Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi.
An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o’rtasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bo’lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo — matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir.
Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin.
Matn shunoslar badiiy asarlar matniga yassi (gorizontal) va tik (vertikal) holatlar jihatidan qaraydilar. Birinchi holatda matn, abzats, murakkab sintaktik birikma va gap farqlansa, ikkinchi — tik holatda matn ichidagi barcha xususiyatlar mazmunni tashkil etishi ko’rinadi.
Dostları ilə paylaş: |