4-Mavzu: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o‘tish davri va taraqqiyot bosqichlari. Reja



Yüklə 173,1 Kb.
səhifə25/33
tarix02.01.2022
ölçüsü173,1 Kb.
#47039
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
1–Mavzu Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qu

Birinchi bosqich. Narxlar islohoti va narxlarni erkinlashtirish (1992 yil 10 yanvardan boshlab).

Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish. (1992 –1994 yillar).

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini amalga oshirish uchun qulay sharoit yo‘q edi. Shunga ko‘ra, 1994 yil 24 avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchayti rishga oid tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994 yil oktyabrdan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi takomillash tirildi. Negaki, ilgari faqat respublika byudjeti yo‘li bilangina 30ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘ylab ijtimoiy himoya amalga oshirilardi. Bunday holat mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi. Natijada yuqoridagi Prezident Farmoniga binoan 1994 yilda ijtimoiy, himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholi ning aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Bu tizim bugungi kunga qadar o‘zini oqlamoqda. Ana shu Farmonga muvofiq yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsa dida o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyalari muntazam ravishda oshirib borilmoq da. Zero, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholi soni jihati dan eng yirik mamlakat bo‘lib, sanoat va makroiqtisodiyot tizimi bir yoqlama xususiyatga ega edi. Bu murak kablik jamiyat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmasada, ma’lum ma’noda undan chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekistondagi yer usti va er osti boyliklari, intellektaul salohiyat bunga imkon berdi. Undan unumli foydalanildi. Shunisi ham e’tiborliki, jamiyatni demokratlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini yaratish o‘zaro bog‘liq jarayon sifatida rivojlandi.

Lekin O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zini o‘zi himoyalash tizimi batamom yo‘lga tushib ketgan emas. Boqimandalik kayfiyatidan ijtimoiy himoya iste’molchilari ham qutulishlari lozim. Fuqarolar endilikda o‘zini o‘zi ta’minlash usuliga o‘tishlari kerak. O‘zbekis tonda xususiy mulkchilikning qaror topishi bu sohada qat’iy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi zarur. Shunisi ham muhimki, ijtimoiy himoyani doimiy jarayon sifatida tushunmaslik lozim. Aks holda boqimandalik kayfiyati battar kuchayishi mumkin. Ijti moiy himoya ayrim fuqarolar uchun imkoniyat, xolos. Har qanday sharoitda ijtimoiy yordam jamiyat a’zolari uchun imtiyozga aylanmasligi lozim.

4. Islohatlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasi bo‘lmish inson omili va mezoni. Darvoqe, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan O‘zbekiston xalqining 8 ta konstitutsiyaviy maqsadi hammasi bevosita inson omili bilan bog‘liqdir.



Jumladan, “inson huquqlariga sodiqlik”,”demokratik va ijtimoiy adolatga sadoqat”, “xalqaro huquqni umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini”, “fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini.”, “tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash”, “insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish”.

Ayni paytda, Asosiy Qonunda demokratik jamiyat va davlat faoliyatida hamma narsa inson manfaati va qadriyatlari, uning burch-majburiyatlari aniq belgilab berilgan.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mazmuni inson omili bilan bog‘liq. Shuning uchun ham yurtboshimiz tomonidan inson omili O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri qilib belgilandi va asoslab berildi. «Inson omili va mezoni-demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olib borish demakdir» - degan edi I.A.Karimov. Chunki amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatdagi asosiy boylik-inson uchun xizmat qiladi.

Bu haqda I.A.Karimov shunday ta’kidlaydi: «Bizning asosiy boyligi miz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir» Lekin shunisi ham borki, islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik jamiyat qurish sharoitida o‘rta mulkdorlar qatlami katta salmoqqa ega bo‘ladi. O‘rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanadi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy himoya qilish uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bu holat, o‘z navbatida, quyidagi omillarni belgilab beradi :

kuchli ijtimoiy himoya siyosati istiqlol va taraqqiyot yo‘lida ishonchni mustahkamlaydi, bu ishonch esa aniq moddiy zamin asosida hosil bo‘ladi:

kuchli ijtimoiy himoya siyosati eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoit larini yaratadi. XXI asr boshida dunyo taraqqiyotida munosib turmush darajasi inson omilining etuk sharti bo‘lib qolayotganligi e’tiborga olinsa, mamlakatimizda bu masalani hal etishda ijtimoiy himoyalashdan unumli foydalanish masalasi nechog‘li ahamiyatli ekani ayon bo‘ladi:

kuchli ijtimoiy himoya siyosati fuqarolarning islohotlarning izchil kechishidan manfaat dorligini oshib borishini ta’minlaydi va bu yangilanish jarayonining orqaga qaytishiga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistonda aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogi-ronlarni, shuningdek sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarini ko‘llab-quvvatlashga qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati o‘zining muayyan tajribalariga ega bo‘ldi. Ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash vazifalari dolzarb bo‘lgan O‘zbekiston uchun bu holat katta ahamiyatga ega. Bu tajriba fuqarolarning siyosiy faolligini yanada oshirish, mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish, mintaqaviy rivojlanishni avj oldirish, ijtimoiy-siyosiy jaryonlarni barqarorlashtirish imkonini beradi.

Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatda yangicha fikrlash asoslarini yaratishga hamda demokratik jamiyat barpo etishga ko‘maklashadi. Zero, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik yuzaga kelgach, fuqarolar yangicha fikrlashga, yangi zamon tartiblarini tuzishga ishtiyoq bilan intiladilar.

O‘tish davrida ijtimoiy muammolarning yuki ortadi. Yo‘lga tushgan karvon kabi bu sohaning muammolari ham borgan sari ortib boradi. Shuning uchun mazkur sohada yuzaga keluvchi muammolarning echimini tezlashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda eng muhim muammolar rivojlanishi tendensiyalari o‘z vaqtida aniqlanishi katta ahamiyatga ega.

O‘zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot tizimida boshqaruv idoralari hisoblangan 1ta vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 153 ta tuman va 36 ta shaharda ijtimoiy ta’minot tizimlari mavjud. Shuningdek, yolg‘iz nogironlarga va qariyalarga mo‘ljallangan o‘nlab internat uylari, nogironlik sababi va guruhini belgilovchi tibbiy-ekspertiza komissiyalari, xususan, nogironlikni ekspertiza qilish va nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklash bo‘yicha 1 ta ilmiy-tekshirish instituti faoliyat yuritmoqda. Pensionerlarning davolanishi va dam olishiga mo‘ljallangan bir qancha maxsus sanatoriyalar ishlab turibdi.

Kam ta’minlangan hamda ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbai respublika va mahalliy byudjet vositalari hisob lanadi.

Ma’lumki, mustaqil taraqqiyotimizning ilk davridanoq inson-jamiyat –davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona echimini topish alohida ahamiyat kasb etdi.



Yüklə 173,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin