4-mavzu: Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 122 Kb.
səhifə1/11
tarix31.03.2023
ölçüsü122 Kb.
#91715
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
тарбия


4-mavzu: Tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish
I. REJA:
1. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni.
2. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
3. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
III. Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati.
Tayanch ibora va atamalar: tarbiyaning maqsadi, tarbiya maqsadining xilma-xilligi, barkamol avlod tarbiyasi, milliy tarbiya asoslari, tarbiya tizimining uzluksizligi, barkamol shaxs tarbiyasi.
1. Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni koʻzlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, oʻquvchi shaxsning oʻzi tomonidan faollik koʻrsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yoʻlida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi.
Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, ichki va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan. SHu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni shunchaki aks ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir.
Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.

Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin