Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtisoslashuvi murakkab iqtisodiy jarayon sifatida ko’pincha
qarama-qarshi yo’nalishlarda, ya’ni goh tezlashtiruvchi, goh sekinlashtiruvchi ko’pgina
omillarning ta’sirida rivojlanadi. Har qanday sharoitda
ham u ishlab chiqarishni
tashkillashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Xo’jaliklarda ixtisoslashuvning tezlashuvi, xususan
qishloq xo’jaligi mashinasozligida ilmiy-texnik taraqqiyotga imkon yaratadi. Qishloq xo’jaligini
yirik mashinali ishlab chiqarish tarmog’iga aylantirish, asosiy texnologik jarayonlarni
mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, tizimga mashinalarni kiritishga imkon beradi.
U yoki bu tarmoqda, masalan g’alla yig’imi, paxta yig’imi va h.z.larda nisbatan mahsuldor
va tor ixtisosdagi ishlab chiqarish texnikasini yaratish tarmoq ixtisoslashuvini talab qiladi.
Sermashaqqat mehnat talab qiladigan sohalarni mexanizasiyalash bir operasiyali mashinalar,
shunindek aniq bir mahsulot uchun bir necha texnologik operasiyalarni uyg’unlashtirgan
mashinalar majmuasini, namunali binolarni talab qiladi.
Ixtisoslashuv jarayoni tezlashuviga tabiiy sharoitlar (tuproq, iqlim, joy relyefi) ham ta’sir
ko’rsatadi. Bu va shu kabi boshqa omillarni, alohida nazarda tutish lozim. Yaxshi yo’llar va
yetarlicha transport vositalarining mavjudligida yuksak tabiiy unumdor joylarda qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishi konsentrasiyasi keskin kuchayadi.
Yirik industrial markazlarni yaratish, sotuv bozorining mavjudligi, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining amaldagi baholari ham qishloq xo’jaligi korxonalarining ixtisoslashuvini
tezlashtiradi. Ixtisoslashuvga imkon yaratadigan omillarning
harakati birgalikda, har bir
korxonaning ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida o’z vazifasi bo’lishiga olib keladi.
Qarama-qarshi yo’nalishda o’z-o’zini ta’minlash, yil davomida ishning bir tekis
taqsimlanishi, qo’shimcha mahsulotdan foydalanish kabi ixtisoslashuvga to’siq bo’ladigan
omillar amal qiladi. Universalligi bilan farqlanadigan ko’p tarmoqli xo’jaligi bo’lgan tumanlarda
shunday holatlar mavjud bo’ladi. Ular bir xil nisbatlarda bir xil mahsulotlarga ishlov beradilar,
almashlab ekishda bir xillikga egalar, bir xil turdagi jonivorlarni boqadilar. Ixtisoslashuvning
chuqurlashuvi turli tarmoqlar va ishlab chiqarishda universal ishlab chiqarish kuchlarining
yaratilishidan foydalanishga to’sqinlik qiladi. Zamonaviy shudgorlash traktori, traktorchiga
paxta, kartoshka, ozuqa mahsulotlariga ishlov berish imkonini beradi. Xo’jalikda bir necha
tarmoqlarning mavjudligida tuproq unumdorligini oshirishning vositasi sifatida almashlab ekish
juda muhim ahamiyatga ega. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi bilan bir xo’jalik doirasidagi turli
tarmoqlarning o’zaro aloqasi barcha qo’shimcha mahsulotdan foydalanish hisobiga kuchsizlanib
boradi. Mehnat taqsimoti darajasiga qarab sohalararo muvozanat bir-birini to’ldiruvchi
ixtisoslashgan xo’jalik tizimiga yaqinlashadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvo-fiqlashtirishning
quyidagi tamoyillari
mavjud:
-
o’z-o’zini mablag’ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng samarador
va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish;
- xo’jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o’ziga xosliklarini eng yuqori darajada hisobga
olish;
- xalq xo’jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash;
-
qishloq xo’jaligida mulklarning mavjud samaradorligini oshirish va ulardan oqilona
foydalanish;
-
mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
mavsumiyligini kamaytirish;
- ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa qimmatbaho
mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish;
- mahsulotlarni realizasiya qilish punktlarini tashkil qilish,
transport chiqimlarini
kamaytirish;
-
korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli xizmatlarga ichki
ehtiyojlarini qondirish;
- mahalliy aholining kasbiy ko’nikmalaridan foydalanish.
Qishloq xo’jaligi xilma-xil tovar maxsuloti ishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o’zviy bogliq va
bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlar majmuasidan tashkil topgan.
Tarmoq deb, bir-biridan ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi, foydalaniladigan asosiy va
aylanma vositalarning tarkibi, ishchi kuchlarining xarakteri, malakasi, kasbi va pirovard
maxsuloti bilan farqlanadigan soxalarga aytiladi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida dexqonchilik va chorvachilik tarmoqlari bir-biri bilan uzviy
bogliqdir. Bu tarmoqlar o’z navbatida qator yana xam chuqur
ixtisoslashgan tarmoqlarga
ajraladi. Dexqonchilikda, ishlab chiqariladigan maxsulot turiga qarab: donchilik, paxtachilik,
kartoshkachilik, sabzavotchilik, bogdorchilik va boshqalar; chorvachilikda mollar turiga asosan:
qoramolchilik, cho’chqachilik, qorako’lchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va
xokazolar.
Tarmoqlar o’z navbatida asosiy yoki yetakchi, qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarga
bo’linadi. Bunday turkumlash asosida tarmoqlarda ishlab chiqariladigan tovar maxsulotlarining
salmog’i va tutgan o’rni xisobga olinadi.
Asosiy tarmoq korxonada ishlab chiqariladigan tovar maxsulotining 2/3 (uchdan ikki)
qismini yoki 66 foizidan ortigini berishi lozim. U xo’jalikning ixtisoslashganligini belgilaydi,
ishlab chiqarish tarkibi shu asosiy tarmoqka bogliq.
Qo’shimcha
tarmoq deb, yalpi va tovar maxsulotining eng kamida 1/3(uchdan bir) qismini
tashkil etadigan tarmoqqa aytiladi. Qo’shimcha tarmoqlar asosiy tarmoqning rivojlanishiga
bevosita ijobiy ta’sir etib, korxonada mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslaridan to’la va
samarali foydalanish uchun sharoit yaratib beradi. Qo’shimcha tarmoqlarga -paxtachilik
xo’jaliklarida - pillachilik, sut va go’sht ishlab chiqaruvchi fermalar, sabzavotchilik,
kartoshkachilik va xokazolar kiradi.
Yordamchi tarmoq (yoki yordamchi sanoat korxonlari) - bu qishloq xo’jalik xom ashyosini
qayta ishlaydigan - tegirmonlar, objuvozlar, sutni qayta ishlovchi sexlar, sabzavot, meva, uzumni
qayta ishlaydigan korxonalar, shuningdek qurilish materiallari tayyorlaydigan: g’isht, cherepisa
zavodlari, taxta tiladigan - piloramalar,
inventarlar yasaydigan, qurilish materillari tay/laydigan
ustaxonalar; maishiy xizmat ko’rsatadigan- oshxona, nonvoyxona, tikuvchilik, poyafzal va
boshqa ustaxonalar kiradi. Qo’shimcha tarmoqlar yil davomida qishloq joylaridagi ortiqcha
mexnat resurslaridan to’la va bir tekis foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy
samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Qishloq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga asta-sekin o’tkazish, korxonalarning yangi
shakllarini paydo bo’lishiga olib keldi, ularda yangicha mexnat taqsimoti shakllanmokda, xamda
asosiy, qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarni muvofiqlashtirishning yangicha shakllari vujudga
kelmoqda. Tarmoqlarni muvofiqlashtirishdan ko’zda tutilgan maqsad, qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishida asosiy vosita bo’lgan yerdan yanada unumli foydalanishdir.
Tarmoqlarni to’g’ri, ilmiy asosda muvofiqlashtirish barcha ishlab
chiqarish vositalaridan
samarali foydalanish, transport xarajatlarini qisqartirish, mablag’lar aylanishini tezlatish va sof
daromadni oshirish imkonini beradi.
Tarmoqlarni bir-biriga maqsadga muvofiq ravishda muvofiqlashtirishning iqtisodiy
tamoyillari qo’yidagilardan tashkil topadi:
❖ bozorni yuqori sifatli, arzon, raqobatga chidaydigan qishloq xo’jalik maxsulotlariga
bo’lgan talabini to’la qondirish;
❖ to’la xo’jalik xisobi va o’z-o’zini moliyalash tamoyillari asosida yuqori samaradorlikka
va xo’jalik yurtishni mustaqilligiga erishish;
❖ korxonaning tabiiy-iqlim va iqtisodiy xususiyatlarini keng ko’lamda xisobga olish;
❖ qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning xosildorligini oshirish va ulardan to’la va to’g’ri
foydalanish;
❖ mexnat taqsimotini to’g’ri rejalashtirish asosida mexnat resurslaridan unumli
foydalanish va ishlab chiqarishda mavsumiylikni pasaytirish;
❖ ishlab chiqarish vositalaridan va xususan energiya bilan qurollangan,
yuqori qiymatli
texnika vositalaridan unumli foydalanish;
❖ tovar maxsulotlarini sotish makonlarini kengaytirish va transport xarajatlarini
kamaytirish;
❖ korxonaning oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan ichki talablarini qondirish, axolini
texnika xizmati yordamiga bo’lgan extiyojlarini bajarish.
Asosiy va qo’shimcha tarmoqlarni muvofiqlashtirib borish ularning bir me’yorda
rivojlanishini ta’minlaydi. Tarmoqlarni muvofiqlashtirib borish shakllari juda ko’p Ular ishlab
chiqarishning maxalliy, tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga bog’liq bo’lib, xar gektar yerdan, xar bir
bosh chorva molidan ko’proq miqdorda, arzon mahsulot olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: