4 Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning strukturasi. Reja: I. Kirish. II



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə1/8
tarix24.02.2023
ölçüsü65,54 Kb.
#85466
  1   2   3   4   5   6   7   8
4 Mavzu Hisoblash texnikasi va uning strukturasi. Reja I. Kiri


4
Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning strukturasi.
Reja:
I. Kirish.
II. Asisiy qism:

  1. Hisoblash texnikasi strukturasi

  2. Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi

  3. Hisoblash texnikasining tuzilishi

  4. Hisoblash texnikasi qurilmalari

III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Informatika bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o'rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig'ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va o'zatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi.
O'tgan asrning 40-yillaridan boshlab universal EHMkrning davri boshlandi desa bo'ladi. Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo'lib o'rganish tajribasi keng ko'llanib kelingan. Ayni paytda EHMda ko'llanilgan radiotexnik elementlar bazasi hamda dasturiy ta'minoti kabi tasnif belgilari bo'yicha avlodlarga ajratishdan ham foydalanilgan. Lekin yana bir tasnif belgisi — EHMning arxitekturasidagi farkiga qarab ham u yoki bu avlodga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bo'nga oid gapni «bazaviy EHM»ning arxitekturasi, ya'ni abstrakt modelidan boshlaymiz.
Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.
Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo'linadi:
Birinchi avlod EHMlari - bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo'lgan «bazaviy EHM»dir.
Ikkinchi avlod EHMlari bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashki xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi;
Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko'p dasturli (bir vaqtning o'zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma'lumotlarni kiritish va xokazo) re4mni amalga oshirish mumkin bo'ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sarasiga kiradi.
Turtinchi avlod EHMlari - bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida har biri parallel ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko'p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi EHMlar to'rtinchi avlodga mansub. O'z vaqtida Toshkentdagi «Algoritm» zavodida ishlab chiqarilishi mo'ljallangan Elbrus-2
EHM tarkibida har biri sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga ega bo'lgan 10 ta protsessor bor.

Yüklə 65,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin