Mavzu: Futbol o‘yin texnikasining tasnifi. Reja


Futbol o‘yinida darvozabon o'yin texnikasi



Yüklə 28,14 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2022
ölçüsü28,14 Kb.
#74412
1   2   3   4   5   6
4. Futbol o‘yinida darvozabon o'yin texnikasi
Darvozabonning o’yin texnikasi maydon o’yinchisining o’yin texnikasidan tubdan farq qiladi. Bu darvozabonga qoidaga binoan jarima maydoni ichida qo’l bilan to’p o’ynashga ruxsat etilgani bilan bog’liqdir.
Quyidagi usullar guruhi darvozabonning o’yin texnikasiga kiradi: to’pni ilib olish, qaytarish, o’tkazib yuborish va tashlash. O’yinda sheriklar va raqib jamoasi o’yinchilarning qayerda turganiga, shuningdek, to’p harakatining yo’nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo’llaniladi. Ularning tasnifi 50-rasmda berilgan.
O’yin jarayonida darvozabon maydon o’yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik usullardan foydalanaveradi.
Texnik usullarning muvaffaqiyatli bajarilishi ko’p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgbilanadi.
Darvozabonning to’g’ri dastlabki holatda bo’lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dastlabki holat oyoqlarni yelka kengligida kerib, sal bukib turish bilan ifodalanadi. Yarim bukik qo’llar ko’krak balandligida oldinga uzatilgan. Kaftlar olg’a tomon ichkariga qaragan. Barmoqlar sal bo’shashtirilgan. Dastlabki holatning to’g’ri bo’lishi darvozabonga og’irlik markazi o’qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari chiqarib olib, lozim bo’lgan harakatlarni oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi.
3.4.1. To’pni ilib olish
To’pni ilib olish - darvozabon o’yin texnikasining asosiy vositasi. Bu ko’pincha ikki qo’llab amalga oshiriladi.
To’pning yo’nalishi, traektoriyasi va tezligi qandayligiga qarab, uni pastdan, yuqoridan yoki yondan ilib ushlab olinadi. Darvozabondan anchagina naridan uchib borayotgan to’plar yiqila turib olinadi.
To’pni pastdan ilib olish darvozabon tomon yumalab kelayotgan, yuqoridan tushib kelayotgan va past (ko’krak balandligida) uchib kelayotgan to’plarni egallab olishda qo’llaniladi.
Yumalab kelayotgan to’pni ilib olishning tayyorlov bosqichida darvozabon oldinga engashib, qo’llarini pastga tushiradi (51-rasm). Bunda kaftlar to’pga qaragan, sal yoziq, yarim bukik barmoqlar yerga tegay deb turadi. Qo’llar haddan tashqari tarang tutilmasligi kerak. Oyoqlar juftlangan, hech bukilmagan yoki sal bukilgan bo’ladi.
Ishchi bosqich shundan iboratki, to’pning qo’lga tegishi paytida barmoqlar uni ostidan tutib oladi, qo’llar tirsakdan bukilib, to’pni qorin tomon torta boshlaydi. Pastga tushirilgan qo’llar vaznining amortizasiyasi ta’siri va bukilishi hisobiga to’pning tezligi so’ndiriladi. Yakunlovchi bosqichda darvozabon qaddini rostlaydi.
Hozirgi zamon futbolida yumalab kelayotgan to’pni ikki qo’llab pastdan ilib olishning boshqa variantlari ham qo’llaniladi. Bu variantning xususiyati shundaki, unda oldinga engashish o’rniga taxminan 50-80˚ tashqariga burilgan bir oyoqqa cho’nqayiladi. Tizzasi anchagina bukilib, uchiga tayanib turilgan ikkinchi oyoq ham tashqariga buriladi. Pastga tushirilgan qo’llarning kafti to’pga to’g’rilangan bo’ladi. To’pni bevosita ilib olish yuorida tasvirlangan variantdagi singari bo’ladi.
Yakunlovchi bosqichda oyoqlarni burish va to’g’rilash hisobiga darvozabon qaddini rostlab, keyingi harakatlar uchun kerakli dastlabki holatni oladi. To’siqning straxovka qilish sathi anchagina bo’lgani uchun to’p ilib olishning bu varianti dinamik ishonchliroqdir.
Past uchib kelayotgan va darvozabonning old tomonida yuqoridan tushib kelayotgan to’plarni ilib olishda tayyorlov bosqichida salgina bukilgan qo’llar kaftlari oldinga qaratilib, to’p qarshisiga uzatiladi (52-rasm). Barmoqlar bir oz yoziq va yarim bukik bo’ladi. Ayni vaqtda gavda ozroqqina oldinga engashadi, oyoqlar esa sal bukiladi. Oyoqlarning qay darajada bukilishi to’pning uchib kelish traektoriyasiga bog’liq. To’p qo’lga tegishi paytida darvozabon uni ostidan barmoqlari bilan tutib oladi-da, 
To’p anchagina tez kelayotgan bo’lsa, oyoqlarni to’g’rilash va gavdani oldinga engashtirish hisobiga orqaga tomon qo’shimcha so’ndiruvchi harakat qilinadi.
O’yin jarayonida darvozabonning yon tomoniga yumalab va past uchib kelayotgan, shuningdek, uning old tomonida ancha nariga tushayotgan to’plarni ilishga ham to’g’ri keladi. Bunday hollarda oldin to’pning harakat yo’nalishi tomonga qarab jilish kerak.
Bu ish yugurish qadami, juftlama qadam yoki chalishtirma qadam bilan, shuningdek, ko’proq bir oyoqda depsinib yuqoriga, oldinga-yuqoriga yoki yon tomonga yuqoriga sakrash bilan amalga oshiriladi. Shundan keyingi harakatlar tizimining tahlili yuqorida berilgan. 
To’pni yuqoridan ilib olish o’rtacha traektoriyada uchib kelayotgan, shuningdek, baland uchib kelayotgan va pastga tushib kelayotgan to’plarni egallab olish uchun qo’llaniladi
Darvozabon tayyorlov bosqichida dastlabki holatni egallayotganda qo’llarni sal bukib, oldinga yoki yuqoriga-oldinga uzatadi.
Oldinga qaratilgan kaftlarning barmoqlari yoziq, yarim bukilgan bo’lib, "yarim aylana" singari shakl hosil qilib turadi. Bosh barmoqlar bir-biridan uncha uzoq bo’lmaydi (3-5 sm dan oshmaydi).
Ishchi bosqichda to’pning qo’lga tegishi paytida barmoqlar uni sal oldindan - yonidan tutib oladi, barmoqlar bir-biriga salgina yaqinlashadi. Barmoqlarning so’ndiruvchi harakati va qo’llarning bukilishi hisobiga to’pning tezligi so’ndiriladi.
Yakunlovchi bosqichda darvozabon qo’llarini maksimal darajada bukib, to’pni eng qisqa yo’l bilan ko’kragiga tortadi.
O’yin sharoitida darvozabon to’pni, asosan, u uchib kelayotgan tomonga keragicha jilganidan keyingina ilib oladi.
Buning uchun harakatlanish texnikasining turli usullari va ularning birga qo’shilgan variantlari qo’llaniladi.
Baland to’plarni, ya’ni baland traektoriyada uchib kelayotgan to’plarni qo’lga kiritish uchun sakrab ikki qo’llab yuqoridan ilib olish qo’llaniladi (54-rasm). To’pning uchish yo’nalishiga qarab bir yoki ikki oyoqda depsinib yuqoriga, yuqoriga - oldinga yoki yuqoriga - yonga sakraladi. harakatlanayotgan paytda asosan bir oyoqda, joyda turganda esa ikki oyoqda depsinib sakraladi. Depsinish paytida qo’llar silkinish harakatini qilib, to’p tomon yuqoriga uzatiladi. To’pni ilib olgandan keyin oyoqlar bir oz bukilib, yerga tushiladi.



Yüklə 28,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin