4-Mavzu: Qo‘shilgan qiymat solig‘i


Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari



Yüklə 33,9 Kb.
səhifə6/13
tarix16.12.2023
ölçüsü33,9 Kb.
#182319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1338682.pptx

Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq kodeksining 248-moddasiga ko’ra, soliq bazasi aksiz solig’ini (aksiz to’lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo’llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
Xaridorlarga realizatsiya qilish bo’yicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to’lovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda;
yuridik shaxsning mol-mulkidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishda.
tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko’rsatishda);
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori bo’lsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq to’lovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq to’lashdan bo’yin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yo’li bilan nizolashishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chog’ida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chog’ida byudjetga haqiqatda to’langan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past bo’lishi mumkin emas.
Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq obyekti, soliq solish bazasi va soliq stavkalari
Tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni qo’shgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi:
tovarlarning bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatini;
tovarlar O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda to’lanishi lozim bo’lgan aksiz solig’i va bojxona bojini.

Yüklə 33,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin