-gospital yordamlar: suitsidal belgilari mavjud bemorlarga inqiroz holatlarida yoki autoagressiv xulq-atvorda ruhiy buzilishlar yuzaga kelganda psixiatrik kasalxonalarda maxsus statsionar yordam koʻrsatiladi.
Suitsidal xizmat boʻgʻinlaridagi baʼzi ishlarni batafsil koʻrib chiqamiz: 1.Suitsidal harakatlarni toʻxtatish maqsadida “Ishonch telefonlari” maslahat yordamlar uchun moʻljallangan. Bu suitsidologik xizmat tizimining asosiy vazifalari inqiroz holatida murojaat qilgan bemorlar bilan psixoterapevtik suhbat oʻtkazib, suitsidal istakni toʻxtatish choralarini qoʻllaydi.
“Ishonch telefoni” maxsus jihozlangan binoda tashkil qilinib, zaruriy hollarda bir nechta telefon raqamlari, alohida ovoz oʻtkazmaydigan xonalarda va mijoz bilan har kuni kecha-kunduz tanaffussiz amalga oshirish koʻzda tutilgan. “Ishonch telefoni” manzili manzil maʼlumotnomalarida koʻrsatilmaydi. Boʻlim mutaxassislari faqat “Ishonch telefoni” yoki tahallus bilan oʻzlarini tanitadilar, oʻzlarining pasport maʼlumotlari va manzillarini koʻrsatmaydilar. Begona kishilarning boʻlim binosiga kirishi va aloqa liniyasidan shaxsiy soʻzlashuvlari qatʼiyan man qilinadi.
“Ishonch telefoni” faoliyatiga vrach-psixiatrlar vrach-psixoterapevtlar yoki tibbiy psixologlar, amaliy psixologlar, pedagog-psixologlar, psixologiya va tibbiyot muassasalari talabalaridan iborat, suitsidologiya doirasida va “ishonch telefoni” ishida maxsus bilimga ega volontyorlar jalb etiladi.
Abonentlarning “Ishonch telefoni”ga murojaati murojaatlar jurnaliga qayd qilinadi, unda soʻzlashuvning qisqacha mazmuni, koʻrilgan choralar (maslahat, qisqacha mazmuni), zaruriy hollarda abonentning turar joyi va pasport maʼlumotlari yoziladi.
2.Ijtimoiy-psixologik yordam xonasi inqiroz va suitsid xavfli holatlarga aylangan vaziyatda koʻngilli ravishda murojaat qilgan shaxslarga maslahat va profilaktik yordam koʻrsatadi.
Bu xonaning asosiy vazifalari:
-maslahat-diagnostik ishlar;
-murojaat qilgan fuqarolarga psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatish;
-aholiga psixologik va psixoprofilaktik yordam, ruhiy sogʻlomlashtirish dasturida ishtirok etishi;
Ijtimoiy-psixologik yordam (xohishga koʻra) anonim tarzda koʻrsatiladi. Bu xonada hisob hujjatlari yuritiladi.