Ota — onaga yaxshilik va farzandlik burchi. Qarindoshlar orasida eng yaqini ota — ona va farzandlar bo’lganligi uchun boshqa qon — qrindoshlarga nisbatan bularning haqlari va burchlariga oid fikrlar ko’proqdir.
Rasululoh sallallohu alayhi va sallam buyuradilar:
- Farzand otasining qarzini hech qanaqasiga uzolmaydi. Faqat uni qullikga tushgan holda topsa va sotib olib ozod qilsagina uning haqqini uzgan bo’ladi.
- Ota — onaga ehson bermoq va izzat ikrom qilmoq, namoz o’qish, zakot berish, ro’za tutish, hajga — umraga boorish va Alloh yo’lida jihod qilishdan fazilatliroqdir.
- Kimki, ota — onasini ma’mnun etgan holda erta bilan o’rnidan tursa, ularga jannatning ikki eshigi ochiladi. Kimki, ota — onasini ma’mnun qilgan holda shomga kirsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ma’mnun etsa jannatning bir eshigi ochiladi. Aslo ota — onaga qarshi bormang — zulum o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham"¦Kimki ota — onasini ranjitgan holda tong ottirsa, uning uchun jahannamning ikki eshigi ochiladi. Kimki ota — onasini ranjitgan holda kunni kech qilsa ham shunday bo’ladi. Agar birini ranjitsa, do’zaxning bir eshigi ochiladi. Aslo ularga qarshi bormang — zulm o’tkazgan bo’lsalar ham, o’tkazmagan bo’lsalar ham".
- Jannatning hidi besh yuz yillik masofadan seziladi. OTA — ONASINI RANJITGAN VA SILA-I RAHM QILMAGAN (ya’ni bir — birlari bilan qarindoshchilik aloqlarini uzgan) kimsa uning hidini sezmaydi.
- Onangga, otangga, opangga, singlingga, akangga, ukangga, so’ngra boshqa yaqin qarindoshlaringning hammasiga yaxshilik qil.