4-mavzu. Mehmonxona turlari Reja



Yüklə 29,58 Kb.
səhifə4/6
tarix25.06.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#135046
1   2   3   4   5   6
4-mavzu. Mehmonxona turlari Reja

Eko-fermerlik uyi – bu taomlari asosan fermerlik mahsulotlaridan tayyorlanadigan, ishlab turgan (amaldagi) fermer xo‘jaligida joylashtirishni taqdim etish. Fermer uylaridan farqli o‘laroq, eko-fermerlik uylarida dam olish tabiiy muhitda taklif etilib, joylashtirish va ovqatlanish O‘zbekistonga xos an’analarga ko‘ra taqdim etiladi.
Tog‘dagi uy (mountain refuge) – bu tog‘li hududda joylashgan, nazorat qilinadigan yoki qilinmaydigan, turli xildagi anjomlar taklif qilinadigan alohida turar joy.
Kulba (tog‘ uyi); bungalo (chalet; bungalow) – bu o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlari bo‘lgan alohida turar joy.
O‘tov (yurt) – bu gumbaz (qubba) shaklidagi, odatda kigiz (namat) bilan qoplangan, vaqtinchalik yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chma turar joy.
Lyuks xonali mehmonxona (all-suite hotel) - faqat lyuks xonalarda joylashtirishni taqdim qiluvchi mehmonxona.
barja; sayoxat qayig‘i (canal barge) - daryo/kanalda sayohat qilish uchun mo‘ljallangan, joylashtirish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar ko‘zda tutilgan qayiq .
Shahardagi mehmon uyi - uzoq vaqtga joylashtirishni taqdim qiluvchi shahardagi mehmonxona.
Avto uy (camper van; motor home; caravanette) - uxlash va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun qulayliklari bo‘lgan o‘zi yuruvchi avtotransport vositasi.
Avtotirkamali furgon yotog‘i; karvon – bu ildirakli, avtotirkamali ko‘chma turar joy.
Furgon-uy; turistik karvon; sobit furgon; ko‘chma uy (caravan) - asosan sobit turadigan lekin ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan furgon uy, ma’lum joyga o‘rnatilgan, ikkinchi uy sifatida sotiladi yoki odatda turistik parkda ta’tilga/bayramlarga ijaraga beriladi, bunday furgonda joylashtirish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar ko‘zda tutiladi.
Yig‘ma furgon (folding caravan) - transportda tashishni yengillashtirish uchun qismlarga ajratilishi va yig‘ilishi mumkin bo‘lgan va avtotransport vositasiga tirkab qo‘yiladigan furgon; bunday furgonda joylashti-rish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar ko‘zda tutiladi.
Chodir (tent) - transportda tashishni yengillashtirish maqsadida qismlarga ajratilishi va yig‘ilishi mumkin bo‘lgan matoli boshpana.
Turistik furgon (touring caravan; tourer) - joylashtirish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar ko‘zda tutilgan transport vositasiga tirkaladigan furgon, tirkama.
Avto-tirkama soyaboni (trailer tent) - avtotirkamaga o‘rnatiladigan va avtotransport vositasining orqasiga mahamlanadigan soyabon.
Bolalar oromgohi - ta’til vaqtida yoki sog‘liqni mustahkamlash uchun bolalarni joylashtirishni taklif qiluvchi korxona.
Ovchilar uyi; baliqchi uyi (hunting lodge; fisherman's house) - ov qilish va/yoki baliq ovlash xizmatlarini taqdim qilish bilan birga joylashtirish.
Sport bazasi (sports base) - sport bilan shug‘ullanish, ko‘ngil ochar va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun jihozlarni hamda joylashtirish va ovqatlanishni taklif qiluvchi korxona.
XONA TURLARI (TYPE OF ROOM) :
bir kishilik xona (single room) - bir kishi uxlashi uchun sharoitlari mavjud bo‘lgan xona;
ikki o‘rinli xona (double room) - bitta ikki o‘rinli yoki yonma-yon joylashgan ikkita bir o‘rinli yotog‘i bo‘lgan, ikki kishi uxlashi uchun sharoitlari mavjud xona;
ikkita alohida o‘rinli xona (twin room) - ikkita alohida yotoqda ikki kishi uxlashi uchun sharoitlari mavjud bo‘lgan xona;
ko‘p o‘rinli xona (multiple bedded room) - uch yoki undan ko‘p kishi uxlashi uchun sharoitlari mavjud bo‘lgan xona;
oilaviy xona (family room) - kattalar uchun hech bo‘lmaganda ikkita uxlash joyi bo‘lgan, uch yoki undan ko‘p kishi uxlashi uchun sharoitlari mavjud bo‘lgan xona;
ko‘p o‘rinli xona; “dormitori” (dormitory) - ma’lum bir guruhning tarkibida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan bir necha kishi uxlashi uchun sharoitlarni taqdim qiluvchi ko‘p o‘rinli xona;

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin