Magnit maydonining o‘ziga xosliklari ham mavjud. Uning shimoliy va janubiy qutblari borligi va ular orasida magnit maydoni kuch chiziqlarining berkilishi qaraladi. Ammo, elektr maydonidan farqli ravishda, magnit maydonini istalgancha kichik zarrachaga maydalangan magnit xossali materiallarda ham alohida (yaxlit) shimoliy va

a)
b)
d)
janubiy qutblarga ajratib bo‘lmaydi. Eng kichik zarrachada ham qutblar juftligi saqlanib qoladi, ya’ni N-S yoki S-N.Elektr va magnit maydonlarini yaxlit tabiatga ega ekanligini va ular bir-biri bilan faqat harakatlanish orqali chambarchas bog‘lanishini kashf etish sharafiga Faradey muyassar bo‘lgan.
U 1831 yilda elektromagnit induksiya qonunini e’lon qildi.
U 1831 yilda elektromagnit induksiya qonunini e’lon qildi.
Ta’rif: harakatdagi elektr maydoni o‘z atrofida magnit maydoni hosil qiladi va aksincha vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi magnit maydoni ta’sirida elektr maydoni hosil bo‘ladi.
2. Elektromagnit maydon nazariyasi hamda elektr va magnit zanjirlari nazariyasi masalalarmmg umumiy fizik asosi.
Elektromagnit maydoni energiya yoki signallarni o‘zatuvchi yoki o‘zgartiruvchi texnik va fizik qurilmalarda qo‘llanadigan asosiy fizikaviy agentdir. Elektromagnit maydoni bilan bog‘liq jarayonlar elektromagnit maydonini vaqt va fazoda to‘liq yoritib berilishini taqozo etadi. Aniq qurilmalardagi elektromagnit hodisalarni yoritib berishdagi murakkabliklar ushbu jarayonlarni hisoblashning vaqtga bog‘liq holda usullarini qidirib topish vazifasini qo‘yadiki, bu esa elektr zanjirlar nazariyasini rivojlantirish bilan bog‘liqdir.
Elektromagnit maydonining u yoki bu xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi elektr zanjirlarining elementi sifatida aniq qurilmalarni ajratib berilgan funksiyalarni bajaruvchi yangi murakkab asbob va jihozlarni yaratish uchun elektr zanjirlari nazariyasidan foydalanish mumkinligiga erishamiz.

Elektr zanjirlari nazariyasi aynan elektr magnit jarayonlari hisobini soddalashtirish imkonini bergani uchun ham asosan katta rivojlanishga ega bo‘ldi. Elektromagnit maydoni materiyaning bir turi bo‘lib, har bir nuqtada “Elektr maydoni” va “Magnit maydoni” nomlarini olgan ikkita vektor kattalik bilan tavsiflanadi. Elektromagnit maydoni bo‘shliqda c=2,99810 m/s 310 m/s tezlik bilan tarqaladi.
Yaxlit elektromagnit maydonining ikkita tomoni bo‘lgan elektr va magnit maydonlarini namoyon qilish uchun ularning o‘zini sezdiruvchi u yoki bu xossalaridan foydalaniladi.