4-mavzu. Islom dini va ta’limoti vaqt soat Reja



Yüklə 123,29 Kb.
səhifə11/16
tarix18.05.2023
ölçüsü123,29 Kb.
#115964
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
14-mav

Hanafiya mazhabi. Mazhab eponimi Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (699-767) hisoblanadi. Ammo mazhabni shakllantirishda uning o’quvchilari Abu Yusuf (vaf. 798 y.) va Muhammad ibn al-Hasan ash-SHayboniylarning (vaf. 804-05 y.) xizmati kattadir. Umumislomiy masalalarda mazhablar o’rtasida katta farqlarni uchratmasak-da, shu bilan birga xususiy masalalarning qariyb hammasida o’ziga xos qoidalar mavjudligini ko’ramiz. SHu sababli boshqa mazhablar bilan qiyosan hanafiya mazhabiga xos bo’lgan jihatlarni sanab o’tirishga hojat yo’q.
Hanafiya mazhabi, asosan, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Turkiya, Suriya, Iroq, Afg’oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Rossiya, Jibuti, Eritreya mamlakatlarida keng tarqalgan. Hanafiya mazhabi rivojida O’rta Osiyo (Movarounnahr) faqihlarining o’rni beqiyosdir. X-XII asrlar davomida YAqin SHarq mamlakatlarida shialik tazyiqi ostida so’nib borgan hanafiy markazlarni Saljuqiylar, Usmoniylar imperatorligi davrida aynan Movarounnahr hanafiylari qaytadan tikladilar. Ular barcha yangi markazlar uchun ustoz bo’lib qoldilar.
Molikiya mazhabi. Mazhab asoschisining to’liq ismi Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al-Asbahiydir. Imom Molik 93/711-12 yili Madinada tug’ilgan. Uning mashhur asarlari orasida «al-Muvatto» bor.
Molikiya mazhabi ko’proq Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Ѓuvayt, Bahraynda tarqalgan.
SHofi’iya mazhabi. Asoschisining to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn SHofi’ al-Hoshimiy al-Muttalibiy. U 767 yilda Falastin diyorida tavallud topgan. Imom SHofi’iy 800 yilda shia mazhabini qabul qilgan deb ayblanib, Iroqqa surgun qilindi. Iroqda Imom SHofi’iy Abu Hanifaning shogirdlaridan Imom Muhammad ash-SHayboniy va boshqa Iroq faqihlari bilan uchrashib, ular bilan ilmiy munozaralar o’tkazdi. U 814-15 yili Misrga kelib, u erda o’z ilmiy faoliyatini davom ettirdi. U bu erda o’z mazhabining asosini tashkil qilgan «al-Umm» asarini yozdi. Imom SHofi’iy 820 yili Misrda vafot etdi. Uning shogirdlari orasida Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy, Abu Ya’qub Yusuf ibn Yahyo al-Buvaytiylarning nomlarini alohida qayd etish o’rinli.
SHofi’iya mazhabi Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, YAman, Misr, Somali, Komor va Maldiv orollari, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Bruney sultonligida tarqalgan.

Yüklə 123,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin