4-mavzu. Ta’limda keys texnologiyasi. O’quv-loyihaviy ta’limning asosiy tamoyillari. Mavzu rejasi



Yüklə 100,65 Kb.
səhifə2/2
tarix07.12.2022
ölçüsü100,65 Kb.
#72815
1   2
Tahliliy ko’nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).

  • Amaliy ko’nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo’llay bilish).

  • Ijodiy ko’nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni echish muhim emas, balki ijodiy yondoshuv asosida muammoning bir necha echimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).

  • Muloqot ko’nikmalari (unga ko’ra talaba bahs-munozara olib borish, o’z nuqtai nazarini himoya qilish, qaroriga boshqalarni ishontirish, juda qisqa va ishonarli hisobotni tayyorlash ko’nikmalarini o’zlashtira bilishi zarur).

  • Ijtimoiy ko’nikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida talabalar boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda o’zgalarning fikrlarini qo’llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qarama- qarshi fikrni bildira olish va o’zini boshqara olishi lozim).

  • O’z-o’zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim).

    Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonida quyidagi tipologiyada qayd etilgan o’quv keyslari qo’llanilmoqda.



    Didaktik maqsadi

    1. Muammo, echim yoki konstepstiyani izohlovchi keyslar

    2. Treningli (o’quv mavzusi/predmeti bo’yicha malaka va ko’nikmalarni hosil qiluvchi) keyslar

    3. Tahliliy va baholashga o’rgatuvchi keyslar

    4. Muammoni ajratish va echish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishga o’rgatuvchi keyslar

    5. Vaziyatni rivojlantiruvchi yangi strategiya, yo’l, yangicha baholash usullari va boshqalarni ishlab

    chiqishga rag`batlantiruvchi keyslar

    Rasmiylashtirish

    1. Bosma ko’rinishdagi keyslar.

    usuli

    2. Elektron keyslar.




    3. Video-keyslar.




    4. Audio-keyslar.




    5. Multimedia-keyslar

    Agar keys savolli-keys bo’lsa, u holda “Kirish”da muammo yoki muammoli vaziyatni tahlil qilish va echishga oid bir necha savollar keltiriladi.


    M:

    1. Yoshlarning “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolish- larining asosiy sabablari nima?

    2. Yoshlarning “ommaviy madaniyat”ta’siriga berilishlarida OAVning o’rni va roli qanday?

    Agar keys topshiriqli-keys bo’lsa, u holda “Kirish”da keysni echish jarayonida bajarilishi zarur bo’lgan topshiriqlar beriladi.
    M:

    1. Yoshlarni “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash omillarini aniqlang.

    2. Yoshlarda “ommaviy madaniyat” ga qarshi immunitetni samarali shakllantirish yo’llarini belgilang.

    Samarali “Keys-stadi” quyidagi talablarga javob bera olish i zarur:

    • maqsad aniq ifoda etilishi;

    • muayyan darajada murakkab bo’lishi;

    • ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning bir necha jihatini yorita olishi;

    • tezda samarasizga chiqmasligi;

    • milliy xususiyatlarni o’zida namoyon eta olishi;

    • biznes, ta’lim yoki boshqa sohalarga oid tipik vaziyatlarni ifodalashi;

    • bugungi kunda dolzarb bo’lishi;

    • talabalarda tahliliy tafakkurni rivojlantirishi;

    • bahs-munozarani tashkil etish imkoniyatini yaratishi;

    • bir necha echim (qaror)ga ega bo’lishi



    Keysni echish yuzasidan talabalarga quyidagi uslubiy ko’rsatmalar beriladi:

    1. Keys (muammo) bilan tanishing.

    2. Muammoning dolzarbligini baholang.

    3. Muammoning dolzarbligini dalillar yordamida izohlang.

    4. Keys (muammo)ni samarali echish yo’llarini aniqlang.

    5. Keys (muammo)ning samarali echimini belgilovchi metod va texnologiyalarni tanlang.

    6. Keys (muammo)ning samarali echimini kafolatlovchi faraz (ilmiy faraz)larni shakllantiring



    Talabaning texnologiyaning mohiyati, uni qo’llash shartlari bilan tanishishi











    Ta’limiy xarakterga ega muammoli vaziyat (o’quv keysi)ni tashkil etish maqsadi mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda jamoa o’rtasida muammoli vaziyatni yaratish, uni hal qilish echimlari to’g`risidagi fikrlarni jamlash, muhokama qilish orqali to’g`ri qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iborat.

    Odatda keyslarni tayyorlashda OAV, darslik va o’quv qo’llanmalarning materiallaridan foydalanish mumkin.


    Keyslar qog`oz variant (jadval, diagramma va sxemalar vositasi)da, multimedia va video ko’rinishida bo’lishi mumkin. Ta’lim jarayonida keys: ochiq muhokama yoki individual, guruhli so’rov asosida qo’llaniladi. Undan ta’lim jarayonida, talabalar bilimini baholashda foydalanish imkoniyati mavjud.
    Muammoli vaziyatlarni yechishda quyidagi tuzilmaga ega hisobot cctaqdim etiladi:



    1. Annotastiya.

    2. Kirish.

    3. Muammoning bayoni.

    4. Muammoni echish uchun topshiriq

    Taqdim etilayotgan keys bo’yicha pedagogik annotastiya quyidagi tuzilmaga ega bo’ladi:



    1. O’quv predmeti.

    2. Mavzu.

    3. Keysning asosiy maqsadi.

    4. O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar.

    5. Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur.

      1. Talaba bilishi kerak.

      2. Talaba amalga oshirishi kerak.

      3. Talaba ega bo’lishi kerak.

    6. Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyot- lar ro’yxati.

    7. Texnologik xususiyatlarga ko’ra keysning tavsifnomasi.

    Keys bo’yicha topshiriq bajarilgach, talabalar taqdimot (u og`zaki yoki ko’rgazmali (vizual) shaklda bo’lishi mumkin) va hisobot tayyorlaydi.
    Taqdimotga tayyorgarlik ko’rishda quyidagiga e’tibor qaratilishi zarur:

    1. taqdimotning jihozlari va vaqti;

    2. taqdimotning tarkibiy tuzilmasi;

    3. taqdim etilish darajasi;

    4. vizual vositalar;

    5. repetistiya;

    6. chiqishni rejalashtirish;

    7. erkin chiqish qilish.

    Keyslarni qo’llashda o’qituvchi ham faol, ham sust ishtirok etishi mumkin.
    Keys bo’yicha topshiriq bajarilgach, talaba yoki guruhlar taqdi- mot va hisobot tayyorlaydi. Talaba yoki guruhning keysni echish borasidagi faoliyati muayyan mezon va ko’rsatkichlar bo’yicha baholab boriladi. Bu o’rinda etakchi xorijiy mamlakatlarning talaba yoki guruhning keysni echish borasidagi faoliyatini baholashga doir tajribalaridan foydalanish mumkin.
    Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari orasida muammoli ta’lim ham muhim ahamiyatga ega. Muammoli ta’lim talabalarda fikrlash, qaror qabul qilish, o’z fikrini asoslash qobiliyatini shakllantirish ko’nikma, malakalarini samarali shakllantirishga yordam beradi. Zero, bilimlarni fikrlash, tahlil qilish asosida o’zlashtirish ularning mustahkam, puxta bo’lishini ta’minlaydi. Muammoli ta’lim jarayonida muayyan texnologiyalar qo’llaniladi. Bu kabi texnologiyalar orasida muammoli bayon, muammoli ma’ruza, evristik suhbat, muammoli namoyish, izlanishga asoslangan amaliy mashg`ulot, ijodiy topshiriq, xayoliy muammoli tajriba, muammo farazlarini shakllantirish, masalalarni muammoli echishning optimal variantlarini tanlash, muammoli vazifa, muammoli o’yin kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Ulardan o’rinli, maqsadli va izchil foydalanish ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, shu bilan birga talabalarning o’quv-bilish faoliyatini faollashtiradi.
    Nazorat savollari:

    1. Muammoli ta’lim nimaga xizmat qiladi?

    2. Muammoli ta’lim texnologiyalarining qanday imkoniyatlar- ga ega?

    3. Ta’lim ta’limni tashkil etish qanday bosqichlarda kechadi?

    4. Muammoli ta’lim qanday texnologiyalarga asoslanadi?

    5. Muammoli vaziyat metodining mohiyati nimadan iborat?

    6. Keys-stadi texnologiyasi qanday didaktik imkoniyatlarga ega?

    7. Keyslarning qanday turlari mavjud?

    Yüklə 100,65 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin