o‘yin xonasi (games room) - mehmonlar uchun o‘yinlar to‘plami bilan jihozlangan umumiy xona yoki joy;
bolalar uchun kunduzgi bog‘cha/yasli (day nursery) - bolalar mas’ul xodimning qat’iy nazorati ostida bo‘ladigan maxsus xona yoki joy;
bolalar o‘yin xonasi (children’s play room) - bolalar o‘yinlari va vaqti chog‘liklari uchun jihozlangan xona yoki joy;
hovuz (swimming pool) - suzish uchun maxsus mo‘ljallangan, isitilishi shart bo‘lmagan ochiq yoki yopiq hovuz;
Tanani parvarishlash (Body Care) :
Jakuzi (jacuzzi) - gidromassaj va isitish uskunasi bor vanna yoki hovuzcha;
Sauna (sauna) - issiq-quruq havoli yog‘och hammom;
bug‘li hammom (steam bath) - issiq bug‘li xona yoki hammom;
solyariy (solarium) - tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan toblanish/qorayish uchun joy (ba’zi mamlakatlarda “solyariy” atamasi faqat tabiiy quyoshda qorayish uchun mo‘ljallangan joyni anglatadi);
fitness xonasi; sportzal (fitness room) - murabbiy nazorati ostida bo‘lishi shart bo‘lmagan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish uchun jihozlangan umumiy sport xonasi yoki joy;
spa-kurort (spa) - qo‘shimcha ravishda sog‘lomlashtiruvchi muolajalar bilan birga, dengiz yoki iqlimning tabiiy omillarining shifobaxsh xususiyatlarini (masalan mineral chashmalar/manbalar) qo‘llashga asoslangan tan olingan davolanish kurortlari;
Boshqa qulayliklar (Other facilities):
Avtoturargoh (parking) - avtotransportni qoldi-rish uchun mo‘ljallangan, qo‘riqlanishi shart bo‘lmagan yopiq yoki ochiq maydon;
Garaj (garage parking) - avtomobillarning binodagi turar joyi;
havoni haroratini bir xilda saqlash (air conditioning) - markazdan yoki mustaqil boshqariladigan, havo haroratini nazorat qilishning sun’iy tizimi; havo haroratini bir xilda saqlashning markaziy tizimlarini mehmonlar mustaqil ravishda nazorat qila olmaydilar;
kichik oshxona (kitchenette) - oshxonacha yoki o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uchun qulayliklar bilan qisman jihozlangan xonaning qismi;
mini-bar (mini-bar) - salqin ichimliklari va ba’zan yengil gazaklari bor bo‘lgan kichkina sovitkich;
1 Яковлев Г. А. Экономика гостиничного хозяйства: Учебное пособие. М. : Издательство РДЛ, 2006. С. 5.