Syujetli-obrazlio‘yinlar - syujetli-rolli o„yin uchun foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, muloyimlik, g„amxo„rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o„ynay olish malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o`yinchoqlari – bolalarda texnikaga va texnika asboblariga bo„lgan qiziqishni va ularni o„z o„yinlarida qo„llay olish imkonini yaratadi. Bolalarni texnikaga bevosita aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport turlari, aloqa vositalari) tashqi ko„rinishi, obrazni va unga xos harakatlarni tanishtiruvchi texnik o`yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o`yinchoqg‘isodda, boshqarish va foydalanish jihatdan qulay va osondir. Bu o„yinda buyumning asosiy vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim. (avtomobilda g„ildiraklar harakatlanishi, eshik ochilishi). qurilish materiallari bilan o„ynaladigan o„yinlarning asosiy 2 tipi mavjud:
kublar, prizmalar, konuslar, piramida, selindrlar, plastinkalar, geometrik shakllar to„plami.
turli blok - devor, froniton, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura va qurilish materiallaridir. Mayda (stol o„yinlari uchun) va yirik (polda va
maydonchada) o„ynashga mo„ljallangan. Bu qurilish materiallarining rangi rang- barang bo„lishi mumkin.
Didaktiko`yinchoqlarning asosini xalq o`yinchoqlari tashkil qiladi. Ular o„yin vazifasini bajarishda bola o„z-o„zini nazorat qilishni ta‟minlaydi. Xilma xil mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiruvchi didaktik o`yinchoqlarga mansubdir. Ulardagi o„yin vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat.
Harakatlio‘yinlarga mo„ljallangan o`yinchoqlar; suv, qum bilan o„ynaladigan o`yinchoqlar, koptoklar, arg„amchilar, chambaraklar, kegli va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashni ta‟minlaydi.
Musiqali va teatrlashtirilgan o`yinchoqlar bolalarning musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o„stirishga yordam beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklarni sahnalashtiradilar.