4-Mavzu: O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda o‘tish davri va taraqqiyot bosqichlari. Reja


-mavzu. Fuqaro erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligini



Yüklə 173,1 Kb.
səhifə14/33
tarix02.01.2022
ölçüsü173,1 Kb.
#47039
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
1–Mavzu Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qu

8-mavzu. Fuqaro erkinligi, huquq va manfaatlari ustuvorligini

ta’minlash

R e j a :

1.“Fuqaro erkinligi va faolligi” tushunchasi. Inson faolligining asosiy

mezonlari.

2. Birinchi Prezident Islom Karimov demokratik jamiyat qurishda inson va

shaxs erkinligi, faolligini yuksaltirish konsetsiyasi.

3. Demokratiya – fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirish, erkin va farovon

hayotni barpo etishning zaruriy sharti.

1. Fuqarolik tushunchasi jamiyatning xozirgi davr demokratik, huquqiy davlati tomon rivojlanishida juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo‘lga kiritgan asosiy yutuqlardan biridir.

Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunonistonda va Rimda mavjud bo‘lsada, asosan feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot, demokratiya va bozor munosabatlari zaminiga o‘ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bo‘la bosh ladi va ilk bor «Shaharlik» (Fransuzcha «Situayyan», inglizcha «Sitezen» ruscha «Goro janin-grajdanin») degan ma’nolarni anglatgan.

Mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng, o‘zbek tilida o‘tmishdagi «grajdanlik» so‘zi o‘rniga «fuqarolik» degan atama qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida fuqaro erkinligi va uning faolligi masalasi demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartlaridan biri sifatida e’tirof etila boshladi. Chunki fuqaro erkin bo‘lgan taqdirdagina, jamiyat taraqqiyotga erishadi. Hozirgi davrda ijtimoiy-siyosiy fanlarda «Inson» deganda, yerda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson, umuman zotning yig‘ik obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Insonning mohiyatini dastlabki o‘rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfutsiy va uning izdoshlari edi. Insonning muhim xususiyatlaridan biri-uning ijtimoiy mavjudot ekanligi dir. O‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun insonlar birlashishga intiladi. Insondagi jamiyatga uyushishni intilishni Forobiy shunday ifodalaydi: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajada yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Sharq olimlari jamiyatning kelib chiqishi va rivojlanishini insonning ichki ehtiyojlari natijasida ro‘y beradi degan g‘oyani ilgari surishdi. Forobiyning ko‘rsatishicha, inson ehtiyojlari cheksiz, ularni qondirish imkoniyatlari esa har bir odamda chegaralangan. Shuning uchun ham bir odam barcha ehtiyojlarini o‘z kuchi, harakatlari orqali to‘la qondira olmaydi, u boshqa odamlarning yordamiga tabiiy muhtoj bo‘ladi. Natijada, bir odam ikkinchi odamning ehtiyojlarini qondirishda ishtirok etadi. Chunki bu unga kerak bo‘lsa, u bunga kerak bo‘ladi. Bir birisiz yashay olmaydi, birga lashib yashash esa jamiyat degan yangi organizmni vujudga keltiradi. Bu ijtimoiy aloqa keyinchalik fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini tashkil etdi. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asarida «Fuqa rolik jamiyati» atamasini ishlatmasa ham birinchi marta jamiyat paydo bo‘lishining tabiiy-ijtimoiy konsepsiyasini ilgari surdi. O‘zaro tenglik va o‘zaro hamkorlikka asoslangan jamiyatni yaratish Forobiy orzusi edi.

Davlatning asosiy vazifasi – deydi Forobiy, -xalqlar uchun adolat va ma’rifatni qaror toptirishdan iborat. Jumladan, shaharning ideal boshlig‘i sog‘lom, kuchli, yuksak aql-idrok va xotiraga ega bo‘lishi kerak.

U sezgir ehtiyotkor, suxandon, bilim va fanni qadrlaydigan, rostgo‘y, adolat himoyachisi, boylikka hirs qo‘ymagan bo‘lishi juda zarur deydi u.

Forobiy barcha shahar (davlat) jamoasini fozil va johil shahar (davlat)- ga ajratadi va davlat boshlig‘i oldiga o‘n ikki talabni qo‘yadi:

birinchidan, barcha a’zolari mukammal taraqqiy etgan, barcha ishlarni engil bajarishi:

ikkinchidan, bunday shahar hokimi tabiatan nozik farosatli bo‘lib, suhbatdoshning so‘zlarini, fikrlarini tez tushunib tez ilg‘ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur.

uchinchidan, u anglagan, ko‘rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to‘la-to‘kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi zarur

to‘rtinchidan, uzoqni ko‘ra oladigan va o‘tkir zehn, teran aqlga egalik:

beshinchi, u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida, chiroyli so‘zlar bilan ifodalay olishi zarur:

oltinchi, u (ustozlardan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli bo‘lishi o‘qish, o‘rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaq-qatidan qochmaydigan bo‘lishi zarur:

ettinchi, taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o‘zini tiya oladigan bo‘lishi, (qimor yoki boshqa) o‘yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo‘lishi zarur:

sakkizinchi, u haq va haqiqatni, odil va haqgo‘y odamlarni sevadigan, yolg‘onni va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan bo‘lishi zarur:

to‘qqizinchi, u o‘z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli, oliy himmat bo‘lishi, ulug‘, oliy ishlarga intilishi zarur:

o‘ninchidan, mol dunyo, pul va boshqa boyliklarga ruju qo‘ymaslik:

Bu fazilatlarning hammasi bir kishida bo‘lmasligini hisobga olib, Forobiy davlatni bir kishi emas, balki bir necha kishi boshqarishi kerak- degan fikrni olg‘a surgan.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin inson huquqlari, uning erkinliklari masalasiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Mustaqillikning qisqa davri mobay nida inson huquqlarini va erkinliklarini belgilovchi qonunlarning qabul qilinganligi, inson huquqlari masalalari bilan shug‘ullanuvchi milliy institutlar ya’ni Inson huquqlari buyicha Vakil (Ombudsman) instituti, Oliy Majlis (parlament) huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari buyicha Respublika milliy markazining tashkil etilishi va faoliyati inson huquqlariga rioya etishni umumdavlat darajasida rivojlantirishga qaratilgandir. Mazkur Yangi institut lar faoliyatining asosiy yo‘nalishi fuqaroning o‘z huquqlari, burch va majburiyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlarini keng va oshkor ro’yobga chiqarish, mansabdor shaxslar, boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazorat (ombudsman) funksiyasini amalga oshirish, ya’ni fuqarolardan kelib tushayotgan shikoyatlarni bevosita ko‘rib chiqish va tekshirish tarzida qondirishdir. Bu institutlarning asosiy vazifasi mamlakatimiz fuqarolarining huquqiy erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir.

2. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ularni ta’minlashning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy qadriyatlar talablari darajasida shakllandi. Konstitutsiya va qonunlar inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat talablari darajasidagi mezonlari, me’yorlarini yarata oldi.

Konstitutsiyaning VII-bob «Shaxsiy huquq va erkinliklar» degan bobining 24-moddasida «yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir» deb yozilgan, 25-moddasidagi «Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», 27-moddasidagi «Har kim o‘z sha’ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirish, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas» deb yozilgan. 29-moddada «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega» deyilgan. Konstitutsiyaning «Siyosiy huquqlar» degan VIII bobining 32 moddasida «O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqlariga egadirlar» deyilgan. «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar» deb nomlangan IX bobining 36, 43 moddalarida har bir shaxsning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari hamda erkinliklari Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanganligi ta’kidlangan.

Fuqarolik jamiyati qurishning demokratik qadriyatlari va tamoyillarining shakllanishini ta’minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning istiqbollarini belgilab berdi.

Fuqaro erkinligini ta’minlash uning mas’uliyati va burchlari bilan mustahkam bog‘langandagina, real voqelikka aylanishi mumkin.

Mustaqil O‘zbekiston fuqarolik mas’uliyatini aniqlar ekan, bu boradagi eng ilg‘or nazariyalarga asoslanib ish ko‘radi. Uning mohiyati mustaqillik sharoitida tubdan o‘zgarmoqda. Avvalgi davrdagi fuqarolik mas’uliyati tushunchasi birinchi o‘rinda sotsialistik jamiyat, markscha-lenincha mafkura, jahon sotsialistik tizimi, hukmron partiyaga sadoqat, xususiy mulkchilikni inkor etishni talab qilardi. Hozirgi paytda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘rta va kichik tadbirkorlikni har tomonlama rag‘batlantirish, fuqarolarda jamiyatga nisbatan, mustaqillikka nisbatan mas’uliyat hissini uyg‘otishga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy mas’uliyatlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

1.O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkam-lashga qaratilgan mas’uliyatlar:

- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga rioya qilish:

- qonunlarni bajarish:

- mehnat intizomini saqlash:

- jamoat burchiga vijdon bilan qarash:

- mulkning bozor shakllarini mustahkamlash: va hokazo.

2. O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mas’uliyatlar:

- vatan qudratini oshirish va himoya qilish:

- vatanni himoya qilish:

- umumiy harbiy xizmatni qonun asosida bajarish:

Demokratik jamiyat qurish tajribalari ko‘rsatadiki, qaysi bir jamiyatda mansabi, irqi, jinsi va ijtimoiy mavqei qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, fuqarolar konstitutsiya va qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan o‘z burchlari va mas’uliyatlarini amalda bajarganlaridagina, o‘zlariga tegishli bo‘lgan erkinliklari va huquqlaridan foydalana olishlari mumkin. Konstitutsiyaning IX-bobidagi oltinchi moddasida fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlangan.

3. Demokratik jamiyatni barpo etishda fuqarolarning ijtimoiy jarayonlarda faol ishtiroki muhim omillardan biri ekanligi haqida Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov quyidagi fikrni bildirgan edi: «Hokimiyat tuzilmalarining demokratik mazmuni ko‘p jihatdan davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirok etish masalasi qanchalik hal qilinganligi bilan belgilanishi ma’lum. Biroq hali jamiyat va fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etish, o‘zlari qanday boshqarilayotganligi haqida ma’lumot olish huquqini anglay boshlashiga va bu huquqdan foydalana oladigan bo‘lishlariga erishish kerak. Buning uchun fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish zarur».

Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni muhimdir. Hozir O‘zbekistonda 7 millionga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari faoliyatida, 600 mingdan ko‘proq kishi siyosiy partiyalar ishlarida ishtirok etadilar. O‘zbekiston yoshlarining «Yoshlar Ittifoqi» ijtimoiy harakati jamiyatimizning barcha yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu harakatga Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida mehnat qilishni va kurashishni o‘zi uchun hayotiy ehtiyoj deb bilgan 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlari a’zo bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda bu harakatning 20 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari bo‘lib, ular 4 milliondan ortiq yoshlarni birlashtirgan.

Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda saylovlar muhim ahamiyatga egadir. 2004 yil 26 dekabrdagi saylov va 2005 yil 9 yanvar dagi takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining barcha 120 deputati saylandi va ro‘yxatga olindi.

Saylovlarda 489 deputatlikka nomzod, shu jumladan, siyosiy partiya lardan 435 kishi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan mustaqil nomzodlar 54 kishi ishtirok etdi.

2004 yil 26 dekabrdagi asosiy saylovda 12197159 (81,1 foiz) saylovchi, joriy yil ya’ni 2005 yil 9 yanvarda esa 5400000 dan ortiq kishi, takro-riy ovozda ishtirok etish huquqiga ega saylovchilarning qariyb 80 foizi qatnashdi

Saylovlar natijasida O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi saylov-chilarning eng ko‘p ovozini oldi, bu partiyadan nomzodlarning 34,2 foizi saylandi: O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi deputatlari 23,3 foizni tashkil qildi: «Milliy tiklanish» partiya-11 kishi, «Adolat partiyasi-10 a’zosi deputatlik ka saylandi. Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning qariyb 18 foizi xotin qizlar edi, bu esa 1994 yilda Oliy Majlisga bo‘lgan saylovlardan ikki baravar ko‘p demakdir.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respub likasi Qonunining 58 moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2005 yil 17-20 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan saylov natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 84 nafar a’zo ro‘yxatga olindi. Shunday qilib o‘n to‘rtta hudud-dan oltitadan 84 ta, Konstitutsiyaga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16 nafar senat a’zolari tayinlandi va birgalikda 100 kishini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillik yillaridagi tajribalarimizni, xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy hayotini analiz qilib fuqarolarning siyosiy jarayonlarda qatnashishining qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon borligini ko‘rsatdi. «Bular-xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, hukumat qaror lari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarish da qanchalik ishtirok etishi dir».

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish, ularning qarorlar qabul qilishda ishtirok etishi fuqarolik jamiyatini qurish ning kafolatlaridan biridir.

Siyosiy ong va siyosiy madaniyat yuksalishida fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokining ahamiyati kattadir. Fuqarolarning siyosiy qaror qabul qilish dagi ishtiroki ularda siyosiy-ijtimoiy faollikni uyg‘otadi, siyosiy mas’uliyat ruhini shakllantiradi. Har bir fuqaroga o‘zligini anglashiga, uning jamiyatda o‘ziga munosib o‘rin egallashiga qulay sharoit yaratadi.

Demokratiyani tabiiy ravishda rivojlantirish uchun fuqarolarning umumiy mada niyatlilik darajasi ham yuqori bo‘lishi lozim. Faqat yuksak madaniyatgina jamiyatni haqiqiy demokratik rivojlanishiga olib keladi.

Insonlar o‘zlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlari yoki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun amaliy jarayonlarda ishtirok eta boshlagandagina siyosiy madaniyat shakllanib boradi. Bunday madaniyatni siyosiy partiyalar guruhlarida ishtirok etish orqaligina egallash mumkin. Hech bir inson yakka o‘zi harakat qilib, o‘zining moddiy, siyosiy, huquqiy manfaatini, erkin fikrlash huquqini qo‘lga kirita olmaydi.

Siyosiy madaniyatning plyuralistik turi quyidagi sharoitlar yaratilgan-dagina rivoj lanishi mumkin:

- iqtisodiy-ijtimoiy hayotda mulkchilikning turli shakllarining paydo bo‘lishi:

-fuqarolik jamiyati siyosiy institutlarining shakllanishi asosan saylovlar vosita sida amalga oshishi, hech kim, hech bir guruhning bu hokimiyatni na amalda, na huquqiy jihatlardan o‘z monopoliyasiga aylantirishga yo‘l qo’ymaslik lozim.




Yüklə 173,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin