Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari 2000-2019 yillarda (1 oktyabrga qadar) respublikamizda 20 foizli va nol darajali stavkalar qo‘llanilib kelindi. 2019 yil 1 oktyabrdandan boshlab esa 15 foizli, nol darajali hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari (farqlangan stavkalar 2020 yil 1 yanvardan bekor bo’lgan) joriy etildi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Quyidagilarga nollik darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi:
1) O’zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
3) O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g’amlab qo’yilgan narsalar. Ushbu me’yorni qo’llash maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan yoqilg’i va yonilg’i-moylash materiallari g’amlab qo’yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
2) Ilgari O’zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O’zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo’lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari Quyidagilarga nollik darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi:
4) Chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog’ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O’zbekiston Respublikasi hududiga etib kelish joyidagi bojxona organidan O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmatlar;
6) Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi to’langan soliqni qoplash (qaytarish) yo’li bilan nol darajali stavkasi bo’yicha tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) quyidagicha olinsa:
- chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a’zolarining) shaxsiy foydalanishi uchun;
- Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olayotgan soliq to’lovchilar tomonidan, agar bitimda nol darajali stavka qo’llanilishi nazarda tutilgan bo’lsa.
5) Xalqaro tashishlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan xizmatlar.