4-mavzu o’rta Osiyoda xattotlik san'ati tarixi


Xushnavislik va uning qonuniyatlari



Yüklə 73 Kb.
səhifə4/4
tarix20.03.2023
ölçüsü73 Kb.
#88804
1   2   3   4
4. Xushnavislik va uning qonuniyatlari.
Xushnavislikka ma'lum va joriy bo'Igan qoidalar o'n ikkilik qoidasi deb nomlanar va bular: usul, tarkib, kursi, suud, nuzul, nisbat, davr, sath, quvvat, za'f, safo va nishon edi.
VII asrda arab yozuvining keng tarqalgan uslublaridan biri kufiy xati ixtiro qilinguncha (ixtirochisi Ya'rab ibn Kahton) O'rta Osiyoda turli yozuv usullari mavjud bo'Igan. Masalan, makkiy, madaniy, basariy va boshqalar. Bu xatlardan oldinroq ma'qaliy (tik chiziqli) yozuvi mavjud edi. Kufiy yozuvi ko'pincha madaniy yodgorliklarning naqshlarida saqlanib qolgan. Xalifa Muqtadir zamonida yashagan olim Ibn Muqla' (864-934)ni xatti sitta (olti xil yozuv: suls, nasx, muhaqqaq, rayhoniy, tavqe', riqo') ixtirochisi deb tan olganlar.
Vaqt o'tishi bilan kufiy yozuvining turli variantlari ixtiro qilingan. Qur'oni Karimning ilk namunalari shu yozuvda yozilgan. Zamonlar o'tishi bilan xattotlar bu yozuvni ham binolarning bezaklarida ishlatganlar. Muhaqqaq yozuvi kufiyning bir oz o'zgartirilgan shaklidir. Rayhoniy uslubi muhaqqaq yozuviga o'xshagan, lekin harf shaklan rayhon barglariga o'xshagani uchun shu nomga loyiq topilgan. Nasx yozuvi kufiy va muhaqqaq xatlaridan ko'ra Qur'on ko'chirishda ma'qulroq topilgan. Tavqe' yozuvi esa asosan buyruq va farmonlar yozishda qo'llangan. Riqo' yozuvi tavqe'ga ancha yaqin, lekin undan nozikroq. Asosan munshaot (maktub yozish)da ishlatilgani va qog'ozlarga nafis qilib yozilgani uchun riqo' deb atalgan. Mazkur yozuvlardan tashqari tumor, g'ubor, shajariy, tug'ro va boshqa xat turlari ham bo'Igan. Tug'ro imzo qo'yishda ishlatiigan.
XV asr boshlaridan kitob ko'chirishda (fors-tojik va eski o'zbek tillarida) nasta'liq xati rasm bo'ldi. Hazrat Alisher Navoiy ta'biricha, “xattotlar sultoni” bo'Igan Sultonali Mashhadiy nasta'liq xatini ajoyib san'at darajasiga ko'targan ekan.


Mavzu bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari

1.Xattotlikning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan omillarni izohlang.


2.Xattotlikni kasb va sn’atdagi yo’nalishlarini izohlang.
3.Xattotlikda nazariy va amaliy uslubning tadbiq etilishini izohlang.
Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin