini taranglatadi va bo’shatadi.
Agar shu harakatni tirsakni bir oz pastga tushirgan xolda bajarsak, mashq o’z
ahamiyatini yo’qotadi. Chunki biz ishlatishimiz lozim bo’lgan mushaklar guruhi
ijroda ishtirok etmaydi, ishlamaydi.
Basketbol to’pini “korzina” (savat)ga tushirish uchun uning yo’nalishini olti
gradus (daraja)dan to’rt gradus (daraja)gacha o’zgartirish uni korzinaga tushish
imkoniyatini yo’qqa chiqarishi mumkin.
Amaliyotda harakatning yo’nalishi tananing satxiga yoki biror mo’ljaliga
qarab belgilanadi. Qo’lni oldinga ko’tarishda biz gavdaga nisbatan uning holatiga
qarab harakat yo’nalishini belgilaymiz. Yadroni ma’lum balandlikka o’rnatilgan
“planka” - chegara tarzidagi mo’ljal ustidan oshirib irg’itishda, bizga planka muljal
bo’lib xizmat qiladi.
Inson tanasi pastga-yuqoriga, oldinga, orqaga, o’nga, chapga tomon
yo’nalishlarda harakatlanadi.


Yüklə 21,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin