16
qismdan: aynan xabar beruvchi
matn va uni rivoyat qilgan roviylar zanjiri –
isnoddan iborat.
Hadislar o‘zidagi ma’lumot xarakteriga qarab, xilma-xildir:
- al-hadis al-qudsiy (bu kabi hadisda ma’no – Allohdan, lafz – Payg‘ambardan
deb hisoblanadi);
- al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham, lafz ham Payg‘ambarniki deb
hisoblanadi) va boshqalar.
Hadislar ilk davrda faqat og‘zaki ravishda avloddan-avlodga uzatilar edi.
Yozma ravishda hadislarni to‘plamaslik haqidagi Payg‘ambar va xalifalarning
ko‘rsatmalari, asosan, ilk islom davriga taalluqli edi. Keyingi davrda paydo
bo‘lgan muhaddislarning fikricha, Payg‘ambar o‘z so‘zlarini yozib olishdan
odamlarni qaytarishlariga sabab – hadislarning Qur’on oyatlariga aralashtirib
yubormaslik lozim edi. Boshqa hadisda esa Payg‘ambar (bu ahl al-hadis muhitiga
tegishli bo‘lsa kerak): «Bu og‘izdan – deya o‘z og‘izlariga ishora qildilar –
faqatgina haq so‘z chiqadi» – deb, o‘z so‘zlarini yozib olishga buyurganliklari
haqida rivoyat qilingan.
Hadislarni tanqidiy o‘rganish bo‘yicha tez orada olti to‘plamda uchragan bir
qator maxsus terminlar guruhi vujudga keldi. Imom at-Termiziy bu sohada
salmoqli ishni amalga oshirdi. U faqatgina hadislarni to‘plash bilangina cheklanib
qolmasdan, ularning tahliliga ham alohida bo‘lim ajratdi. Imom at-Termiziy
birinchilardan bo‘lib hadislarni
sahih,
hasan va
zaif guruhlarga ajratgan olimdir.
Vaqt o‘tishi bilan hadis ilmidagi terminlar taraqqiy etib bordi va bu sohada
umumiy qabul qilingan shaklga keldi.
Hadislar
sahih (
ishonarli),
hasan (
yaxshi),
zaif (
ishonchsiz),
saqim (
kasal) va
boshqa turlarga ajratildi. Masalan, sunniylikda
sahih hadislar darajalari bo‘yicha
etti xilga bo‘lindi:
1) Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
2) faqat Imom Buxoriy keltirgan;
3) faqat Imom Muslim keltirgan;
4) ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bo‘yicha rivoyat
qilingan;
5) Imom Buxoriy shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan;
6) Imom Muslim shartlari bo‘yicha rivoyat qilingan;
7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.
Hadis ko‘pincha
sunna so‘zi bilan ham yonma-yon keladi. Sunna so‘zining
lug‘aviy ma’nosi – «odat», «tariqa», «yo‘l» bo‘lib, istilohda Payg‘ambar odatlari,
tutgan yo‘li, taqrir (ko‘rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan ishlatiladi.
Boshqacha qilib aytganda, bu istiloh Payg‘ambar turmush tarzini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: