4-mavzu: Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi. Reja


Qishloq xo’jalik korxonalari ixtisoslashuvining iqtisodiy mazmuni, shakllari va



Yüklə 387,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix07.06.2023
ölçüsü387,99 Kb.
#126380
1   2   3   4   5   6   7   8
Lecture - 4

4.2. Qishloq xo’jalik korxonalari ixtisoslashuvining iqtisodiy mazmuni, shakllari va 
darajasi 
Qishloq xo’jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning tamoyillaridan 
biri ularda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishda mavjud tarmoqlarni eng yuqori 
samaradorlik ko’rsatkichlariga muvofiq uyg’unlashtirishdan iboratdir. Qishloq xo’jaligi sohasida 
korxonalarning ixtisoslashuvi deyilganda ularning faoliyati natijasida mahsulotlarning avvaldan 
belgilangan yoki ma’lum bir turlarini ishlab chiqarishga qaratilganligi tushuniladi. Qishloq 
xo’jaligi korxonalarida bu jarayon, odatda ma’lum bir sohalarning qisqarishi tufayli ikkinchi bir 
soha yoki sohalarning kengayishi bilan bog’liq. 
Ixtisoslashuvning maqsadi korxona sohalarining ma’lum bir tovar mahsulotlarini ishlab 
chiqarishga moslashuvidan keladigan daromadlarni ko’paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, 
mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, chiqimlarni kamaytirish, mehnat 
samaradorligini yuksaltirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir. 
Ixtisoslashuv ishlab chiqarish resurslarini markazlashtirib, ko’p tarmoqli xo’jalikdan 
ixtisoslashgan xo’jalikka o’tish, qishloq xo’jaligi oldida samaradorlik hamda sifat 
ko’rsatkichlarini oshirish vazifasi turgan hozirgi iqtisodiy islohotlar chuqurlashayotgan bir 
paytda O’zbekiston Respublikasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
Ixtisoslashuv ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi ko’rsatkichlari asosida mahsulotlar 
ishlab chiqarishni ko’paytirish, qishloqlarda ijtimoiy muammolarni hal etishda qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishining tashkiliy asosining dastagi sifatida harakat qiladi. 
Mehnat taqsimoti va uning o’ziga xos shakli ya’ni-ixtisoslashuv ishlab chiqarishning tovar 
formasi bilan bir paytda paydo bo’lgan. Ular, mehnat taqsimoti tovar ishlab chiqarilishi rivoji, 
korxonalar va tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o’rtasida mahsulot almashuvi hamda 
o’zaro xizmat ko’rsatishda muhim rol o’ynaydi. 
Qishloq xo’jaligida ixtisoslashuvning o’z obyektiga ega bo’lgan turli shakllari mavjud. 

Yüklə 387,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin