Mavzu: Futbol o‘yin texnikasining tasnifi. Reja



Yüklə 28,14 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2022
ölçüsü28,14 Kb.
#74412
  1   2   3   4   5   6

Mavzu: Futbol o‘yin texnikasining tasnifi.
Reja
1. Harakatlanish texnikasi
2. Maydon o’yinchisining texnikasi
3. Futbol o‘yinida to‘pni boshqarish texnikasi
4. Futbol o‘yinida darvozabon o'yin texnikasi
1. Harakatlanish texnikasi
Harakatlanish texnikasi quyidagi usullar guruhini o’z ichiga oladi: yugurish, sakrash, to’xtash, burilish. Harakatlanish texnikasining tasnifi 2-rasmda ko’rsatilgan.
O’yin vaqtida harakatlanish texnikasi usullaridan xilma-xil tarzda qo’shib foydalaniladi. Masalan, futbolchining harakatlanish tezligi nihoyatda xilma-xil: sekin yurishdan boshlab, startdagi tezlanishni maksimal tezlikka qadar ko’tarish mumkin, yugurish maromi va yo’nalishi qo’qqisdan o’zgarib turadi. Yugurishning xilma-xil usullarini sakrash, to’xtash, burilish bilan birga qo’shib olib borish futbolchining harakatlanishiga xos xususiyat hisoblanadi.
Harakatlanish texnikasining usullari maydon o’yinchilari va darvozabonning to’pni boshqarish san’ati bilan chambarchas bog’liq.
Harakatlanish texnikasi usullarini keragicha hamda kompleks tarzda qo’llash ko’p taktik vazifalarni (to’p olish uchun ochilish va raqibni chalg’itish, pozisiya tanlash, o’yinchini to’sib olish va h.k.) samarali hal qilish imkonini beradi.
Yugurish. Futboldagi asosiy harakatlanish vositasi yugurishdir. To’pni boshqarmayotgan futbolchilar yugurish yordamida maydonda turlicha joylashib oladilar. Bundan tashqari, yugurish tarkibiy qism sifatida to’pni boshqarish texnikasiga ham kiradi. 
Futbolda yugurishning quyidagi usullari qo’llaniladi: oddiy yugurish, tisarilib yugurish, chalishtirma qadam tashlab yugurish, juftlama qadam tashlab yugurish.
Oddiy yugurishdan asosan to’g’riga borayotgan o’yinchilar bo’sh joyga chiqish raqibni quvish va hokazolarda foydalanadi. Harakat sistemasi ham (bir oyoqqa tayanish va havoda uchish fazalariga bo’linishi) tuzilishi ham yengil atletika yugurishidan farq qilmagani uchun uni oddiy yugurish deyiladi. Qadam uzunligi, chastotasi va ritmida farq bor, xolos.
Yugurishda qadam uzunligi sprinterlarda 2-2,2 m ga teng bo’lsa, katta yoshli futbolchilarda o’rtacha 1,3-1,5 m ga teng. Qadamlar chastotasi sprinterlarda sekundiga 4-4,5 qadamga teng. Fubolchilarda chastota sal ortiqroq: sekundiga 5,1-5,5 qadam bo’ladi. Bu esa havoda uchish fazasi qisqaroq bo’lgani sababli tez to’xtashga yoki tez burilib olishga yordam beradi.


Tisarilib yugurishdan asosan to’pni olib qo’yishda va to’pni olishda qatnashayotgan himoyadagi o’yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham siklik (qo’shaloq qadamli) bo’ladi. Qisqa-qisqa, lekin tez-tez qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo’qligi o’nga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog’i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklanganligidadir.
O’yin sharoiti ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga orttirilib, bu ko’proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog’liq.
Tisarilib yugurayotganda, o’yinchi ba’zan muvozanatni yo’qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og’irlik markazi o’qi tayanch yuzasining tepasida turishi o’yinchi holatining turg’un bo’lishi shartlaridan biridir.
Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo’nalishini o’zgartirish uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spesifik vositasi bo’lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib qo’llaniladi.
Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan ifodalanadi Qadam tashlash siklining birida (qo’shaloq qadam) siltanuvchi oyoq tayanch oyoqning oldiga chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish paytida havoda uchish fazasi juda qisqa.
Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan zarur holatga o’tishda (masalan, o’yinchi oldini to’sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida qo’llaniladi. Keyinroq o’yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli usullari sifatida ijro etiladi.
Juftlama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi (4-rasm). Birinchi qadamni harakat yo’nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo’r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo’naltiriladi.

Yüklə 28,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin