4-mavzu. Qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati


Farzand tarbiyasida o`yinchoqning ahamiyati



Yüklə 220,81 Kb.
səhifə5/9
tarix13.12.2023
ölçüsü220,81 Kb.
#175754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 4 (3)

Farzand tarbiyasida o`yinchoqning ahamiyati


O`yinchoq - bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab ularga yo„ldosh quvonch manbaidir. O`yinchoq
- bolaning o„ynashi uchun mo„ljallangan va boshqa
maqsadlardan foydalanmaydigan buyum bo„lib hisoblanadi. O`yinchoqda buyumlarning tipik hususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.
Pedagog A.S.Makarenko, «O`yinchoq o„yinning «material asosi», o`yinchoq o„yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o„ziga xos sherigi sifatida namoyon bo„ladi, uning shaxsiga ta‟sir ko„rsatadi», - deb ta‟kidlaydi. Rus pedagoglari - o`yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqe‟likni o„rganishga yordam beradigan, ranglar, buyumlar ko„lamini ularning materiallarini farqlash malakasini rivojlantiruvchi vosita, deb ta‟kidlab, bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyatini ko„rsatib berdilar.
Xalq pedagogikasida o`yinchoqlarning butun bir tizimini ishlab chiqilgan bo„lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
O`yinchoqlar – bolalarning nutqqiy faolligini uyg„otadi, lug„at boyligini oshiradi, ularda tahlil qilish yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash diqatni jamlash va barqarorligini rivojlanishida muhim bir vositadir.
O`yinchoq bolalarda – ma‟naviy-axloqiy tuyg„ularni (mehribonlik, avaylash, e‟tiborlik) shakllantiradi, atrof muhitga ijobiy munosabatni uyg„otadi.
O`yinchoqlar va o„yinlar xalq pedagogikasining eng samarali vositasi bo„lib, tarbiyani ular orqali singdirish qulay yo„llardan biri sanalgan.
Shu sabab ota-bobolarimiz, momolarimiz o`yinchoqlarning ahamiyatiga alohida diqat qaratishgan. Ajdodlarimiz milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi o`yinchoqlarga turli matolar vositasida bezak berishgan. Bunday o`yinchoqlar millatga xos urf-odat, qadriyatlarni aks ettirgan.
Hozirda esa savdo rastalarida milliy o`yinchoqlar bilan bir qatorda g„arb davlatlari andazasidagi zamonaviy o`yinchoqlarni ham topishimiz mumkin.
Bugungi kunning ota-onalari farzandlari uchun xarid qiladigan o`yinchoqg„ining qayerda tayyorlanganligiga, shakli, qaysi hayvon yoki buyumga bog„liqligiga, qanday o„ynalishiga va bola ruhiyatiga ko„rsatadigan ta‟siriga katta e‟tibor berishlari lozim. Bir so„z bilan aytganda, bola uchun qanday o`yinchoq tanlash kerakligini yaxshi bilishlari zarur. Chunki o`yinchoqlar bolaning ruhiy jihatdan me‟yoriy rivojlanishi uchun zarur vosita vazifasini o„taydi.
Psixologlar o„yinning maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida yetakchi jarayon ekanligini ta‟kidlab, insonga o„qishda, odamlar bilan muloqot- munosabatda, ijodda zarur bo„ladigan barcha sifatlarning kurtaklari o„yinda shakl- lanishini qayd etadilar. O„yin faoliyatida bolaning tasavvuri, xayoli rivojlanadi hamda u diqqatini bir joyga to„plashga o„rganadi. Aynan o„yin faoliyatida kichkintoylar o„zlarining harakatlarini boshqarishni, o„z xohish-istaklarini nazorat qilishni, xatti-harakatlarini maqsadga yo„naltirishni o„rganadilar.
O`yinchoqlar esa uning bilish jarayonlarini shakllantirish va ruhiy rivojlanishi uchun asosiy omil bo„lib xizmat qiladi. O`yinchoq bola uchun shunchaki ko„ngilxushlik vositasi, deb hisoblaganlar adashadilar. O`yinchoq bola ruhiy rivojlanishiga kuchli ta‟sir ko„rsatuvchi omildir. Aniqrog„i, farzandingizning ruhiy rivojlanishiga uning o`yinchoq bilan bajaradigan harakatlari, muloqoti kuchli ta‟sir ko„rsatadi. Bolalar mehnat va turmushda qo„llanuvchi buyumlarning nusxasi bo„lgan o`yinchoqlarni o„ynash orqali turli narsalarning nima masadda ishlatqilishini tushunib, asta-sekin haiqiy buyumlar olamiga psixologik jihatdan kirib boradi. Farzandingiz turli xil qqo„g„irchoqqlar, hayvonchalar ko„rinishidagi o`yinchoqlar bilan o„ynaganda, boshqalarga g„amxo„rlik qilish, hamdard bo„lishni o„rganadi, uning emotsional-hissiy muloot ko„nikmalari rivojlanadi. O`yinchoqning bola ruhiyatiga ta‟sirini inobatga olsak, o`yinchoq tanlashda ota- onadan alohida hushyorlik talab qilinadi. Shiqildoq o`yinchoqlar chaqaloning psixofiziologik rivojlanishiga ta‟sir etib, bunda kichkintoyning ovoz eshitish sezgisi oshadi. Ammo o`yinchoqning ovozi juda baland bo„lmasligi zarur. Bu go„dakni cho„chitib, qo„rqitib yuborishi mumkin. Chaqalolar besh oylikdan oshganidan so„ng narsalarni mustail ushlab, his qilish qobiliyatiga ega bo„ladi. Kichkintoy sakkiz oylik bo„lganida taxtadan yasalgan kubiklar berilsa, bu uning sog„ligi uchun zarar yetkazmaydi. Chunki ular tabiiy toza xomashyodan yasaladi.
So„nggi paytlarda bolalarni maktabga ertaroq tayyorlashga qiziqish ortib, har xil didaktik, ya‟ni muayyan aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o`yinchoqlar ancha xaridorgir bo„lib oldi. Bunday o`yinchoqlarni o„ynashning foydali tomonlarini inkor etib bo„lmaydi, ammo bolalikdan tom ma‟nodagi o„yin
yo„qolib, uning o„rnini o„quv mashg„ulotlarining topshiriqlariga o„xshash narsalar egallashiga yo„l qo„yish mumkin emas. Ota-onalar har xil rivojlantiruvchi didaktik o`yinchoqlarni qidirishga ko„p vaqt sarflamay, farzandiga odatdagi oddiy o`yinchoqlarni olib bergani ma‟qul. Ota-ona, shuningdek, bolada harakat ko„nikmalarini rivojlantiruvchi o`yinchoqlar haqida ham unutqmasligi kerak. Zero, to„g„ri tanlangan o`yinchoq bolaning shaxs sifatidagi rivojiga ijobiy ta‟sir ko„r- satadi.
O`yinchoq tanlashda – bolaning yosh va individual xususiyatlarini, qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondoshuv - o`yinchoq tanlashga bo„lgan talabni yanada oshiradi. Asosan: pedagogik, gigiyenik, badiiy talab orqali o`yinchoq tanlanadi.
Pedagogik talab: o`yinchoq obrazi va mazmunining bola tarbiyasiga muvofiqligi; jamiyatimiz g„oyasi nuqtai nazariga mos kelishi, g„oyaviy jihatdan qimmatli bo„lishi – pedagogik talabning muhim belgisi hisoblanadi. O`yinchoq - bolada
olijanob tuyg„ularni uyg„otishi, boshqa millat bolalari bilan do„stona munosabatlarni tarbiyalashda, voqelikka nisbatan olijanob tuyg„ular uyg„otishi, ijobiy axloqiy tajriba to„plashga yordam berishi lozim. O`yinchoq bolaning faollikka bo„lgan intqilishini qonitirishi va uni uyg„otishi kerak. Obrazli o`yinchoq
- real haqiqatni ifoda etuvchi, buyum va uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
O`yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko„p marotaba rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib chiqib, o`yinchoqa uyidagi talablar qo„yiladi:

Yüklə 220,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin