Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni ham kundalik va kasbiy faoliaytda qo’llay olish qobiliyati.
Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi. Kompetentsiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi - Kompetensiya - Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi. Umumiy o‘rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o‘quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. O‘quvchi uchun kompetensiya - bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal(orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o‘quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi. Umum ta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng asosiy - fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur. 2.Ta’lim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi. 1. Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko‘zda tutadi. Bu umumiy o‘rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o‘zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog‘liq xatti-harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. 2.Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi komponentlarining o‘zaro mosligini ko‘zda tutadi. 3.Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir. Buning uchun insonparvar g‘ oyalar umumiy ta’limmazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro munosabatlari tamoyilining o‘zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga yo‘nalganlik tashkil etishi zarur. 4.Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta’limni insonparvarlashtirishdagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon beradi. U ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.